Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy sahifasi

📚 Kitobsevar yoshlar bilan ochiq muloqot📍Yakkasaroy tumanidagi 91-sonli umumta’lim maktabida “Maktabgacha va maktab ta’l...
17/07/2026

📚 Kitobsevar yoshlar bilan ochiq muloqot

📍Yakkasaroy tumanidagi 91-sonli umumta’lim maktabida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri sovrini uchun” o‘tkaziladigan kitobxonlik tanlovi ishtirokchilari bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Boqiyev Farxod Esanovich ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

⏰Muloqot davomida tanlovni yuqori saviyada tashkil etish, uning shartlari, baholash mezonlari hamda ishtirokchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.

📖Shuningdek, o‘quvchilar tanlov jarayoni va kitobxonlikni rivojlantirishga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Vazir o‘rinbosari tomonidan barcha savollarga batafsil javob berilib, tanlovda faol ishtirok etish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish va muntazam kitob o‘qishning ahamiyati haqida tavsiyalar bildirildi.

✅ Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarni kitobxonlikka yanada keng jalb etish, ularning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda tanlovga puxta tayyorgarlik ko‘rishiga xizmat qildi.

📣📣📣📣Hurmatli Toshkent shahri aholisi!❕Xabaringiz bor, kadastr ma’lumotlar bazasini yagona tizim - UZKAD axborot dasturid...
17/07/2026

📣📣📣📣

Hurmatli Toshkent shahri aholisi!

❕Xabaringiz bor, kadastr ma’lumotlar bazasini yagona tizim - UZKAD axborot dasturida birlashtirib, aholi va davlat idoralariga xizmat qiluvchi yagona tizim yaratilmoqda. Tizimlarni birlashtirish jarayonida ayrim ko‘chmas mulk obyektlari manzillari bo‘yicha “my.maktab.uz” platformasi bilan bog‘liq noaniqliklar kuzatilmoqda.

▶️ Shu kabi holatlarni bartaraf qilish maqsadida tezkor shtab tashkil etildi.

◼️Farzandingizni 1-sinfga qabul jarayonida kadastr bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan taqdirda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining 📞 (+99871) 231-68-51 (ichki 209, 212) raqamlari orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.

⚡️Shu o‘rinda, fuqarolarni ro‘yxat (propiska)ga qo‘yish, o‘chirish yoki o‘zgartirish Kadastr idoralari vakolati doirasida emasligini qayd etish lozim.

⏰  “Davraga kel, dugonajon!” — qizlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan uchrashuv📍 Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ...
14/07/2026

⏰ “Davraga kel, dugonajon!” — qizlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan uchrashuv

📍 Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Davraga kel, dugonajon!” ma’rifiy loyihasi doirasida mazmunli tadbir tashkil etildi.

✅ Tadbirda qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning iste’dod va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✨ Bilimli, faol va Vatanga sadoqatli qizlar — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining munosib bunyodkorlaridir!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🟢Bizni kuzating:

📱 TELEGRAM | 📱 FACEBOOK

📍 Toshkent shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati muhokama qilindi⏰ Maktabgacha va maktab ta’limi ...
14/07/2026

📍 Toshkent shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati muhokama qilindi

⏰ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ishchi guruhi tomonidan Toshkent shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rganish yakunlari bo‘yicha Bektemir, Mirobod, Mirzo Ulug’bek va Yashnabod tumanlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

👤 Yig‘ilish Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Raximjonov raisligida tashkil etildi. Unda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etdi.

📋 Yig‘ilish davomida o‘rganishlar natijasida aniqlangan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

✅ Shuningdek, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, tarbiyalanuvchilar uchun munosib sharoitlarni yaratish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🟢Bizni kuzating:

📱 TELEGRAM | 📱 FACEBOOK

📢HURMATLI MAKTABGACHA TA'LIMI  TASHKILOTI XODIMLARI!🫥 Issiq ob-havo sharoitida bolalar hayoti va salomatligini muhofaza ...
13/07/2026

📢HURMATLI MAKTABGACHA TA'LIMI TASHKILOTI XODIMLARI!

🫥 Issiq ob-havo sharoitida bolalar hayoti va salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar

📉Toshkent shahrida havo haroratining keskin ko‘tarilishi munosabati bilan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari va xodimlaridan quyidagi tavsiyalarga qat’iy amal qilish so‘raladi:

🔹 Bolalarning ochiq havodagi sayr va harakatli o‘yinlarini ertalabki salqin vaqtlarda tashkil eting.

🔹 Soat 11:00–17:00 oralig‘ida bolalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlari ostida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang.

