07/06/2024
Xorazm viloyati Yangibozor tumani "Navro'z" mahallasida joylashgan 1-sonli maktabida "Nuroniy va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi. Uchrashuvda maktabning faxriy ustozlari Xudoyberganova Bektursun, Rahimova Hayitgil, Xo'janova Jamila ustozlar hamda maktabning "Kuzatuv kengashi" raisi To'liyev Marimboylar qatnashdi. Ular o'zlari hayotida erishgan yutuqlari haqida gapirib yoshlarga nasihatlarini berishdi.