04/03/2026
AICP jamoasi Shokirova Gulhayyo O‘ktam qizini- Zulfiya nomidagi davlat mukofotining Madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha “Milliy libos dizayneri” nominatsiyasi sovrindori bo‘lganligi munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etadi.
Shokirova Gulhayyo O‘ktam qizi — Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro moda akademiyasi qo‘shma fakulteti AICP 1-bosqich magistranti sifatida milliy libos dizayni yo‘nalishida olib borayotgan ijodiy izlanishlari, an’anaviy merosimizni zamonaviy moda konsepsiyalari bilan uyg‘unlashtirish borasidagi yuksak mahorati va fidokorona mehnati bilan ushbu nufuzli mukofotga munosib deb topildi.
Ushbu yutuq AICP qo‘shma ta’lim dasturining samarali faoliyati, xalqaro hamkorlik va sifatli ta’lim natijasining yorqin ifodasidir. Magistrantimizning muvaffaqiyati nafaqat institutimiz, balki butun jamoamiz uchun katta faxr va sharafdir.
Gulhayyo O‘ktam qiziga kelgusidagi ilmiy-ijodiy faoliyatida yanada ulkan zafarlar, yangi loyihalar va yuksak marralar tilaymiz.