Germaniyada Bepul Ta‘lim

Germaniyada Bepul Ta‘lim

Share

Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Germaniyada Bepul Ta‘lim, Education, .

08/04/2026

DAAD stipendiyasi orqali bu imkoniyatni qo‘lga kiritishingiz mumkin!

Kimlar topshira oladi:
• Mazkaziy osiyo mamlakatlari fuqorolari
• Bakalavr (Master uchun) yoki Magistr (PhD uchun) bitiruvchilari

Til talabi:
• IELTS 6.0 – 6.5+ (ingliz dasturlar uchun)
• yoki nemis tili sertifikati

Stipendiya nimalarni qoplaydi:
• 934€ gacha oylik stipendiya
• Aviachipta
• Tibbiy sug‘urta
• Yashash xarajatlari

Deadline:
Odatda oktyabr – dekabr oralig‘ida

📌 Muhim:
Har bir dasturda talablar farq qiladi, shuning uchun rasmiy sahifani albatta tekshiring! Manba telegram kanalinizda.

25/02/2026

Germaniyaga kelishni istaganlar ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlarda bir xil savollarni berishadi:
“Aka, Germaniyaga qanday borgansiz?”, “Qanday kelsa bo‘ladi?”, “Yozda Germaniyaga boryapman — nimadan boshlay?”, “Qancha pul topasiz?”, “Ishlab o‘qib qancha topsa bo‘ladi?” va shu kabi savollar juda ko‘p uchraydi.

Albatta, Germaniyaga kelish masalasida kimdandir maslahat so‘rash — yaxshi narsa. Lekin savolni ham madaniyat va hurmat bilan berish muhim. Google orqali osongina topish mumkin bo‘lgan savollarni berishdan avval, iltimos, o‘zingiz mustaqil izlanib ko‘ring.

Shaxsiy tavsiyam: agar biror ishga jiddiy kirishmoqchi bo‘lsangiz, kimdandir savol so‘rashdan oldin kamida 10 soat vaqt ajratib, mavzuni chuqur o‘rganing. “O‘rganish” deganda faqat Instagram yoki YouTube’dagi reels ko‘rishni nazarda tutmayapman. Rasmiy internet saytlarni o‘qing, mutaxassis va bilimli insonlarning batafsil videolarini tomosha qiling.

Tushunmagan joylaringiz qolsa, shundan keyin savol bering. Shunda siz javob berayotgan insonning vaqtini ham hurmat qilgan bo‘lasiz va savolingizga aniq hamda foydali javob olish ehtimoli ancha yuqori bo‘ladi.

|

12/02/2026

Der Gebrauch des unbestimmten Artikels
Noaniq artiklning ishlatilishi (ein / eine)

Nemis tilida noaniq artikl quyidagi holatlarda ishlatiladi:

1. Narsa yoki predmet haqida birinchi marta gapirilganda
Agar predmet ham so‘zlovchiga, ham tinglovchiga noma’lum bo‘lsa:

Das ist ein Auto.
(Bu — bir mashina.)

Er liest einen Roman.
(U bir roman o‘qiyapti.)

Dort steht ein Schrank.
(U yerda bir shkaf turibdi.)

2. “haben”, “brauchen” fe’llaridan va “es gibt” iborasidan keyin
Ot birlikda va Akkusativ kelishigida noaniq artikl bilan ishlatiladi:

Ich habe einen Computer.
(Menda bir kompyuter bor.)

Sie braucht eine Handuhr.
(Unga bir qo‘l soati kerak.)

Neben dem Haus gibt es einen Garten.
(Uyning yonida bir bog‘ bor.)

3. Ot-kesim bo‘lib kelgan bosh kelishikdagi ot oldidan aniqlovchi turganda

Er ist ein erfahrener Lehrer.
(U tajribali o‘qituvchi.)

Samarkand ist eine alte Stadt.
(Samarqand qadimiy shahar.)

4. Ikki predmet “wie” (kabi, xuddi) orqali qiyoslanganda
Noaniq artikl Nominativ kelishigida ishlatiladi:

Umar läuft wie ein Sportler.
(Umar sportchidek yuguradi.)

Diyora singt wie eine Sängerin.
(Diyora qo‘shiqchidek kuylaydi.)

Eslab qoling:
ein – maskulin / neytral
eine – feminin

|

10/02/2026

Sizga Germaniyada 6 yildan buyon yashab, o‘qib va IT sohasida yirik kompaniyalardan birida Software Engineer bo‘lib ishlayotgan inson sifatida ishonch bilan ayta olamanki, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilayotgan “jannatmakon Germaniya” to‘liq haqiqat emas.

