28/04/2026
Surxondaryoda “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi bo‘yicha o‘quv kurslarining ikkinchi bosqichi boshlandi
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida keng joriy etishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarining ikkinchi bosqichiga start berildi.
Ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jasur Mirzaqulov, markaz direktori o‘rinbosari Sanjar Sattorov hamda boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Joriy yilning 28–30-aprel kunlari o‘tkazilayotgan mazkur o‘quv seminarlarda tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari va ilg‘or pedagoglar faol qatnashmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar zamonaviy metodikalar va innovatsion yondashuvlar asosida “Ilk qadam” dasturini amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda.