Hope kids NTM

Hope kids NTM Maxsus ehtiyojli bolalar uchun logoped, defektolog, ABA terapiya va individual rivojlantirish markazi.

14/01/2026

Epilepsiya — bu miya faoliyatidagi vaqtinchalik buzilish bo‘lib, bolada **tutqanoq (xuruj)**lar bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

❗ Bu yuqumli emas
❗ Bu ruhiy kasallik emas
✅ Bu davolanadi va nazorat qilinadi

⸝

👶 BOLALARDA QANDAY KO‘RINADI?

• To‘satdan hushini yo‘qotishi
• Qo‘l-oyoqlari tortilishi
• Bir nuqtaga tikilib, javob bermay qolishi
• Xurujdan keyin charchoq va uyqu bosishi

Har bir bolada belgilar turlicha bo‘lishi mumkin.

⸝

🤍 ENG MUHIMI

Epilepsiya — hukm emas.
To‘g‘ri tashxis va mutaxassis nazorati bilan bola:
🌱 o‘rganadi
🌱 rivojlanadi
🌱 tengdoshlari bilan birga ulg‘ayadi

⸝

🕊 OTA-ONAGA MASLAHAT

• Qo‘rqmang, vahima qilmang
• Bolani ayblamang
• Dori-darmonlarni o‘z vaqtida bering
• Mutaxassis bilan doimiy aloqada bo‘ling

Mehr va sabr — davoning bir qismi 💙

08/01/2026
03/01/2026

Tekshiruv

ZRR nima!?
03/01/2026

ZRR nima!?

02/01/2026

Natija

🧩 AUTIZMAutizm — bu kasallik emas.Bu rivojlanishning o‘ziga xosligi.
02/01/2026

🧩 AUTIZM

Autizm — bu kasallik emas.
Bu rivojlanishning o‘ziga xosligi.

01/01/2026

Uy sharoitida tashxis qoyish.

31/12/2025

Ota-onalar tomonidan eng ko'p beriladigan savollar!

30/12/2025

Mani bolam gapirmaydi!

Bolaning tasavvurini rivojlantirishda qog‘oz va ranglar bilan ishlash juda muhim jarayondir. Rasm chizish davomida bola ...
28/12/2025

Bolaning tasavvurini rivojlantirishda qog‘oz va ranglar bilan ishlash juda muhim jarayondir. Rasm chizish davomida bola o‘z ichki dunyosini ifodalaydi, fantaziyasi kengayadi va ijodiy fikrlashi rivojlanadi. Ranglarni tanlash, shakllar yaratish va ularni uyg‘unlashtirish orqali bola mustaqil qaror qabul qilishni, diqqatni jamlashni va mayda motorikani rivojlantiradi. Bu jarayon nafaqat ijodkorlikni, balki hissiy holatni ham ijobiy qo‘llab-quvvatlaydi.

Afsuski, mamlakatimizda autizm spektri haqida yetarli tushuncha yo‘q, ko‘pchilik bu mavzuda gapirishdan ham cho‘chiydi. ...
28/12/2025

Afsuski, mamlakatimizda autizm spektri haqida yetarli tushuncha yo‘q, ko‘pchilik bu mavzuda gapirishdan ham cho‘chiydi. Aslida esa bolalar o‘z vaqtida va to‘g‘ri yordam olishi uchun bu haqda ochiq gapirish muhim.

ASB (autizm spektri buzilishlari) — bu turli holatlarni o‘z ichiga olgan keng tushuncha bo‘lib, eng ko‘p uchraydigani ijtimoiy moslashuv, muloqot va tengdoshlar bilan munosabatdagi qiyinchiliklardir.
Autizm psixik rivojlanishdagi jiddiy buzilish bo‘lib, bunda asosan muloqot va ijtimoiy o‘zaro munosabatlar zarar ko‘radi. Bolalarda noodatiy xulq-atvor, mayda tafsilotlarga haddan tashqari e’tibor va bir faoliyatdan boshqasiga o‘tishda qiyinchiliklar kuzatiladi.

Address

📍 Bog‘imaydon MFY, Yalong‘och Dahasi, 89A Uy 📍 Toshkent Shahri, Mirzo Ulug‘bek Tumani
Tashkent
100000

Opening Hours

Monday 09:00 - 19:00
Tuesday 09:00 - 19:00
Wednesday 09:00 - 19:00
Thursday 09:00 - 19:00
Friday 09:00 - 19:00
Saturday 09:00 - 19:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Hope kids NTM posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share

Category