22/07/2025
▪️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan navbatdagi — “Mening maktabim – mening faxrim” loyihasiga rasmiy start berildi!
✅Loyiha doirasida Yakkabog' tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilar, fidoyi ustozlar va ularning yutuqlari haqida keng jamoatchilikka tanishtiruvlar taqdim etiladi.
🎯 Bundan koʻzlangan asosiy maqsad:
✅ O‘quvchilarda o‘z maktabiga nisbatan faxr va g‘urur tuyg‘usini oshirish;
✅ Ularning ijodiy va ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish;
✅ Iqtidorli yoshlar faoliyatini keng ommaga yetkazish.
🌐 Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi. Axborot xizmati.
https://t.me/e6sha