Imkon qadar negativlikdan yiroq bo‘lishga harakat qilaman — chunki bu yerda yaxshi insonlar ham, chiroyli joylar ham juda ko‘p. Ammo ayrim holatlarni ko‘rib turib jim qolish fitratimga to‘g‘ri kelmaydi.

Germaniyaga keling — lekin nemis tilini yaxshi o‘rganib keling.
O‘zbekistonda o‘qishingizni tamomlab, bu yerga sifatli akademik muhitda ishlash uchun keling.
Ilmiy izlanishlaringizni davom ettirish, bilim olib ummatga va vatanga foydasi tegadigan inson bo‘lish uchun keling.

Ammo til bilmasdan, faqat eng oson kelish yo‘llarini izlab kelmang.

O‘zbekistonda, afsuski, o‘zbek tilini bilmasdan ham yashash mumkin bo‘lishi mumkin. Lekin Germaniyada nemis tilisiz siz hech qachon o‘zingizni to‘liq va erkin his qila olmaysiz — chunki bu yerning muhiti va tizimi bunga yo‘l qo‘ymaydi.

Qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, agar inson yaxshi o‘qimagan bo‘lsa, yaxshi kasb yoki barqaror ishga ega bo‘lmasa, hayot qanchalik qiyin bo‘lsa — bu yerda ham xuddi shunday. Germaniya bu borada istisno emas.

P.S. Agar ushbu xabarni o‘qigan bo‘lsangiz, Germaniyaga ketishga harakat qilib yurgan birodarlaringiz bilan ham ulashing. Rahmat!

|

09/02/2026

🇩🇪 Nemis tilida artikllarning turlanishi (2-qism)

Aniq artikllar – Plural

die Kinder – bolalar
N. die Kinder – bolalar
G. der Kinder – bolalarning
D. den Kindern – bolalarga
A. die Kinder – bolalarni

⚠️ Eslatma:
Dativ pluralda → den + -n

Noaniq artikllar (ein / eine)

❗ Plural shakli yo‘q

m (ein Tisch – stol)
N. ein Tisch
G. eines Tisches
D. einem Tisch
A. einen Tisch

f (eine Tasche – sumka)
N. eine Tasche
G. einer Tasche
D. einer Tasche
A. eine Tasche

n (ein Buch – kitob)
N. ein Buch
G. eines Buches
D. einem Buch
A. ein Buch

Xulosa:
Nemis tilida kelishikni artikl ko‘rsatadi
O‘zbek tilida esa qo‘shimcha

|

04/02/2026

🇩🇪 Nemis tilida artikllarning turlanishi (1-qism)

Nemis tilida otlar kelishik qo‘shimchasini olmaydi.
- Kelishik artikl orqali ko‘rsatiladi.
- O‘zbek tiliga tarjimada esa -ning, -ga, -ni kabi qo‘shimchalar ishlatiladi.

📘 Nemis tilida 4 ta kelishik bor:

Nominativ (N) – kim? nima?
Genitiv (G) – kimning? nimaning?
Dativ (D) – kimga? nimaga?
Akkusativ (A) – kimni? nimani?

Aniq artikllar (der / die / das)

m (der Vater – ota)
N. der Vater – ota
G. des Vaters – otaning
D. dem Vater – otaga
A. den Vater – otani

f (die Mutter – ona)
N. die Mutter – ona
G. der Mutter – onaning
D. der Mutter – onaga
A. die Mutter – onani

n (das Kind – bola)
N. das Kind – bola
G. des Kindes – bolaning
D. dem Kind – bolaga
A. das Kind – bolani

📌 Davomi → 2-postda (Plural + noaniq artikllar)

|

03/02/2026

Germaniyaga til kursi bilan kelish – rostdan ham o‘zini oqlaydimi?

So‘nggi yillarda Germaniyaga til kursi orqali keluvchilar soni keskin oshdi. Bunga vizaning nisbatan osonligi va ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim “blogerlar” Germaniyani haddan tashqari chiroyli qilib ko‘rsatayotgani.
Ammo romantik videolar bilan real hayot orasida katta farq bor.

6 oylik minimal xarajatlar (real hisob)

Til kursi: 1 800 €
Ijara (eng arzon variant): 2 700 €
Oziq-ovqat (tejab): 1 500 €
Sug‘urta, transport, aloqa: 700–1 200 €
Kutilmagan va mayda xarajatlar: 300–600 €

Bloklangan hisobdan tashqari: 7 000–8 000 €
Bloklangan hisob (Sperrkonto): 11 904 €

Umumiy tayyor bo‘lishi kerak bo‘lgan mablag‘: 19 000–20 000 €

“Haftasiga 20 soat ishlayman” deganlarga. Ha, qonunan mumkin lekin nemis tili past bo‘lsa, ish topish juda qiyin

Ko‘p ishlar kurs vaqti bilan to‘g‘ri kelmaydi. Dastlabki oylar ish topilmasligi juda odatiy. Ya’ni “kelib ishlab ketaman” — reja emas, ko‘pi bilan omad.

