TISU Cambridge International School

TISU Cambridge International School

Share

World Class International School
Cambridge IGCSE, AS & A levels
Preschool: 6 year olds
Primary: Grades 1-4
Secondary: Grades 5-9
+998 55 451 77 77

22/07/2026

🎮 Farzandingiz 75 million dollargacha pul mukofoti yutib olishini xohlaysizmi ?

🌟 Bugungi k***a kibersport dunyoning eng tez rivojlanayotgan intellektual sport yo‘nalishlaridan biri.

Ushbu sport to'garagida bolalar:
🟢Strategik fikrlash
🟢Tezkor qaror qabul qilish
🟢Jamoaviy hamkorlik
🟢Raqamli ko‘nikmalarni rivojlantiradi.

💻 TISU Cambridge International School o‘quvchilarga zamonaviy jihozlangan kibersport xonalarida professional murabbiy rahbarligida mashg‘ulotlar olib boriladi, o‘z iste'dodini rivojlantirish hamda maktab, respublika va xalqaro kibersport musobaqalariga puxta tayyorgarlik va ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Batafsil ma'lumot uchun:
📞 +998 55 451 77 77
📞 +998 77 702 96 95

22/07/2026


#2/8

💡Muhandislik-kelajakni yaratadigan kasb.

🚀NASAning kosmik missiyalari, Elon Musk yaratgan raketalar va elektromobillar, zamonaviy ko‘priklar, binolar hamda yangi texnologiyalar ortida muhandislar turadi.

Muhandislik — bu faqat hisob-kitob emas. Bu muammoni tahlil qilish, yechim topish va odam hayotini yaxshilaydigan yangiliklarni yaratishdir.

Shu sababli TISU Cambridge International Schoolda 8-sinfdan boshlab Muhandislik yo‘nalishi chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitiladi.

💫O‘quvchilar:

🟢 matematika va fizikani chuqur o‘rganadilar;
🟢 zamonaviy muhandislik asoslari bilan tanishadilar;
🟢 tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar;
🟢 nazariy bilimlarni amaliy topshiriqlar orqali mustahkamlaydilar.

💫Bu yo‘nalish kelajakda:

🚀 Aerokosmik muhandis;
🤖 Robototexnika muhandisi;
⚙️ Mexanik muhandis;
🔌 Elektr muhandisi;
👷‍♂️ Qurilish muhandisi;
💻 Dasturiy ta'minot mutaxassisi kabi zamonaviy kasblar uchun mustahkam poydevor yaratadi.

21/07/2026

✨TISU Cambridge International Schoolda qabul davom etmoqda.♾️

Joylar soni cheklangan.
Shoshiling!!!

Murojaat uchun :
📞 +998 55 451 77 77
📞 +998 77 702 96 95

21/07/2026

📊 Farzandingizning bilimi qanday baholanadi?

⭐️TISU Cambridge International Schoolda baholash faqat yakuniy natija bilan cheklanmaydi.

🟢Formativ baholash orqali o‘quvchining dars jarayonidagi rivojlanishi muntazam kuzatilib, unga doimiy fikr-mulohaza (feedback) beriladi.

🔵Summativ baholash esa bo‘lim, semestr yoki o‘quv yili yakunida o‘quvchining bilim va ko‘nikmalarini xolis baholashga xizmat qiladi.

Ushbu yondashuv orqali biz nafaqat natijani, balki o‘quvchining o‘sish jarayonini ham qadrlaymiz. 🌱

21/07/2026


#1/8

💼 Farzandingiz maosh kutadigan emas, maosh beradigan inson bo‘lishini xohlaysizmi?

Bugungi k***a muvaffaqiyat faqat yaxshi kasb egasi bo‘lish bilan emas, balki yangi imkoniyatlar yarata olish bilan ham belgilanadi.

⭐️TISU Cambridge International Schoolda o‘quvchilar 8-sinfdan boshlab boshqa yo'nalishlar singari biznes boshqaruvi yo'nalishida ham chuqurlashtirilgan tarzda bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar.