😀 Bolalarni kun davomida muntazam ichimlik suvi bilan ta’minlang hamda suv ichish tartibini nazorat qiling.

✅ Guruh xonalarini muntazam shamollatib, xona haroratining me’yorda saqlanishini ta’minlang.

✅ Bolalarning yengil, tabiiy matodan tikilgan kiyim va bosh kiyimda bo‘lishini nazorat qiling.

🫥 Jismoniy mashg‘ulotlar va faol o‘yinlarni havo haroratidan kelib chiqib tashkil eting yoki zarur hollarda cheklang.

🫥 Bolalarning holatini doimiy kuzating. Issiq urishi belgilari (holsizlik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, tana haroratining ko‘tarilishi) kuzatilganda zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsating va tibbiyot xodimiga xabar bering.

🪙 Sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qiling hamda bolalar uchun xavfsiz muhitni ta’minlang.

❗️Eslatma: Bolalarning hayoti, salomatligi va xavfsizligini ta’minlash har bir xodimning ustuvor vazifasidir. Issiq ob-havo sharoitida profilaktik choralarga qat’iy rioya etish orqali noxush holatlarning oldini olish mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🟢Bizni kuzating:

📱 TELEGRAM | 📱 FACEBOOK

VAZIR VA YOSHLAR UCHRASHUVI✅Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Bektemir tumanidagi 358-sonli umumta'li...
09/07/2026

VAZIR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

✅Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Bektemir tumanidagi 358-sonli umumta'lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi.

💬Ochiq muloqot davomida yoshlarning bugungi kundagi bandligi, ta'lim va mehnat faoliyati, kelgusidagi rejalari hamda ularni qiynayotgan muammolar muhokama qilindi. Yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi, qo'shimcha o'rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

🏢Shuningdek, vazir maktabdagi ta'lim jarayoni va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o'quvchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta'lim sifati hamda infratuzilmani yanada rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratdi.

🤝 Bunday uchrashuv va o'rganishlar yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning muammolariga amaliy yechim topish hamda ta'lim muassasalarida yaratilayotgan sharoitlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🟢Bizni kuzating:

📱 TELEGRAM | 📱 FACEBOOK

TAYINLOV😎O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Kirgizbayev Suxr...
09/07/2026

TAYINLOV

😎O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Kirgizbayev Suxrobbek Mukimjanovich Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar S.Kirgizbayev Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

💐 Suxrobbek Mukimjanovichni yangi lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabriklaymiz hamda mas'uliyatli faoliyatida ulkan zafarlar, poytaxt ta'lim tizimini yanada rivojlantirish yo'lidagi ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar, mustahkam sog'lik va yuksak marralar tilaymiz!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🟢Bizni kuzating:

📱 TELEGRAM | 📱 FACEBOOK

TOSHKENT SHAHAR UMUMTA’LIM MAKTABLARI DIREKTORLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI🗣Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’l...
09/07/2026

TOSHKENT SHAHAR UMUMTA’LIM MAKTABLARI DIREKTORLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

🗣Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablari direktorlari ishtirokida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov boshchiligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📋 Uchrashuv davomida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
⏺Xorijiy tillarni o‘qitish loyihalarini samarali tashkil etish;
⏺Ijtimoiy reyestrga kiritilgan bolalar bilan manzilli ishlash;
⏺O‘quvchilar davomatini oshirish;
⏺2026–2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini sifatli tashkil etish;
⏺Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati;
⏺O‘quvchilar harakati hisobi;
⏺Bilimlarni baholash;
⏺Bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish jarayonlari.

🤝Mazkur uchrashuv ta’lim sifatini oshirish, maktablar faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etishga xizmat qiladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🟢Bizni kuzating:

📱 TELEGRAM | 📱 FACEBOOK

09/07/2026

🇺🇿Ichki turizm kuni

⏰Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Raximjonov boshchiligida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi umumta'lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida Temuriylay tarixi davlat muzeyiga ma'rifiy tashrif tashkil etildi.

📍 Tashrif davomida o‘quvchilar Amir Temur va Temuriylar davri tarixiga oid muzey eksponatlari bilan tanishib, milliy tariximiz va madaniy merosimiz haqida bilimlarini yanada boyitdilar.

✨ Mazkur sayohat yoshlarning Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va tarixiy xotiraga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🟢Bizni kuzating:

📱 TELEGRAM | 📱 FACEBOOK

26/06/2026

Address

Toshkent Shahri, Yashnobod Tumani, Oqdaryo Ko'chasi, 122-uy
Tashkent
100000

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share