19/07/2025
Nurobod tumanidagi maktablarga zamonaviy kompyuter jihozlari topshirildi
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ajratilgan 12 turdagi zamonaviy kompyuter jihozlari Nurobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sh.Xushbaqov tomonidan tumandagi umumta’lim maktablariga tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur tashabbus orqali o‘quvchi-yoshlarning zamonaviy IT texnologiyalariga qiziqishini yanada oshirish, ularning raqamli savodxonligini rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsad qilingan.
https://t.me/NurobodTUMANIXTB