Kelajaksoati

Kelajaksoati

Share

Kelajak soati

09/05/2026

Nikoh shartnomasi nima uchun kerak?

Soha mutaxassislari nikoh shartnomasi yuzasidan eng koʻp beriladigan savollarga javob berdi.

Eslatma: OTM talabalari uchun tayyorlandi.

09/05/2026

Ikki buyuk sulola tutashgan oila

Ikki buyuk shaxs Begali Qosimov va Abdulla Oripov farzandlari, sulolalar davomchilari Shohrux Qosimov hamda Ruxsora Oripova oilasi bilan tanishamiz.

Eslatma: videokontent yuqori (9–11) sinf oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.

09/05/2026

Tarixda iz qoldirgan juftliklar

Butun dunyoda birgalikda ijod qilgan, ilm qilgan yoki bir-birini qo‘llab-quvvatlab katta natijalarga erishgan juftliklar ko‘p uchraydi. Ayrimlari bilan tanishamiz.

Eslatma: videokontent yuqori (9–11) sinf oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.

09/05/2026

Margʻilondagi Mirzakarim qutidor hovlisidamiz

Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asari asosida barpo etilgan ushbu ajoyib hovlida bizni Kumushning oʻzi qarshi oldi.

Eslatma: videokontent yuqori (9–11) sinf oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.

09/05/2026

Abdulla Qodiriy avlodlari zanjiri

Bu kontent orqali Abdulla Qodiriyning oʻgʻli Habibullo Qodiriy va uning avlodlari zanjiri bilan tanishamiz.

Eslatma: videokontent oʻrta (5–8), yuqori (9–11) sinf oʻquvchilari uchun tayyorlandi.

Aziz oʻquvchilar, siz ham “Avlodlar zanjiri” chellenjida ishtirok eting. Shunchaki ota-onangiz va bobo-buvingiz ishtirokida kreativ video tayyorlang va 20-mayga qadar manziliga yuboring.

Sifatli va qiziqarli videomaterial egalarini esdalik sovgʻalari kutmoqda.

09/05/2026

Oila – muqaddas qadriyat

Yurtimizda oila institutlari doim e’tibor markazida! Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni raqamlar orqali aks ettirishga harakat qilamiz.

Eslatma: videokontent oʻrta (5–8), yuqori (9–11) sinf oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.

09/05/2026

“Sogʻlom avlod qoʻshigʻi” – karaoke

Safar Barnoyev she’ri, Shermat Yormatov musiqasi asosida kuylangan qoʻshiqni karaoke-duet tarzida ijro etamiz.

Eslatma: video boshlangʻich (1–4) sinf oʻquvchilari uchun tayyorlandi.

09/05/2026

Bir oiladan chiqqan qahramonlar

Birgalikda ijod qilgan, birgalikda katta-katta kashfiyotlarni amalga oshirgan oilaviy “duet”lar bilan tanishamiz.

Eslatma: Video boshlangʻich (1–4) va oʻrta (5–8) sinf oʻquvchilari uchun tayyorlandi.

09/05/2026

Javohirning bobosi boʻlib tanildim...

Yuridik fanlari doktori, professor, detektiv asarlar muallifi va taniqli shaxmat yulduzi Javohir Sindorovning bobosi Komiljon Sindorov nabiralar tarbiyasi bilan bog‘liq xotiralari hamda muhim tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Eslatma: Video boshlangʻich (1–4) va oʻrta (5–8) sinf oʻquvchilari uchun tayyorlandi.

09/05/2026

Sirojiddinning qishloqdagi bir kuni

Jizzax viloyatining soʻlim Baxmal qishlogʻidagi xonadonlardan birida mehmon boʻldik. Sirojiddin u yerdagi insonlar hayoti bilan tanishib, dala ishlari bilan shugʻullandi.

“Kelajak soati” jamoasini yana qaysi manzillarda koʻrishni istaysiz?

Eslatma: Video boshlangʻich (1–4) va oʻrta (5–8) sinf oʻquvchilari uchun tayyorlandi.

09/05/2026



Bugun ota-bobolarimizni yod etamiz, Vatan uchun jonini fido qilgan yurtdoshlarimizni xotirlaymiz, keksalarimiz holidan xabar olamiz hamda tinchlik va osoyishtalik ne’mati uchun shukrona keltiramiz. Chunki bugun 9-may – Xotira va qadrlash kuni.

“Kelajak soati” jamoasi ushbu sana munosabati bilan “Xotira va qadrlash. Millat fidoyilari” mavzusida ssenariylar tanlovini tashkil etdi. Mazkur mavzu doirasida dars ssenariylari hamda rang-barang videokontentlar ulashildi. Umid qilamizki, respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalar uchun mazmunli va manfaatli darslar tashkil etildi.

Har bir harakat, tashabbus va tayyorlangan kontentlar xotira va qadrlash tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini istaymiz.

Darslarimizning navbatdagi mavzusi uchun ham bir-biridan mazmunli ssenariy va kontentlar tayyorlandi, yaqin soatlarda e’lon qilinadi.

Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Address

Tashkent