12/09/2026
🤝 OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK — YUQORI NATIJALAR SARI MUHIM QADAM!
Al-Beruniy xalqaro maktab-internatida navbatdagi ota-onalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv offline va online formatlarda tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarimizning ta’lim jarayoni, maktab hayoti, rivojlanishi va kelgusidagi rejalar yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi.
🌍 IB World School sifatida biz uchun ota-onalar bilan muntazam va ochiq muloqot qilish hamda ularni ta’lim jarayonining faol hamkoriga aylantirish IB ta’lim falsafasining muhim jihatlaridan biridir.
Ota-ona, o‘quvchi va maktab o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik — har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan va kelajak liderlarini tarbiyalash yo‘lidagi muhim poydevordir. 📚✨
Birgalikda — yanada katta maqsadlar sari! 🚀