16/06/2026
|
🏛Urganch davlat universiteti akademik litseyi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi
Bugun Urganch davlat universiteti akademik litseyi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda universitet rektori Feruza Madrahimova ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, joriy o‘quv yilida akademik litseyni 350 nafar o‘quvchi tamomladi. Ularning 124 nafari imtiyozli diplomga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 15 nafar bitiruvchi oltin, 3 nafari esa kumush medal bilan taqdirlandi. Bitiruvchilarning erishgan yutuqlari ta’lim sifati va o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan intilishining yorqin ifodasidir. Jumladan, 325 nafar bitiruvchi fanlarni bilish bo‘yicha sertifikatlarni qo‘lga kiritgan, 175 nafari chet tillaridan CEFR sertifikatiga, 106 nafari esa xalqaro IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan.
Rektor F.Madrahimova ushbu yuksak natijalarni alohida e’tirof etib, bitiruvchilarga ta’limning keyingi bosqichlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yurt ravnaqi yo‘lida munosib xizmat qilishlarini tiladi.
Shuningdek, o‘quvchilarning a’lo xulqi, namunali odobi va ta’limdagi yutuqlarida beqiyos hissa qo‘shgan ota-onalar hamda fidoyi ustozlarga tashakkurnomalar topshirildi.
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube