19/02/2026
🎓 BEPUL SEMINAR: EYUF stipendiyasi bilan xorijda o'qish
Geologiya fanlari universiteti talabalari uchun maxsus!
Magistratura yoki PhD o'qimoqchimisiz?
"El-Yurt Umidi" jamg'armasining stipendiyasidan qanday foydalanishni bilmoqchimisiz?
Ushbu seminarda hamma savollaringizga javob olasiz — haqiqiy tajriba asosida!
📌 Tafsilotlar:
📅 Sana: 2026-yil 21-fevral, shanba
⏰ Vaqt: Soat 11:00
🏢 Joy: Geologiya fanlari universiteti, ARM binosi, 3-qavat
💰 Narx: Bepul!
🎤 Kim o'tkazadi?
Boqijonov Shoxrux — geofizik-muhandis, ilmiy tadqiqotchi. Janubiy Koreya universitetlarida tajriba to'plagan, hozir University of Leeds (Top-100) PhD dasturiga qabul qilingan. EYUF tanlovining barcha bosqichlaridan o'tgan.
📚 Seminar dasturi:
✔️ EYUF nima va stipendiya qanday beriladi
✔️ Magistratura uchun hujjatlar ro'yxati
✔️ PhD uchun hujjatlar va talablar
✔️ Offer Letter (qabul xati) qanday olish mumkin
✔️ Test va suhbat bosqichiga tayyorgarlik
✔️ Geologiya sohasida Top-300 universitetlar
✔️ Jonli savol-javob
Do'stlaringizni ham taklif qiling 👉
Ulashish (share) orqali ko'proq talabaga yetkazamiz!
👉 Safimizga qo‘shiling: t.me/c23_club
🧭 Kompas klubi - muvaffaqiyat sari birlashing 🤝
Kompas klubi - birgalikda kuchlimiz
Geologiya fanlari sohasida kelajakda esa magistratura yoki Ph.D. bosqichida dunyoning nufuzli universitetlarida ta’lim olishni rejalashtirayotgan ilm ixlosmandlarini qamrab oladi. Murojaat uchun:
26/04/2025
🎓 Koreya ta'lim yarmarkasi 2025 – Toshkentda!
STUDY IN KOREA Education Fair in Uzbekistan
📅 Sana: 25–26 aprel, 2025
🕙 Vaqt: 10:00 – 17:00
📍 Manzil: Toshkentdagi Koreya ta'lim markazi
Janubiy Koreyada tahsil olishni rejalashtiryapsizmi?
Unda bu yarmarka siz uchun ajoyib imkoniyat!
Nima uchun tashrif buyurishingiz kerak?
✅ 40 dan ortiq Koreya universitetlari bilan bevosita muloqot qilish
✅ Bakalavriat, magistratura, doktorantura va til kurslari haqida to‘liq ma’lumot olish
✅ GKS (Global Korea Scholarship) va boshqa stipendiyalar haqida maslahatlar
✅ Viza olish jarayoni va TOPIK imtihonlari haqida tushunchalar
✅ Koreyada talabalar hayoti va ish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar
Ishtirok etish bepul! Hoziroq ro‘yxatdan o‘tish orqali universitetlar bilan uchrashuvlaringizni rejalashtiring.
To’liq ma’lumot: studyinkorea.go.kr vebsaytida
🇰🇷 Yarmarkada ishtirok etuvchi Koreya Universitetlarining QS 2025 Reytinglari:
1. Seoul National University (SNU)
QS 31-o‘rin. Koreyada 1-o‘rin, Osiyoda 6-o‘rin
2. Sungkyunkwan University (SKKU)
QS 133-o‘rin
3. Kyung Hee University
QS 328-o’rin
4. Chung-Ang University
QS 489-o‘rin
5. Ajou University
QS 631–640 oralig‘i
6. Jeonbuk National University
QS 681–690 oralig‘i
7. Dongguk University
QS 701–710 oralig‘i
8. Chungnam National University
QS 851–900 oralig‘i
P.S.: Agar Seoul National University (SNU) vakillari ishtirok etishsa bu juda ajoyib imkoniyat.
