Urganch shahar 22 son umumiy o'rta ta'lim maktabi

Urganch shahar 22 son umumiy o'rta ta'lim maktabi Xorazm viloyati Urganch shahar 22-son umumiy o'rta ta'lim maktabi

Urganch shahar 22-son maktabda IIB YHXB bòlimi katta leytenant A.Raximov bilan davra suhbati òtkazildi.
04/09/2026

Urganch shahar 22-son maktabda IIB YHXB bòlimi katta leytenant A.Raximov bilan davra suhbati òtkazildi.

Urganch shahar 22-son maktabda Yunon-rum kurashi bòyicha jahon chempioni Quvonchbek Ismoilov va osiyo chempioni Husniddi...
04/09/2026

Urganch shahar 22-son maktabda Yunon-rum kurashi bòyicha jahon chempioni Quvonchbek Ismoilov va osiyo chempioni Husniddin Olimboyev bilan uchrashuv bòlib òtdi.

🔔 Yangi oʻquv yili muborak, aziz oʻquvchilar!Bugun, 2-sentyabr kuni Urganch shahar 22-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabid...
02/09/2026

🔔 Yangi oʻquv yili muborak, aziz oʻquvchilar!
Bugun, 2-sentyabr kuni Urganch shahar 22-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Bilimlar kuni" hamda "Birinchi qoʻngʻiroq" bayram tadbiri koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.
Zamon talablariga mos, maʼrifatli va iqtidorli yoshlarni tarbiyalash — bizning bosh maqsadimizdir. Maktab ostonasiga ilk bor qadam qoʻyayotgan 1-sinf oʻquvchilarimizga va barcha oʻquvchilarimizga yangi 2026-2027-oʻquv yilida ulkan zafarlar, bitmas-tuganmas bilim va yuqori natijalar tilaymiz!

Xorazm viloyati Urganch shahar 22-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida navbatdagi 1-sonli pedagogik kengash oʻtkazildi. Und...
28/08/2026

Xorazm viloyati Urganch shahar 22-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida navbatdagi 1-sonli pedagogik kengash oʻtkazildi. Unda oʻtgan oʻquv yili tahlili qilindi. Yangi oʻquv yilidagi dolzarb vazifalar belgilanib olindi.

10/06/2026

💎Biz — bir jamoa, bir millat, bir maqsadmiz!

🟢Bugun butun O‘zbekiston yuragi bir urmoqda.

⏸FIFA Jahon chempionati yo‘lida maydonga tushayotgan milliy terma jamoamizni Urganch shahar 22-son maktab õquvchilari ham katta ishonch va faxr bilan qo‘llab-quvvatlaydi.

🌐Vatanimiz bayrog‘i baland hilpirashi, yurtimiz nomi dunyo maydonlarida yangrashi uchun barchamiz birlashamiz.

⌛ G‘alabaga bo‘lgan ishonchimiz, sportchilarimizga bo‘lgan mehr va hurmatimiz cheksiz.

🔵Aziz futbolchilar! Sizlar millionlab yurtdoshlarimizning orzu-umidlari va ishonchini oqlab, yangi zafarlarga erishishingizga tilakdoshmiz.

⚽️Olg‘a, O‘zbekiston! Biz siz bilan birgamiz! Jahon chempionatida O‘zbekiston uchun birlashaylik!

Xorazm viloyatida “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildiXorazm viloyati Sport boshqarmasid...
25/05/2026

Xorazm viloyatida “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi

Xorazm viloyati Sport boshqarmasida “Eng yaxshi maktab sport klubi” faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ygan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarini rag‘batlantirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyatning 12 ta maktabi vakillari ishtirok etib, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yutuqlar hamda maktab sport klublarini rivojlantirishdagi hissalari e’tirof etildi.

Shuningdek, 69 nafar xodimga sport formasi topshirildi, 4 nafar mutaxassis esa alohida rag‘batlantirildi.

Xiva tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri, 4-son umumta’lim maktabi direktori hamda 2 nafar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisiga Sport vazirining buyrug‘iga muvofiq “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda Xorazm viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i N.Djumaniyazova hamda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Bektimirov ishtirok etdi.

