13/06/2026
Akademiya professor-o‘qituvchisi nufuzli xorijiy tashkilotda amaliyot o‘tamoqda
💠Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan “Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish – IRCICA” xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islom iqtisodiyoti, moliyasi va ziyorat turizmi” kafedrasi professori Ravshan Abdullayev tomonidan malaka oshirish amaliyoti davom etmoqda.
💠Amaliyot doirasida professor Ravshan Abdullayevni IRCICA tashkiloti rahbari, professor Mahmud Erol Qilich qabul qildi.
💠Uchrashuv davomida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va IRCICA tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati hamda istiqbollari, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va akademik almashinuvni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
💠Shuningdek, tashrif yakunida IRCICA kutubxonasi uchun Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari va nashr etilgan asarlardan namunalar taqdim etildi.
10/06/2026
✅Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida o‘tkazilgan “Milliy va maʼnaviy qadriyatlarning yuksalishida ayollarning oʻrni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyada Akademiya va boshqa oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va olimalar oʻz maʼruzalari hamda ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishdi.
10/06/2026
Milliy va maʼnaviy qadriyatlarning yuksalishida ayollarning oʻrni
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Milliy va maʼnaviy qadriyatlarning yuksalishida ayollarning oʻrni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.
“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan mazkur anjumanda Akademiya va boshqa oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va olimalar oʻz maʼruzalari hamda ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishdi.
2015-yildan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan mazkur konferensiya har yili yuzlab ijodkor va tadqiqotchi xotin-qizlarni bir maydonga jamlab kelmoqda. Uning asosiy maqsadi – xotin-qizlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning izlanishlarini keng jamoatchilikka yetkazish hamda yangi isteʼdod va olimalarni kashf etishdan iborat.
Mazkur konferensiya bugungi kunga kelib, shunchaki ilmiy yigʻin emas, balki jamiyatimizda mustahkam oʻrin egallagan intellektual va maʼrifiy minbarga aylandi. Globallashuv jarayonlari, murakkab mafkuraviy tahdidlar va qadriyatlar transformatsiyasi kuchaygan hozirgi davrda mazkur anjumanning ilmiy-ijtimoiy va strategik ahamiyati har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Anjuman yakunida talaba qizlar tomonidan tayyorlangan hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasi, xattotlik namoyishi ham bo‘lib o‘tdi.
10/06/2026
Ayni paytda Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Milliy va maʼnaviy qadriyatlarning yuksalishida ayollarning oʻrni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur anjumanda Akademiya va boshqa oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va olimalar oʻz maʼruzalari hamda ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishmoqda.
2015-yildan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan mazkur konferensiya har yili yuzlab ijodkor va tadqiqotchi xotin-qizlarni bir maydonga jamlab kelmoqda. Uning asosiy maqsadi – xotin-qizlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning izlanishlarini keng jamoatchilikka yetkazish hamda yangi isteʼdod va olimalarni kashf etishdan iborat.
Anjuman ishi davom etmoqda.
08/06/2026
Akademiya mas’ullari ShHTning xalqaro huquqiy ta’lim va hamkorlik markazida
💠O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi birinchi prorektori, siyosiy fanlar doktori, dotsent Habibullo Sadibaqosev hamda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani, professor Farhod Karimov 6-8-iyun kunlari o‘tkaziladigan “ShHT tahlil markazlari forumi”da ishtirok etish uchun Xitoyning Shanxay shahridagi ShHTning xalqaro huquqiy ta’lim va hamkorlik Markaziga tashrif buyurdi.
💠Kecha forum doirasida Akademiya delegatsiyasi Shanxay siyosatshunoslik va huquq universiteti hamda ShHTning xalqaro huquqiy ta’lim va hamkorlik markazi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil qilindi.
💠Uchrashuv davomida Akademiya delegatsiyasining tashrifi uchun universitetning birinchi prorektori, professor Luo Ligang minnatdorchilik bildirdi.
💠Ikki tomonlama o‘tkazilgan muzokarada Shanxay siyosatshunoslik va huquq universiteti hamda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi o‘rtasida talabalar almashinuvini tashkil etish, talabalarning Shanxaydagi ShHT markazida malakaviy amaliyotlarini tashkil etish, siyosatshunoslik va huquq yo‘nalishlarida hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda Anglashuv Memorandumi loyihalarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
💠Akademiya birinchi prorektori O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilovning qutlovlarini yetkazib, Shanxay universiteti rahbariyatini Toshkentga taklif qildi.
💠Uchrashuv mazmunli va samimiy ruhda o‘tdi.