Xorazm viloyati Yangibozor tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Xorazm viloyati Yangibozor tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Ta'lim sohasidagi olib borilayotgan ishlarni yoritish uchun. Xorazm viloyati Yangibozor tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot kanali

💥 YANGIBOZOR TUMANIDA “YOSH IQTIDORLAR FESTIVALI” YUQORI SAVIYADA O‘TKAZILDIYangibozor tuman Maktabgacha va maktab ta’li...
22/06/2026

💥 YANGIBOZOR TUMANIDA “YOSH IQTIDORLAR FESTIVALI” YUQORI SAVIYADA O‘TKAZILDI

Yangibozor tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishtirokida “Yosh Iqtidorlar festivali”ning tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Festivalda Yangibozor tuman hokimi A.Masharipov, tuman prokurori B.Eshnazarovlar ishtirok qilib tadbir ishtirokchilarini qutladilar.

Mazkur festival o‘tgan o‘quv yili davomida barcha ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich tashkil etilib, o‘quvchi-yoshlar va tarbiyalanuvchilarning ijodiy, intellektual, sport va san’at yo‘nalishlaridagi qobiliyatlarini namoyon etish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi iste’dodlarni kashf etishga xizmat qildi.

Festivalning tuman bosqichida ta’lim muassasalarining eng iqtidorli o‘quvchilari va tarbiyalanuvchilari o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Tadbir davomida milliy va zamonaviy raqslar, musiqiy chiqishlar, badiiy kompozitsiyalar, tasviriy va amaliy san’at namunalari ko‘rgazmalari hamda innovatsion loyihalar taqdim etildi. Ishtirokchilarning chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Festival yosh avlodning iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va ijodkorlik ruhida tarbiyalashga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

Shuningdek, ushbu tadbir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi vazifalar bilan hamohang tarzda tashkil etilib, yozgi ta’til davrida bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik va ijodiy faoliyatga keng jalb etish maqsadlariga xizmat qildi. Festival davomida namoyish etilgan chiqishlar va ko‘rgazmalar yoshlarning iste’dodini rivojlantirish hamda ularning intellektual salohiyatini oshirish borasidagi ishlarning amaliy natijasi bo‘ldi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan ta’lim muassasalari, iqtidorli o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar tuman hokimligining tashakkurnimasi,hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Xorazm viloyati Yangibozor tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

22/06/2026



"Yosh iqtidorlar" festivali

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

22/06/2026



"Yosh iqtidorlar" festivali

🎓✨ Bugun Yangibozor tumanidagi 33-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida hayajon va unutilmas lahzalarga boy “So‘nggi qo‘ng‘i...
25/05/2026

🎓✨ Bugun Yangibozor tumanidagi 33-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida hayajon va unutilmas lahzalarga boy “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Maktab hovlisi quvonch, orzu va ezgu tilaklarga to‘ldi. Bitiruvchilar uchun bu kun — bolalik bilan xayrlashib, katta hayot sari dadil qadam qo‘yiladigan eng muhim va unutilmas damlardan biri bo‘ldi. 🌸📚

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari S. Salayev, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Bektemirovlar ishtirok etib, bitiruvchilarni ushbu qutlug‘ kun bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularga kelgusi hayot yo‘llarida ulkan zafarlar, omad va yuksak marralar tiladi.

Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilarning kuy-qo‘shiqlari, dilbar raqslari va samimiy chiqishlari yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. 💐🎶

🔔 “So‘nggi qo‘ng‘iroq” — bu shunchaki tadbir emas, balki orzular sari ochilgan yangi hayot eshigi!

Jaranglaydi so'nggi qo'ng'iroq! Bugun mamlakatimiz bo'ylab barcha bitiruvchilar qadrdon maktablari bilan xayrlashib, kat...
25/05/2026

Jaranglaydi so'nggi qo'ng'iroq!

Bugun mamlakatimiz bo'ylab barcha bitiruvchilar qadrdon maktablari bilan xayrlashib, katta hayotga qadam qo'ymoqda.

Shunday tadbirlardan biri Yangibozor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab internatida ko'tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi

Tantanali tadbirda tuman prokurori B.Eshnazarov ishtirok qilib nutq so‘zladi va Muhtaram Prezidentimizning bitiruvchilarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib esh*ttirdi.

 ‘nggi_qo‘ng‘iroqSo‘ngi qo‘ng‘iroq bayrami munosabati bilan joylarda tadbirlar o‘tkazilmoqda.Xususan, tumandagi 1-son ma...
25/05/2026

‘nggi_qo‘ng‘iroq

So‘ngi qo‘ng‘iroq bayrami munosabati bilan joylarda tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, tumandagi 1-son maktabida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi A.Masharipov, mahalla faollari, faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar ishtirok etdi. Tuman hokimi tomonidan Davlat rahbarining bitiruvchilarga tabrigi o‘qib esh*ttirildi.

O‘quv yili sarhisob qilindi. Bilimlar bellashuvi, sport musobaqalari, turli tanlovlarda va maktab hayotida faol ishtirok etgan faol iqtidorli o‘quvchilar va ularning ota-onalari hamda fidoyi o‘qituvchilar taqdirlandilar.

Address

Yangiyop Mahallasi Navbahor Ko'chasi 2-uy
Yangibazar
221200

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Xorazm viloyati Yangibozor tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share