Bu yo‘nalishda ular:

📊 biznes va iqtisodiyot asoslarini;
📈 moliyaviy savodxonlikni;
🕯 liderlik va jamoani boshqarish ko‘nikmalarini;
🔼 strategik fikrlash va qaror qabul qilishni o‘rganadilar.
Bu bilim va ko‘nikmalar kelajakda tadbirkorlik, menejment va xalqaro biznes yo‘nalishlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun mustahkam poydevor yaratadi.

20/07/2026

🎓 Farzandingiz uchun sifatli va qulay maktab formalari bizning Cambridge xalqaro maktabimizda!

TISU CIS o‘quvchilari uchun maxsus maktab formalari Xitoy Xalq Respublikasida buyurtma asosida tayyorlanadi.

Har bir forma:

🧵 Sifatli va mustahkam matodan tikilgan;
✨ Zamonaviy dizaynga ega;
👨‍🎓 O‘quvchilarning qulayligi va faol harakatini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

💙Maktabimizda yagona forma joriy etilgani bejiz emas. U o‘quvchilar orasida tenglik muhitini yaratadi, tartib-intizomni mustahkamlaydi, maktabga daxldorlik va jamoaviylik hissini shakllantiradi.

Yagona forma — yagona qadriyatlar.

20/07/2026

📚Bilim orzularni maqsadga, maqsadlarni esa muvaffaqiyatga bog‘laydigan eng mustahkam ko‘prikdir.✨

TISU CISda qabul davom etmoqda.
Batafsil ma'lumot uchun quyidagi raqamlarga qo'ng'iroq qiling:
📞 +998 55 451 77 77
📞 +998 77 702 96 95

20/07/2026

❓ Farzandingiz qaysi sohaga qiziqadi?

🔼Har bir bolaning qiziqishi va iqtidori o‘ziga xos. Aynan shu qiziqishni to‘g‘ri yo‘naltirish uning kelajakdagi muvaffaqiyatiga mustahkam poydevor bo‘ladi.

TISU Cambridge International Schoolda o‘quvchilar 8-sinfdan boshlab o‘z qiziqishlariga mos yo‘nalishlarda ixtisoslashtirilgan ta'lim oladilar.

🎓 Yo‘nalishlar:

🏥 Tibbiyot;
💼 Biznes boshqaruvi;
🏗️ Muhandislik;
🤖 Sun'iy intellekt va IT;
🏛️ Arxitektura;
📊 Iqtisodiyot;
👩‍🏫 Pedagogika;
🌍 Ijtimoiy sohalar.

⭐️Har bir yo‘nalish o‘quvchilarning qobiliyati va qiziqishiga mos ravishda chuqurlashtirilgan tarzda tashkil etiladi. Bu esa ularga kelajak kasbini ongli ravishda tanlash va universitet bosqichiga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

20/07/2026

🎓 Bugun tanlangan ta'lim — ertaga ochiladigan dunyo eshiklaridir.

📚Har bir xalqaro sertifikat ortida puxta tayyorgarlik, kuchli ustozlar va zamonaviy ta'lim muhiti turadi.

⭐️TISU Cambridge International School o‘quvchilarga IELTS, SAT va GMAT kabi xalqaro imtihonlarga professional tayyorgarlikni taqdim etib, ularni dunyoning nufuzli universitetlari sari ishonch bilan yetaklaydi.

Bu yerda maqsad shunchaki imtihondan yuqori natija olish emas — balki global fikrlaydigan, raqobatbardosh va kelajakka tayyor avlodni tarbiyalashdir.

20/07/2026

⚽ Farzandingizni futbol maydonidan olib chiqolmayapsizmi?

Bu uning kuchli tomoni bo‘lishi mumkin.

TISU Cambridge International Schoolda biz sportni ta'limga qarshi qo‘ymaymiz — aksincha, ikkalasini birga rivojlantiramiz.

Bu yerda futbol:

📚 darslarga xalaqit bermaydi;
⚽ intizom va mas'uliyatni shakllantiradi;
🧠 diqqat va tezkor fikrlashni rivojlantiradi;
🏆 iste'dodni professional murabbiylar bilan to‘g‘ri yo‘naltiradi.

Chunki haqiqiy muvaffaqiyat — kuchli bilim va kuchli xarakter uyg‘unligidan boshlanadi.

Want your school to be the top-listed School/college in Termiz?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Address

Termiz