11/03/2026
Yakkabogʻ tumani 85-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Happy English” toʻgaragi
Mavzu: Moda verbs. Have to and Must
2026-yil 11 mart oyida Yakkabogʻ tumani 85-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ingliz tili bo‘yicha “Happy English” nomli toʻgarak tashkil etildi. Ushbu mashgʻulotda asosiy e’tibor “Moda verbs”, ya’ni have to va must modal fe’llarini o‘rganishga qaratildi.
Mashgʻulot davomida o‘quvchilar:
Have to va must fe’llarining ishlatilish qoidalari bilan tanishdilar.
Vaziyatlarga qarab have to yoki must ni to‘g‘ri ishlatishni mashq qilishdi.
Dialoglar va rol o‘yinlari orqali kundalik hayotdagi vaziyatlarda ushbu fe’llarni qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Grammatika mashqlarini bajarish orqali o‘z bilimlarini mustahkamlashdi.
Ushbu toʻgarak orqali oʻquvchilar tilga bo‘lgan ishonchlarini oshirish, nutqiy va yozma ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ingliz tilini amaliy qo‘llashga rag‘batlantirishga erishildi.
Toʻgarak rahbari:Setora Xasanovna