Yangiyer shahar 7-maktab

Yangiyer shahar 7-maktab Yangiyer shahar 7-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining rasmiy sahifasi

 # Kitobxonlik 📚🏫 Yangiyer shahar 7- maktabda Prezidentimizning 5 muhim tashabbusi doirasida yoshlar oʻrtasida kitobxonl...
14/05/2026

# Kitobxonlik 📚
🏫 Yangiyer shahar 7- maktabda Prezidentimizning 5 muhim tashabbusi doirasida yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida "Eng yaxshi kitobxon oʻquvchi" tanlovi tashkil etildi. 🏆

🧠✨Tanlov davomida 6-9 sinf oʻquvchilari kitobga boʻlgan qiziqishlari, intellektual salohiyatlari va albatta oʻz bilim va koʻnikmalarini yana bir bor namoyon etib, o'zlari o'qigan kitoblar yuzasidan taqdimot va savol javoblar bilan birgalikda, kitob o'qishning foydali jihatlari, yoshlar tarbiyasidagi o'rniga ham e'tibor qaratgan holda tadbirda faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida eng faol va iqtidorli ishtirokchilar estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. 🎁👏

 🗓 Joriy yilning 14-may Yangiyer shahar 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchi-yoshlarining Yangiyer shahar hokimi...
14/05/2026


🗓 Joriy yilning 14-may Yangiyer shahar 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchi-yoshlarining Yangiyer shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Mirzayev bilan uchrashuvi tashkil etildi.
🔸Uchrashuv davomida o‘quvchilarning kelajak rejalari, kasb tanlashdagi qiziqishlari hamda ta’lim olish imkoniyatlari haqida ochiq suhbat olib borildi. Savol-javoblar jarayonida yoshlarni qiziqtirgan dolzarb masalalar muhokama qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
✅Shuningdek, hokim o‘rinbosari tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, shaharni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, xususan A.Jomiy mahallasini obod maskanga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari yuzasidan ma’lumot berilib, shu zaminga va shu xalqqa xizmat qilish oily burch ekanligi tushuntirildi.

 🇺🇿  Yangiyer shahar  7-sonli umumta'lim maktabining bitiruvchi o'quvchilari Toshkent kimyo texnologiya universiteti Yan...
23/04/2026



🇺🇿 Yangiyer shahar 7-sonli umumta'lim maktabining bitiruvchi o'quvchilari Toshkent kimyo texnologiya universiteti Yangiyer filialida tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni" tadbirida ishtirok etishdi.
O'quvchilar institutda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, laboratoriya mashg'ulotlarini amaliy bajarishda qatnashdilar.

Payshanba_yoshlar_kuni🇺🇿 Yangiyer shahrida yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularning jismoni...
23/04/2026

Payshanba_yoshlar_kuni

🇺🇿 Yangiyer shahrida yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini oshirish maqsadida Yangiyer shahar Ichki ishlar bo'limi huzuridagi Qo'riqlash xizmati faoliyati bilan tanishtirish maqsadida Yangiyer shahar Maktab va Maktabgacha ta'lim bo'limiga qarashli 7-sonli umumta'lim maktabining Bitiruvchi o'quvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

Bunday tadbirlar yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning Vatanga bo‘lgan sadoqatini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 🇺🇿💪

7-sonli "Jasorat maktabi"o'quvchilari "Jasorat uchqunlari" harbiy sport musobaqalari viloyat bosqichida gaol ishtirok et...
22/04/2026

7-sonli "Jasorat maktabi"o'quvchilari "Jasorat uchqunlari" harbiy sport musobaqalari viloyat bosqichida gaol ishtirok etishdi.

Yangiyer shahar 7-maktabda 21-aprel kuni 10-sinf o'quvchilari bilan Janubiy Koreyalik ustoz Park Cheon Hwi va maktab o'q...
21/04/2026

Yangiyer shahar 7-maktabda 21-aprel kuni 10-sinf o'quvchilari bilan Janubiy Koreyalik ustoz Park Cheon Hwi va maktab o'qituvchisi Pardaboyeva Durdona tomonidan Koreys tili darsi va mavzuni mustahkamlash uchun "Telestration" o'yini jarayonidan fotolavhalar.

Texnologiya darslarimizda qizlarimizni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida tikuvchilik va pazandachilik sirlari o'rgati...
21/04/2026

Texnologiya darslarimizda qizlarimizni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida tikuvchilik va pazandachilik sirlari o'rgatilmoqda

Texnologiya darslarida o'quvchilar yasagan tuvakchalar. Buyurtma ham olamiz.
21/04/2026

Texnologiya darslarida o'quvchilar yasagan tuvakchalar. Buyurtma ham olamiz.

Jasorat sinfining o'quvchilari shahar va viloyat miqyosida turli musobaqalarda faxrli o'rinlarni egallab kelishmoqda.
18/04/2026

Jasorat sinfining o'quvchilari shahar va viloyat miqyosida turli musobaqalarda faxrli o'rinlarni egallab kelishmoqda.

 2026-yil 16-aprel kuni Yangiyer shahar 7-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi qizlar uchun “Qiz bola – oila ko‘rki” mavz...
16/04/2026


2026-yil 16-aprel kuni Yangiyer shahar 7-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi qizlar uchun “Qiz bola – oila ko‘rki” mavzisida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda shahar hokimligi Oila va xotin qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi M.Umarqulova, A.Jomiy MFY Xotin qizlar faoli D.Ergasheva, Buvijonlar maktabi rahbari G.Boymirzayeva, Tibbiyot birlashmasi Akusher-ginekologi M.Babayeva, maktab hamshirasi D.Jo‘raqulova, maktab psixologi L.Qarshiboyeva, maktab logopedi D.Ummatovalar qizlar bilan oilaviy hayotga tayyorlash, ularni turli salbiy holatlarga qarshi kurashish, erta turmushning oldini olish borasida suhbatlashib, o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

2026-yil 16-aprel kuni Yangiyer shahar 7-sonli umumta’lim maktabida Filippin davlatidan kelgan Xorijiy til o‘qituvchisi ...
16/04/2026

2026-yil 16-aprel kuni Yangiyer shahar 7-sonli umumta’lim maktabida Filippin davlatidan kelgan Xorijiy til o‘qituvchisi Andrea Nikka tomonidan o‘quvchilarga “Building your future. Language skills & Global opportunities” mavzusida dars mashg‘uloti tashkil etildi.

Address

Yangiyer Shahar A. Jomiy MFY, A. Jomiy Ko`chasi 1-uy
Yangier

Telephone

+998673502273

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Yangiyer shahar 7-maktab posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Yangiyer shahar 7-maktab:

Shortcuts

Share

Category