Siz Googleda qidirib t**a olmagan savollaringizga javob olishinigiz mumkin.
🧭 Kompas klubi - muvaffaqiyat sari birlashing 🤝
Telegram | Instagram | Facebook
Kompas - Chat guruhi. t.me/c23_club
01/03/2025
UK dagi 4 ta top universitetlarga qabul qilingan klubimiz a’zosi, 2-mentorimiz Khushvaktov Umrzok ham o’zining o’ylantirib turgan holat bo’yicha QS Quacquarelli Symonds xodimlari bilan suhbatlashdi.
Holat: University of Exeter ga magistratura dasturi uchun belgilangan depozit to’lovi (o’qish to’lovining bir qismi) muddati El-yurt Umidi Jamğarmasi tanlovi natijalari chiqqunga qadar uzaytirib berishlarini so’rashdi va ular qabul qilinganligi haqidagi hujjat (offer letter) ga qarab universitet bilan bog’lanishlarini aytishdi.
Umid qilamizki, masalani ijobiy hal qilib berishadi ☺️
🧭 Kompas klubi - muvaffaqiyat sari birlashing 🤝
Telegram (https://t.me/c23_club)
Instagram (https://www.instagram.com/c23_club)
Kompas - Chat guruhi (https://t.me/+ztK36-dNliA0OTMy)
01/03/2025
27-fevral kuni QS Quacquarelli Symonds tomonidan tashkillashtirilgan top universitetlar qabul kuni tadbirida Geologiya fanlari universiteti / University of Geological Sciences va Ўзбекистон Миллий университети talabalaridan iborat Kompas Klubi a’zolari ishtirok etishdi.
Biz uchun bu tadbir kutilganidan ham ajoyib bo’ldi, boisi e’londa ko’rsatilgan universitetlardan ham reytingi balandroq - TOP 100 talikka kiruvchi universitetlar qabul jarayoni haqida ham ma’lumot berildi.
Ammo bu ma’lumotlarni universtitet vakili emas, QS xodimlari berishdi. Qisqa tanishtiruvdan tashqari, nafaqar o’qishga hujjat topshirish jarayoni va talablari haqida, balki viza masalalari haqida ham ma’lumot olishingiz mumkin.
Bu qismini konsalting firmalar o’qimasin!
Sababi yuqoridagi xizmatlar QS tomonidan *bepul taqdim etilar ekan.
Bepul konsultatsiya, zo’r-a:)
Xuddi kompas klubidek.
*QS xizmat to’lovini talabalardan emas, universtitetlardan olad.
🧭 Kompas klubi - muvaffaqiyat sari birlashing 💪
Telegram (https://t.me/c23_club)
Instagram (https://www.instagram.com/c23_club)
Kompas - Chat guruhi (https://t.me/+ztK36-dNliA0OTMy)
24/02/2025
QS Top Universities Admission Day in Tashkent
Assalomu alaykum, Kompas klubi aʼzolari!
27-fevral kuni QS Quacquarelli Symonds tomonidan tashkillashtirilayotgan top universitetlar qabul kuni tadbiri o'tkaziladi.
Ushbu tadbir – xalqaro miqyosdagi yetakchi universitetlarga qabul jarayonlari, ariza topshirish strategiyalari, stipendiya va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari haqida toʻliq maʼlumot olish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Buyuk Britaniya, AQSh, Yevropa va BAAdagi yetakchi universitetlar vakillari bilan shaxsan uchrashish uchun ushbu noyob imkoniyatni boy bermang. Mutaxassislardan shaxsiy maslahat oling va muvaffaqiyatli martaba sari birinchi qadamni tashlang!
Tadbirda quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
✅ Universitet vakillariga bevosita savollar berish imkoniyati.
✅ Universitetlar roʻyxati – profilingiz asosida moslashtirilgan tavsiyalarni oling.
✅ Viza va kirishni qoʻllab-quvvatlash – Mutaxassislarimiz sizga butun jarayon boʻyicha rahbarlik qilishlariga imkon bering.
✅ Universitetga hujjat topshirish imkoniyati.
