22/03/2026
Yakkabog‘ tuman 75-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Navro‘z bayrami munosabati bilan ko‘tarinki ruhda bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz va qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar hamda raqslar namoyish etildi. Bahor nafasi, yangilanish va ezgulik timsoli bo‘lgan Navro‘z bayrami barchaga quvonch va iliq kayfiyat ulashdi.
Bayram yakunida barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh va unutilmas taassurotlar bag‘ishlandi.