20/11/2024
Ustoza Shahnoza qoriya fiqh fanlaridan doktor Saloh Abulhajning shaxsan o‘zlaridan dars olib, bakalavr bitirib,ulug‘ olimdan ijoza olish sharafiga ega bo‘lganlar. Doktor Saloh Abulhaj dunyo miqyosida tan olingan hanafiy fiqh mutaxassisi bo‘lib, ijoza faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri dars olgan va ularning qat’iy ilmiy talablariga javob bergan talabalarigagina beriladi.
Ustoza Shahnozaning darslariga qatnashib olingan ijoza ham doktor Saloh Abulhajning bevosita o‘zlaridan olingan ijoza bilan teng kuchli hisoblanadi, chunki doktor Saloh Abulhaj shaxsan o‘zlari Ustoza shahnozaga bu vakolatni berib, o‘z shogirdlariga bilimlarini yetkazishga ruxsat berganlar.
Bu esa Ustoza shahnoza qoriyaning ilmiy darajasi va fiqh sohasidagi yuksak mahoratini yana bir bor tasdiqlaydi va ularni ilm ahlida e’tirofga sazovor ekanligiga dalil bo’ladi!
#