Agar siz xorijda taʼlim olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz yoki universitetlarga ariza topshirish jarayoniga qiziqsangiz, bu tadbir siz uchun juda foydali bo‘ladi.
Tadbirda qatnashib, savollar berish va o‘z tajribangizni oshirish imkoniyatidan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun iltimos, quyidagi havolani bosing:
QS Top Universities Admission Day (https://qs.topuniversities.com/studentapply/events/admission_day_27_feb)
📅 Sana: Payshanba, 27-Fevral
🕰️ Vaqt: 15:00 - 19:00
📍 Manzil: Hampton by Hilton Tashkent (Istikbol ko'chasi, 17, Tashkent)
Iltimos, o‘z fikr va takliflaringizni ham ushbu post ostida bildiring. Siz bilan tadbirga birgalikda qatnashishdan mamnun bo‘lamiz! 😊
Hurmat bilan,
🧭 Kompas klubi - birgalikda kuchlimiz 💪
Telegram (https://t.me/c23_club)
Instagram (https://www.instagram.com/c23_club)
Kompas - Chat guruhi (https://t.me/+ztK36-dNliA0OTMy)
16/02/2025
Mehmonimiz Doston Jumayevning kechagi uchrashuvdan keyingi taassurotlari:
"Kompas guruhining maqsadi va vazifalari haqida esh*tib juda xursand bo’ldim. Chunki, o'zim hujjat topshirish va o’qish jarayonlarida duch kelgan muammolar, mendagi jarayonlarni qandaydir muddatga kechikishiga sabab bo’lgan edi. Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar haqida oldindan bilish va unga tayyorlanib borishda - Kompas klubida bo’ladigan seminar va treyninglarning ahamiyatini juda katta. Klubdan olinishi mumkin bo’lgan natijalar haqida quyida sanab o’tmoqchiman:
- Sizga xorijiy oliy ta’lim dargohini tanlashda ma'lum darajada filtr vazifasini bajaradi. Ya’ni, berilgan tavsiyalar asosida qanday oliygohlarga o’z fokusingizni qaratish haqida bilib olasiz.
- Hujjat topshirish jarayonida va xususan hujjatlar ichida qanday ko’p kuzatiluvchi xatoliklar bo’lishini bilgan holda, tayyorlayotgan hujjatlarga e’tiborli bo’lishni o’rganasiz.
- Xorijiy davlatlarda o’qigan va ishlagan, shuningdek hozirda u yerda bo’lib turganlar bilan bog’lanish orqali tavsiyalar olish va siz duch kelayotgan muammolarni yechimini topishda yordam olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
- O’zingizga o’xshagan talabalar va kelajagiga befarq bo’lmagan yoshlar bilan muloqotda bo’lish orqali fikrlash darajangizni kengaytirish va ilmiy bahslar qilish imkoniyatingiz bo'ladi.
- Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida sizni kutib turgan muhitga moslashish va u yerda o’rgatiladigan dasturlar, innovatsion o’qitish tizimlari, zamonaviy IT texnologiyalari haqida dastlabki fundamental bilimlarga ega bo’lasiz.
Bularnimg barchasi siz uchun oddiy narsalardek tuyulishi mumkin, lekin qisqa umrimizda erishishimiz mumkin bo'lgan marralarni zabt etish vaqtini anchagina kamaytirishi mumkinligiga ishonaman.
Ha aytgancha, jamoadagi muhit va ko'zi chaqnab turgan yoshlarni ko'rib geologiya sohasida shunday kadrlar yetishayotganidan juda mag'rurlanib ketdim, to'g'risi.
"Kompas" jamoasiga va ayniqsa Shokhrukh Bokijonov (https://t.me/GeofizikUz) akaga klub rivojlanishi uchun va seminarlar tashkillashtirish uchun ko'rsatayotgan jonbozligi uchun rahmat aytib qolaman.
Barchangizni seminarda ko'rganimdan xursandman."