 "Yuksak maʼrifatli avlod- Uchinchi renessans poydevori" shiori ostida Urganch shahar 22-sonli umumiy oʻrta ta'lim makta...
25/05/2026



"Yuksak maʼrifatli avlod- Uchinchi renessans poydevori" shiori ostida Urganch shahar 22-sonli umumiy oʻrta ta'lim maktabda "Soʼnggi qoʼngʼiroq!" tantanali tadbiri nishonlandi.
Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning bitiruvchilarga tabrigi oʼqib esh*ttirildi. Faxriy mehmon, ota-onalar, jamoatchilik faollari Davlat rahbari bitiruvchilarga videomurojaat yoʼllagani eʼtirof etilib, taʼlim tizimidagi islohotlar va yoshlarga imkoniyatlar haqida gapirildi. Bitiruvchilarning musiqiy tabriklari tadbirga fayz kiritdi. Yakunda namunali va faol oʼquvchilar, ularning ota-onalari faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Tantanali tadbir ko‘tarinki kayfiyat va xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda oʼtkazildi.

24/05/2026

🌿 Hurmatli ota-onalar! 🌿

🎓 O‘quv yilining yakunlanishi hamda 25-may — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari arafasida siz aziz ota-onalarga murojaat qilamiz.
👨‍👩‍👧‍👦 Farzandlarimizning xavfsizligi va kelajagi uchun avvalo ota-ona mas’ul ekanligini unutmagan holda, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratishingizni so‘raymiz:
🚫 O‘quvchilarning turli bazm, ziyofat, norasmiy yig‘in va tungi sayrlarda ishtirok etishlariga yo‘l qo‘ymaslik;
🍽️ “So‘nggi qo‘ng‘iroq” munosabati bilan restoran, kafe, dala hovli va boshqa ko‘ngilochar maskanlarda nazoratsiz tadbirlar tashkil etmaslik;
🚘 Farzandlarning transport vositalarini boshqarishi, mototsikl, skuter va boshqa xavfli texnik vositalardan foydalanishiga qat’iy yo‘l qo‘ymaslik;
🚦 Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlarini doimiy nazorat qilish;
🌊 Suv havzalari, kanal, ariq, hovuz va cho‘milish taqiqlangan joylarga borishlarining oldini olish;
📱 Internet va mobil qurilmalardan xavfsiz foydalanishlarini nazorat qilish, zararli axborotlardan himoya qilish.
⚠️ Hurmatli ota-onalar!
💙 Farzandlarimizning taqdiri, sog‘ligi va xavfsizligi barchamiz uchun muhimdir.
🎉 “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirini xavfsiz va betalafot o‘tkazishlari uchun maktab va ota-onalar hamkorligi nihoyatda zarur.
Sizlardan farzandlaringizni doimiy nazoratda tutishingizni, ularning xavfsizligi va tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashishingizni so‘raymiz.
🌸 Hurmat bilan,
🏫 22-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori N.Sapayeva

18/05/2026

Urganch shahar 22-son maktabida õtkazilgan "Milliylik tadbiri"ga Urganch shahar hokimi õrinbosari oila va xotin qizlar bõlimi boshliği Davletova Rayxon Maqsudovna tashrif buyurdi.

15- may - Oila kuni munosabati bilan 1 - B sinfda " Oila muqaddas" mavzusida tadbir õtkazildi. Tadbirda õquvchilar ham f...
15/05/2026

15- may - Oila kuni munosabati bilan 1 - B sinfda " Oila muqaddas" mavzusida tadbir õtkazildi. Tadbirda õquvchilar ham faol qatnashib, ota- ona haqida , oila haqida she'rlar aytdilar, qiziqarli ŏyinlar õynadilar. Tadbir orqali õquvchilar oilada farzandning ŏrni haqida kõp narsalar ŏrganib oldilar.
Sinf rahbari: F. Abdullayeva

Address

Urganch Shahar Navro'z Ko'chasi
Uz

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Urganch shahar 22 son umumiy o'rta ta'lim maktabi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Urganch shahar 22 son umumiy o'rta ta'lim maktabi:

Shortcuts

Share

Category