05/04/2025
📨 Scopus ma’lumotlar bazasidagi Elsevier nashriyotining Q1 kvartilli jurnaliga yuborgan maqolamizning taqriz natijalariga rasmiy javobimizni yubordik.
✅ Qimmatli tavsiyalar bergan barcha mustaqil taqrizchilarga, shuningdek, jurnal muharririga chuqur minnatdorchiligimizni izhor qilamiz.
Hurmatli mualliflar!
💵 Sizlardagi bilim, izlanish va mehnat faqat qog'ozlarda va kompyuteringizda qolib ketmasligi kerak. U butun dunyo olimlariga yetib borishi lozim. Bugun Sizlarga Scopus ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqola chop qilish imkoniyati borligini yana bir bor eslatmoqchimiz.
Nega aynan Scopus?
🌐 Bu xalqaro tan olingan, eng kuchli ilmiy platformalardan biri. Sizning ismingiz, tadqiqotingiz va yondashuvingiz global maydonga chiqadi. Bu nafaqat ilmiy obro', balki Sizning professional kelajagingiz uchun ham katta qadamdir.
Scopusda bepul maqola chop qilish mumkinmi?
❗️Ha, mumkin! Scopus ma'lumotlar bazasida nashr to‘lovi talab etmaydigan juda ko‘plab jurnallar mavjud. Eng asosiysi sifatli maqola, ilmiy metod va sabr-toqat.
P.s: Sifatni tanlang. Ilmni tarqating. O‘z izingizni qoldiring!
📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga maksimal ulashishingizni so'raymiz.
Murojaat: https://t.me/publicationu
Telegram: https://t.me/publish_uz