Kompas klubi - Birgalikda kuchlimiz
Telegram (https://t.me/c23_club) | Instagram (https://www.instagram.com/c23_club)
Kompas - Chat guruhi (https://t.me/+ztK36-dNliA0OTMy)
15/02/2025
Vaqt topib bugungi ushrashuvga kelganlar uchun rahmat 😊
Afsus, rasmlar bir necha kishi ketgandan keyin olindi🙃
Batafsil ma’lumotlar va videolar ertaga joylanadi nasib ⌛
Shuning uchun bizni Instagram va Facebookda ham kuzatib boring👇
Telegram guruhimizda esa o’zingizni qiziqtirgan savollaringizni bemalol so’rashingiz mumkin 🤝
Doston Jumayev
Shokhrukh Bokijonov
Farhod Boltayev
Kompas klubi - birgalikda kuchlimiz
Telegram: t.me/c23_club
Instagram: www.instagram.com/c23_club
12/02/2025
🧭Kompas klubidan yangi tuhfa: Geologiya sohasida xorijda o’qishni istaganlar uchun seminar
Mehmonimiz: "El-yurt umidi" stipendiyasi sohibi va Bristol universiteti zilzila muhandisligi magistratura dasturi bitiruvchisi Doston Jumayev bilan suhbatga taklif qilamiz.
Taqdimot davomida xorijda o‘qish va geologiya sohasida karyera qilish yo‘lida qanday qadamlar tashlash kerakligi haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtiriladi.
📅 Sana: 15-Fevral
🕙 Vaqt: 10:00
📍 Manzil: Geologiya Fanlari Universiteti, ARM, 3-qavat
Shuningdek, “Xorijda magistratura” kitobidagi dastlabki 30 tavsiyani muhokama qilamiz va talabalar fikrlari bilan tanishamiz.
Ha aytgancha, roʻyxatdan oʻtishni unutmang va safimizga qoʻshiling🙂
Batafsil ma’lumot uchun: t.me/c23_club
06/02/2025
Kecha klub masalasida vazirlik markaziy apparatidagi Innovatsiyalar, fan va ta’lim bo‘limi boshlig’i bilan ko’rishdik.
Dushanba kuni aloqaga chiqqandik, seshanba kuni telefon qilishdi va kecha klub va SEG Student Chapter haqida gaplashdik.
Taqdimotni o’zida kamchiliklarmiz talaygina. Biroq, kechiktirmasdan mavjudligimiz haqida ma’lum qilganimiz yaxshi bo’ldi. Kechroq, mukammal, ideal holatda e’lon qilishni kutganimizda ham kamchiliklar chiqishi aniq edi. Endi dadil qadam tashlash vaqti keldi.
Asosiy qilinadigan ishlarimiz klub nizomni yakunlash (asosiy hujjat) va ko’proq talaba jalb qilish.
Vazirlikning xalqaro aloqalari haqida diqqat bilan kuzatib boraman. Bu masalalarda Obidjon akaning xissalari katta. Xalqaro hamkorlik bo’yicha tajribalari haqida ham o’rtoqlashishdi.
Kredit tizimidagi mustaqil ta’limning G’arb va O’zbekistondagi tavofutlari haqida dardlarimiz o’xshash ekan. O’zlari ham dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olganliklari uchun bu kabi masalalar yaxshi tushunishadi.
Bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri CRM (Critical Raw Materials) mavzusini ham ko’tardim. Ammo, CCS (Carbon Capture and Storage) va H2 (geologic hydrogen) ga imkon bo’lmadi.
Ivanhoe Electric Inc. ning typhoon apparati haqida aytishganida “ko’rgandekman” degandim. Keyin “gugllagach” yanglishganimni his qildim.
Klubni GFU (Geologiya Fanlari Universiteti) qoshida rasmiy holatda tashkillashtirishga kelishdik. Bu haqida universitet rahbariyatiga bir necha marta tanishtirilgan, faqat rasmiy ro’yxatdan o’tish masalasi qolib ketgandi. Bu jihat klub vebsayti, muhri va yuridik masalalarda uchun juda muhim.
Ular moliyaviy ko’mak berishga tayyor. Biroq, bunga arziydigan taklif va albatta munosib talabalar bo’lishi kerak.
Keling. klubimizga qo’shiling.
GFU, 507-xona.
Kompas Klubi
Birgalikda kuchlimiz😊