23/12/2025
Ko‘pincha “rahbar” va “lider” tushunchalari aralashtirib yuboriladi.
Rahbar lavozim bergan rasmiy vakolatlarga tayanishi mumkin: vazifa qo‘yadi, ijroni nazorat qiladi, resurslarni taqsimlaydi. Bu muhim va zarur ish.
Ammo liderlik — bundan ham kengroq tushuncha.
Bu odamlarni o‘z shaxsiy namunasi, qadriyatlari va qarashlari orqali ilhomlantira olish qobiliyati.
Natijada, odamlar ichki xohish bilan ergashadi va umumiy maqsadlarga ishtiyoq bilan intiladi.
Lider buyruq bermaydi — u o’ziga tortadi.