17/07/2026
Vazir va talaba-yoshlar uchrashuvi
17-iyul kuni oliygohimiz huzuridagi Oʻzbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Unda universitetimiz rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov boshchiligidagi universitet rahbariyati, Energetika vazirligi tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Muloqot davomida energetika sohasini rivojlantirish, innovatsiyalar, ishlab chiqarish amaliyoti va malakali kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida bir guruh iqtidorli talabalar Energetika vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilindi. Shuningdek, vazirlik va Toshkent davlat texnika universiteti oʻrtasida taʼlim, ilm-fan hamda ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Batafsil: tdtu.uz
👉 На руcском
👉 In English
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10/07/2026
🇺🇿🇯🇵 HAMKORLIKNI YANADA MUSTAHKAMLASH YOʻLIDA MUHIM UCHRASHUV
Bugun, 10-iyul kuni universitetimizga Yaponiyaning “Nagaoka Texnologiya Universiteti” prorektori Dr. Yukio Miyash*ta boshchiligidagi delegatsiyani prorektorlarimiz Sardor Donayev hamda Shavkat Azimov qabul qildi.
Uchrashuv davomida Nagaoka texnologiya universitetining oliygohimizda ochiladigan ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish, 7-avgust kuni boʻlib oʻtadigan ochilish marosimini tashkillashtirish hamda oʻzaro hamkorlik memorandumini imzolash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar Nagaoka texnologiya universiteti va universitetimiz olimlarining xalqaro qoʻshma ilmiy loyihalarda hamkorlikda ishtirok etishi, ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarida aloqalarni kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
08/07/2026
HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
Bugun, 8-iyul kuni universitetimiz rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov Korea–Uzbekistan Business Association bosh direktori Edward Kimni qabul qildi.
Ma’lumot uchun, bu janob Kimning joriy yil davomida oliygohimizga amalga oshirgan uchinchi tashrifidir. Avvalgi uchrashuvlar 2026-yil 24-aprel va 13-may kunlari amaliy muzokaralar ruhida oʻtib, ularning yakunida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Bugungi muloqotda esa mazkur memorandumda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Xususan, elektrotexnika, sun’iy intellekt (AI) hamda mexatronika yo‘nalishlarida 2+2 va 1+1 qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, oliygohimiz huzurida Koreys tili markazini qisqa muddatda tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
07/07/2026
"Dizayn" taʼlim yoʻnalishi boʻyicha ijodiy imtihon natijalari eʼlon qilindi
🔸Oliygohimizda 2026-yil 7-iyul kuni "Dizayn" taʼlim yoʻnalishi uchun Qalamtasvir fanidan oʻtkazilgan ijodiy imtihon natijalari eʼlon qilindi.
Natijalarni quyidagi havolalar orqali koʻrishingiz mumkin:
👉 Oʻzbek guruhihttps: //tdtu.uz/new/news/880
👉 Rus guruhi https://tdtu.uz/new/news/881
Diqqat!
Ijodiy (kasbiy) imtihon natijalaridan norozi boʻlgan abituriyentlar apellyatsiya arizasini natijalar eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida topshirilari mumkin.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
02/07/2026
Bugun, 2-iyul kuni Oliygohimiz rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov boshchiligida navbatdagi Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish davomida universitetimiz faoliyatining muhim yoʻnalishlariga oid qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, Energetika muhandisligi fakultetining “Elektr taʼminoti” kafedrasida 2025/2026 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
Shuningdek, oliygohimizni rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari boʻyicha kafedralarda bajarilgan ishlar, professor-oʻqituvchilarning yillik shaxsiy ish rejalarini bajarish holati hamda ularning faoliyati reyting natijalari koʻrib chiqildi.
Kengash kun tartibidan universitetimizdagi vakant lavozimlarga kafedra mudirlari va professorlarni tanlov asosida saralash masalasi ham oʻrin oldi. Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, masʼullarga aniq vazifalar belgilandi.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
01/07/2026
TDTUda Xitoyning «Sinoma» korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Joriy yilning 30-iyun kuni oliygohimizda tog‘-kon va metallurgiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Xitoyning "Sinoma Mining Construction Co., Ltd." hamda "SINOMA GBM" korxonalari delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Batafsil 👉 tdtu.uz
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
01/07/2026
Oliygohimizda faol va tashabbuskor talaba-yoshlar taqdirlandi
Universitetimiz huzuridagi O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazida 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan talaba-yoshlarimiz bilan uchrashuv hamda 2025/2026-o‘quv yilida faol, tashabbuskor va iqtidorli talabalarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitetimiz prorektorlari Oripjon Zaripov, Yusuf Absoatov, rektor maslahatchisi Olmos Nurmurodov, el suygan san’atkor Shuhrat Daryo, professor-o‘qituvchilarimiz hamda faol talaba-yoshlarimiz ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektorimiz Oripjon Zaripov tomonidan oliygohimiz rektori, akademik Sadritdin Turabdjanovning 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan yo‘llagan samimiy tabrigi o‘qib esh*ttirildi.
Shundan so‘ng 2025/2026-o‘quv yili davomida ta’lim, ilm-fan, innovatsiya, jamoat ishlari hamda oliygohimiz hayotida faol ishtirok etib kelayotgan talaba-yoshlarimizni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbir davomida 100 nafar faol va tashabbuskor talabalarimiz munosib rag‘batlantirildi. Shuningdek, o‘zining namunali faoliyati, intilishi va erishgan yutuqlari bilan ajralib turgan yoshlarimizga ikki baravar miqdorda stipendiya voucherlari topshirildi.
Ushbu tadbir talaba-yoshlarimizning yutuqlarini e’tirof etish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish hamda bilim, ijodkorlik va innovatsion g‘oyalar yo‘lida yanada faol bo‘lishga undashga xizmat qildi.
Bizni kuzating
Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram