Bektemir tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi

Bektemir tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi

Share

Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Bektemir tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi, Education Website, Toshkent shahar Bektemir tuman Bilol Nozim 23, .

Bektemir tuman MMTB tasarrufidagi umumta'lim maktablarining ta'lim siyosatidagi o‘rni, amalga oshirilgan ishlar, ta'lim sifatini oshirish doirasida fidokorona mehnatlari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, davra suhbatlaridan lavhalar yoritib boriladi.

Photos from Bektemir tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi's post 24/04/2024

2024-yil 20-aprel kuni Bektemir tumani 293-sonli umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Z.Aliyeva shogirdi D.Shoumarova, M.Qobilova bilan birgalikda “Ustoz-shogird” an’anasiga muvofiq informatika fabnidan “Qarama-qarshi belgilar” mavzusida ochiq dars o’tkazishdi. Dars noan’anaviy, kreativ yondashgan holda, mavzu bilan ertakni bir-biriga bog’lagan holda olib borildi.

Photos from Bektemir tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi's post 24/04/2024

Maktablar o'rtasida zakovat intellektual musobaqasi o'tkazildi

✅ Bektemir tumanidagi barcha umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur izdoshlari” intellektual musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.

🍔 Unda o'quvchilar buyuk siymo - Amir Temur hayoti haqidagi savollarga javob berdilar. Bundan tashqari ishtirokchilarga yaxshi kayfiyat ulashish uchun san'atkorlar ijrosida kuy-qo'shiqlar kuylanib, ko'rgazmalar tashkil etildi.

✅ Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra:
🥇1 – o‘rin 291-sonli umumta’lim maktab jamoasi
🥈2 – o‘rin 290-sonli umumta’lim maktab jamoasi
🥉 3 – o‘rinni 293-sonli umumta'lim maktabi qo‘lga kiritdi.

🎁 Tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Photos from Bektemir tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi's post 23/04/2024

“Men ham harbiy bo‘laman” mavzusida vatanparvarlik tanlovining Bektemir tuman bosqichi o‘tkazildi

⏺Yoshlarda harbiy-vatanparvarlik, ular qalbida milliy ruh, milliy g‘urur, ona Vatanga sadoqat kabi yuksak fazilatlarni singdirish maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Mudofaa hamda tuman Milliy gvardiya bo'limi, Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi hamkorlikda umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Men ham harbiy bo‘laman” mavzusida vatanparvarlik tanlovining Bektemir tuman bosqichi o‘tkazildi.

✅5 ta shart asosida o‘tkazilgan tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra:
🥇 – o‘rinni 291-sonli umumtaʼlim maktabining o‘quvchisi Ruziboyev Behruz Ilhomjon óģli
🥈 – o‘rinni 346-sonli umumtaʼlim maktabining o‘quvchisi Abduqodirov Abduvali
🥉 – o‘rinni 289-IDU maktabining Abduvoxobov Shoxruh qo‘lga kiritdi.

🎁 Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Photos from Bektemir tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi's post 23/04/2024

2024-yil 22-aprel kuni Bektemir tumanida joylashgan maktab pedagoglari o’rtasida “Sog’lom tanda-sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi tomonidan shahar kubogi uchun sport musobaqalari bo’lib o’tdi. Musobaqada 293-sonli umumta’lim maktabining pedagoglari faol ishtirok etishdi

Photos from Bektemir tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi's post 23/04/2024

2024-yil 22-aprel kuni 291-sonli IDUMda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 14-martdagi “Нuquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-sonli qarori, VMnining 2012-yil 21-maydagi 139-sonli Qarori hamda Toshkent shahar hokimining 2015-yil 5-fevraldagi “Toshkent 01shahridagi yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi 85-sonli qarori talablari ijrosini ta’minlash maqsadida maktab ma'muriyati, navbatchi o'qituvchilar, Milliy gvardiya mutasaddi xodimlari va sinf rahbarlar tomonidan o‘quvchilar kutib olindi va saflanish o'tkazildi. Davlat Madhiyasi jonli ijro etilib, O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i faol o'quvchilar tomonidan ko'tarildi va o'quvchilar sinflarga kuzatildi.

Photos from Bektemir tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi's post 23/04/2024

2024-yil 20-aprel kuni 291-sonli IDUMda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 14-martdagi “Нuquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-sonli qarori, VMnining 2012-yil 21-maydagi 139-sonli Qarori hamda Toshkent shahar hokimining 2015-yil 5-fevraldagi “Toshkent 01shahridagi yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi 85-sonli qarori talablari ijrosini ta’minlash maqsadida maktab ma'muriyati, navbatchi o'qituvchilar, Milliy gvardiya mutasaddi xodimlari va sinf rahbarlar tomonidan o‘quvchilar kutib olindi va saflanish o'tkazildi. Davlat Madhiyasi jonli ijro etilib, O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i faol o'quvchilar tomonidan ko'tarildi va o'quvchilar sinflarga kuzatildi.

Photos from Bektemir tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi's post 03/04/2024

Bektemir tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi umumta'lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida "Turon" Respublika teatr tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda umumta'lim maktablari teatr jamoalari o‘z sahna ko'rinishlari, teatr san'atini namoyon etdilar.

Photos from Bektemir tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi's post 16/02/2024

2024-yil 7-fevral kuni Bektemir tumani 290-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi 8 “B” va 8“G” -sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 2017 yil 14 martdagi “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi Vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy O’rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” 282-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida maktab ma’naviy ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari R.Xodjabaev, A.Dosnazarova hamda sinf rahbarlari Qayumova Sh.Q. va Safina Z.N. ishtirokida tushuntirish ishlari olib borildi.Tadbir jarayonida o‘quvchilar va ularning ota-onalariga davomat, kiyinish madaniyati, mobil telefonlardan foydalanish hamda Odob-axloq qoidalari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.

Photos from Bektemir tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi's post 16/02/2024

2024-yil 15-fevral kuni Bektemir tumani MMTB tasarrufidagi 291-sonli IDUMda "Kasbim, faxrim" Festivali o'tkazildi. Festivalga tuman hokimiyati, Nuroniylar kengashi a'zolari, tuman prokuraturasi, Milliy gvardiya va MMTB rahbariyati, mutasaddi xodimlari, maktab ma'muriyati, pedagog o'qituvchilar hamda iqtidorli o'quvchilar ishtirok etishib, o'zlarining mahoratlarini namoyish etishdi.
Eng faol o'qituvchilarga tuman hokimi va MMTB boshlig'ining "Faxriy yorlig'i" tantanali ravishda topshirildi. Tashrif buyurgan mehmonlar tadbirni yuksak saviyada tashkillashtirgan maktab ma'muriyati, pedagog o'qituvchilar va iqiltidorli o'quvchilarga o'z minnaddorchiligini bildirdi. Festival yuksak saviyada otkazildi va o'quvchilarda chuqur taassurot qoldirdi.

Photos from Bektemir tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi's post 15/02/2024

Bektemir tumani 290-sonli maktabda,,ILMLI AYOL-JAMIYAT KO'ZGUSI" mavzusida shoira va olima, ,,SHUHRAT" medali va vazir jamg'armasi ustamasi sohibi, mo'tabar ustoz Do'simbetova Solixa opaning shogirdlari bilan ijodiy davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbati ustozning she'rlari, qo'shiiqlari ijrosi bilan juda fayzli tus oldi.

Photos from Bektemir tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi's post 15/02/2024

Bektemir tumani 290-maktabda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlangan "Boburga ehtirom" nomli adabiy kecha tadbiri bo'lib o'tdi.

Want your school to be the top-listed School/college?

Telephone

Website