02/04/2025
Xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblariga toʻlanadigan mukofot miqdori 5 baravar oshiriladi
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Yoshlar uchun katta imkoniyatlar beradigan mazkur hujjatda qator yangiliklar bor. Ayniqsa hujjatdagi yangiliklardan biri bizni nihoyatda quvontirdi.
Prezidentimiz Farmoniga koʻra, 2025-yil 1-iyundan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari gʻolib va sovrindorlariga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdori 5 baravarga oshiriladi.
Masalan, eng nufuzli 5 ta olimpiadada (IMO – matematika, IBO – biologiya, IChO – kimyo, IPhO – fizika, IOI – informatika) gʻolib va sovrindor boʻlgan oʻquvchilarga quyidagicha mukofot pullari beriladi:
– 1-oʻrin: 937 mln 500 ming soʻm (2500 baravar);
– 2-oʻrin: 562 mln 500 ming soʻm (1500 baravar);
– 3-oʻrin: 375 mln soʻm (1000 baravar).
Ilm, taʼlim uchun berilayotgan mazkur mablagʻlar kelajakda, albatta, oʻz samarasini beradi!