Xulosa

Til kursi bilan Germaniyaga kelish:

puli tayyor,
bosimga tayyor,
natija bo‘lmasa ham “tajriba bo‘ldi” deya oladiganlar uchun mos.

Oxirgi umid bilan kelish esa ko‘pincha qimmat xato bo‘lib chiqadi.

Eng to‘g‘ri yo‘l — Germaniyaga kelishdan oldin nemis tilini imkon qadar yuqori darajagacha o‘rganish. Ingliz tili yaxshi bo‘lsa ham, bu yerda nemis tili shart.

13/11/2025

NOANIQ ARTIKLLARNING KELISHIKLARDA O‘ZGARISHI (ein / eine)

Nominativ — (Kim? Nima?)
• ein Mann kommt. — Bir erkak kelmoqda.
• eine Frau wartet. — Bir ayol kutyapti.
• ein Kind spielt. — Bir bola o‘ynamoqda.

Akkusativ — (Kimni? Nimani?)
• Ich sehe einen Mann. — Men bir erkakni ko‘ryapman.
• Ich kenne eine Frau. — Men bir ayolni bilaman.
• Ich habe ein Kind. — Menda bir bola bor.

Dativ — (Kimga? Nimaga?)
• Ich helfe einem Mann. — Men bir erkakka yordam beraman.
• Ich danke einer Frau. — Men bir ayolga rahmat aytaman.
• Ich gebe einem Kind ein Buch. — Men bir bolaga kitob beraman.

Genitiv — (Kimning? Nimaning?)
• das Auto eines Mannes — bir erkakning mashinasi
• die Tasche einer Frau — bir ayolning sumkasi
• das Spielzeug eines Kindes — bir bolaning o‘yinchog‘i

|

12/11/2025

ARTIKLLARNING KELISHIKLARDA O‘ZGARISHI

Nemis tilida artikl + ot birga kelib kelishikda o‘zgaradi.
Quyida aniq (der, die, das) artiklining jadvali. Noaniq (ein, eine) artikilining jadvalini esa keyingi postlarda ko’rishingiz mumkin.

|

30/10/2025

🇩🇪 NEMIS TILIDA KELISHIKLAR (Kasus)

Nemis tilida artikllar ham otlar bilan birgalikda kelishiklarda o‘zgaradi.
📌 Jami 4 ta kelishik mavjud:

✅ 1. Nominativ — Bosh kelishik
Savollari: Wer? – Kim? │ Was? – Nima? │ Wo? – Qayerda?
Qo‘shimchasi: Yo‘q
✔ Gapdagi asosiy subyekt shu kelishikda bo‘ladi
Misol:
Der Lehrer kommt. — O‘qituvchi kelmoqda.

✅ 2. Genitiv — Qaratqich kelishigi
Savoli: Wessen? – Kimning? / Nimaning?
Qo‘shimchasi: -ning
Misol:
Das Buch des Lehrers. — O‘qituvchining kitobi.

✅ 3. Dativ — Jo‘nalish kelishigi
Savoli: Wem? – Kimga? / Nimaga?
Qo‘shimchasi: -ga
Misol:
Ich gebe dem Schüler ein Buch. — Men o‘quvchiga kitob beraman.

✅ 4. Akkusativ — Tushum kelishigi
Savoli: Wen? – Kimni? │ Was? – Nimani?
Qo‘shimchasi: -ni
Misol:
Ich sehe den Mann. — Men erkakni ko‘ryapman.

📌 Eslab qolish oson bo‘lishi uchun:

Wer/Was? → Nominativ

Wessen? → Genitiv

Wem? → Dativ

Wen/Was? → Akkusativ

16/10/2025

Der Artikel

Artikl ot bilan qo`llanilib undan oldin keladi va otning rodi, soni, kelishigini ifodalaydi.

Nemis tilida ikki hil artikl mavjud:

1. Der bestimmte Artikel _ Aniq artikl
2. Der unbestimmte Artikel – Noaniq artikl

Der bestimmte Artikel - aniq artikl
der- Maskulinum (m) –mujskoy rod
die - Femininum (f) - jenskiy rod
das – Neutrum (n) - sredniy rod
die – Plural (Pl) – ko`plik

Der unbestimmte Artikel - noaniq artikl
ein-Maskulinum (m) –mujskoy rod
eine - Femininum (f) - jenskiy rod
ein – Neutrum (n) - sredniy rod

Noaniq artiklning ko`plik shakli bo`lmaydi. Otlar faqat birlikda noaniq artikl bilan ishlatiladi.

Want your school to be the top-listed School/college?