20/06/2026
Bugun tongda Germaniyaning Friedrich Schiller University Jena olimlari tomonidan o’tkazilgan qiziqarli bir ilmiy tadqiqotni Oxford Academic jurnalida o’qib qoldim.
Tadqiqot Global Burden of Disease (GBD) ma’lumotlari asosida tayyorlangan bo’lib, 1990–2016 yillar davomida ovqatlanish odatlarining yurak-qon tomir kasalliklaridan o’limga ta’sirini tahlil qilgan.
Men uchun eng qiziq joyi shundaki, tadqiqotda Oʻzbekiston haqida ham ma’lumotlar keltirilgan ekan. Tadqiqotning yangilangan hisob-kitoblariga ko’ra, Oʻzbekistonda yurak-qon tomir kasalliklari tufayli yuz bergan o’limlarning qariyb yarmi noto’g’ri ovqatlanish bilan bog’liq xavf omillari hissasiga to’g’ri keladi. Bu ko’rsatkich bo’yicha Oʻzbekiston WHO Yevropa mintaqasidagi eng yuqori davlatlardan biri hisoblanadi.
Bu yerda gap faqat ovqatlanish haqida emas. Tuzni me’yoridan ortiq iste’mol qilish, meva va sabzavotlarni kam iste’mol qilish, yong’oq va urug’larni yetarli darajada iste’mol qilmaslik kabi k***alik odatlar ham uzoq muddatda yurak salomatligiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin ekanligi yozilgan.
P.S. Nemis tilidagi ilmiy maqolalar va jurnallarni mutolaa qilish yuqori til darajasini rivojlantirish uchun eng foydali mashqlardan biri. Til o’rganishdagi eng muhim qoidalardan biri — avvalo o’z ona tilini yaxshi bilish. O’z ona tilida boy lug’at zaxirasiga ega bo’lgan va fikrini ravon ifodalay oladigan inson uchun chet tilida yuqori darajaga erishish ancha oson kechadi.