02/09/2026
Assalomu alaykum, azizlar! ❤️
Odatda sertifikatlarni natijalar chiqqanidan keyin 2–3 kun ichida kanalimizga joylab borardik. Lekin bugun bir o‘quvchimiz uchun bu odatni buzamiz. 😊
Gap — uyatchang, kamgap, darsda ham ko‘pincha indamay o‘tiradigan Baxtiyor haqida.
Baxtiyor sertifikati chiqqanidan keyin ham menga yozishga uyalib, natijasini yubormabdi. 😄 Bugun esa shogirdim Shohjahon tasodifan:
“Ustoz, Baxtiyor ham daraja olibdi-ku!” — deb aytib qoldi.
Shunda qarasam, haqiqatan ham Baxtiyor o‘z mehnatining natijasini olibdi. ❤️
Yana bir qiziq tomoni — Baxtiyor imtihonni aynan tug‘ilgan kunida topshirgan ekan! 🎂📚
Balki kim uchundir bu oddiygina sertifikatdir. Lekin ustoz uchun har bir sertifikat ortida mehnat, harakat, uyqudan qolgan tunlar, o‘ziga bo‘lgan ishonch va kichik-kichik g‘alabalar turadi.
Shuning uchun men uchun har bir o‘quvchimning yutug‘i alohida qadrli. Birortasining mehnatini e’tiborsiz qoldirishni istamayman.
Bugun bizning Xazarasplik beg‘ubor, kamtarin va mehnatkash o‘quvchimiz Baxtiyorni chin qalbimizdan tabriklaymiz! 🎉👏
Baxtiyor, sen kam gapirding, lekin natijang sen uchun juda chiroyli gapirib berdi! ❤️
Darajang muborak bo‘lsin! Bu hali boshlanishi. Oldinda bundan-da katta natijalar, katta marralar va katta g‘alabalar kutib tursin! 🇰🇷📚🔥
Tug‘ilgan kuningda imtihon topshirib, o‘zingga eng chiroyli sovg‘ani o‘zing qilibsan! 🎂🏆
Harakat qilgan o‘quvchi, albatta, bir kun natijasini ko‘radi.
Baxtiyorning bugungi natijasi bunga yana bir chiroyli misol. ❤️