Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi

Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi

Share

Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Education Website, Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi 331-uy, Tashkent.

Photos from Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi's post 24/01/2025

Joriy yilning 23-yanvar kuni Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda bir guruh Kasbiy ta’lim muassasalari direktorlari Sirdaryo viloyatidagi Shirin energetika texnikumiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida Shirin energetika texnikumi mas’ullari delegatsiya a’zolariga texnikumning ta’lim va o‘quv amaliyot xonalari, sohaga oid zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan yaqindan tanishtirdilar.

Tashrif doirasida texnikum faoliyati, yutuq va tajribalari ham muhokama qilindi. Mazkur texnikum energetika sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bilan bir qatorda ta’limning zamonaviy talablarga mosligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Photos from Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi's post 11/01/2025


Boshqarma xodimlari munosib taqdirlandi
Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi xodimlariga yangi yil bayrami munosabati bilan Boshqarma boshlig'i B.A.Radjabov tomonidan 2024-yil davomida jonbozlik ko'rsatgan, tashabbuskor, fidoyi xodimlarga faxriy yorliq va esdalik sovg'alari topshiridi.

Photos from Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi's post 11/01/2025


Kasbiy ta'lim va akademik litsey direktorlari bilan 2024-yil yakuni bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.
Joriy yilning 27-dekabr kuni boshqarma binosi majlislar zalida ta'lim muassasalari direktorlari bilan boshqarma boshlig'i B.A.Radjabov boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Dastlab yig'ilishda 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar muhokama qilinib, 2025-yilga chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yig'ilish davomida 2023/2024-o'quv yilida jamoatchilik fikri asosida eng namunali ta’lim muassasasi va eng kreativ matbuot xodimi deb e’tirof etilgan ta'lim muassasalari boshqarma tomonidan taqdirlandi.
Shuningdek, ta'lim tizimida ko'p yillik samarali mehnat qilgan kasbiy ta'lim va akademik litsey direktorlariga faxriy yorliqlar topshirildi.

04/12/2024

"Mehr - muruvvat insonni ulug‘laydi"

3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikum va Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlarida "Mehr - muruvvat insonni ulug‘laydi" mavzusida ma’naviy - ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahar boshqarmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi hamda hamkor tashkilotlar tashrif buyurishib, o‘quvchilarga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirib, sovg‘alar ulashdi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va Respublika musiqa va san’at texnikumining faol talaba va o‘quvchilari ham ishtirok etib, kuy-qo‘shiqlar va sahnaviy chiqishlar bilan yig‘ilganlar ayniqsa, texnikum tarbiyalanuvchilariga xush kayfiyat ulashdi.

Photos from Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi's post 22/11/2024

Joriy yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida poytaxtimizdan saralanib chiqqan 42 ta oliy ta’lim muassasalarining (og'il bola) jamoalari o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha Toshkent shahar final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Natijalarga ko’ra :
🥇o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti;
🥈o‘rin: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
🥉o‘rin: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoalari g'oliblikni qo'lga kiritdi.

G‘olib bo‘lganlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Photos from Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi's post 18/11/2024

Besh tashabbus olimpiadasi” oliy ta’lim muassasalarining jamoalari o‘rtasida sportning “Mini-futbol” turi bo‘yicha Toshkent shahar final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Natijalarga ko‘ra:
🥇o‘rin: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
🥈o‘rin: Oriental universiteti;
🥉o‘rin: Toshkent davlat pedagogika universiteti jamolari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘olib bo‘lganlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Photos from Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi's post 18/11/2024

🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o'g'il bolalalar o’rtasida “Stritbol” sport turi bo‘yicha Toshkent shahar final bosqichi natijalariga ko’ra:

🥇o‘rin: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
🥈o‘rin: Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti;
🥉o‘rin: M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘olib bo‘lganlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Photos from Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi's post 18/11/2024

🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida qiz bolalalar o’rtasida “Stritbol” sport turi bo‘yicha Toshkent shahar final bosqichi natijalariga ko’ra:

🥇o‘rin: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
🥈o‘rin: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
🥉o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘olib bo‘lganlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

15/11/2024

«Yosh o‘qituvchi va olimlar kengashi»ning 1-ta’sis yig‘ilishi

Photos from Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi's post 14/11/2024

“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida yosh o‘qituvchi va olimlarga alohida e’tibor qaratilmoqda

Yoshlar markazida oylik doirasida Toshkent shahar Yosh o‘qituvchi va olimlar kengashining 1-ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. (https://t.me/poytaxtuz01/67)

Ilk bora tashkil etilgan kengash yig‘ilishida 500 nafardan ziyod maktablar, professional va oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh o‘qituvchilar, olimlar, tadqiqotchilar hamda tayanch doktorantlar qatnashdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — yoshlarning ilm-fanda o‘zini o‘zi boshqarish tizimini rivojlantirish orqali davlat va ilmiy tashkilotlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, ularning ilmiy g‘oya va tashabbuslarini yuzaga chiqarish hamda faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Yig‘ilishda “Yosh o‘qituvchi va olimlar kengashi” tuzilib, boshqaruv raisi etib iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, yosh olim, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta o‘qituvchisi Shohrux Boymurodov saylandi.

Shuningdek, kengashning 2025-yilga mo‘ljallangan ish reja va dastur loyihalari ko‘rib chiqildi.

Photos from Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi's post 12/11/2024

Poytaxtda yoshlarning jamoatchilik tuzilmalarini tuzish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan Toshkent talabalar assotsiatsiyasining birinchi ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’lim muassasalarining yoshlar yetakchilari, fakultet koordinatorlari, talabalarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, uyushmalari, assotsiatsiyalari, kengashlari, harakatlari, guruhlari rahbarlaridan iborat 550 nafar delegatlar ishtirok etdi.

Tadbirda talabalar ichidan o‘z tashabbusi bilan nomzodini qo‘ygan talabgorlarning bir qator qiziqarli va maqsadli rejalari tinglandi. Xususan, talabalarning ilmiy izlanishlariga ko‘mak berish, networking uchun o‘quv oromgohlari tashkil qilish, tashabbuskor talabalar o‘rtasida eng yaxshi loyiha mualliflarini taqdirlash maqsadida “Yil mukofoti”ni joriy qilish, so‘rovnomalar o‘tkazish orqali talabalar muammolarini o‘rganish va ularga yechim topishga ko‘maklashish kabi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan yoshlar fikr-mulohazalari barchaning e’tiborini tortdi.

Taqdimotlardan so‘ng Talabalar assotsiatsiyasi raisi va uning turli yo‘nalishlar bo‘yicha yordamchilari ochiq ovoz berish yo‘li orqali saylandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 11 nafar o‘z tashabbusi bilan nomzodini qo‘ygan talabalar ichidan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti Otabek Sobitov eng ko‘p ovoz yig‘gan nomzod deb qayd etildi va bir ovozdan assotsiatsiya raisi etib saylandi.

Photos from Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi's post 05/11/2024

Joriy yilning 5-noyabr kuni Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i B.A.Radjabov boshchiligida kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda professional ta’lim muassasalari direktorlari, direktor o’rinbosarlari, xo'jalik mudirlari, ijro intizomi, matbuot bo'yicha mas'ullar ishtirok etdi.

Boshqarma boshlig'i tomonidan mas'ullarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF-158-sonli Farmonining mazmun mohiyati tushuntirildi, professional ta'lim sohasida kutilayotgan o'zgarishlar mas'ullarga yetkazildi.

Yig'ilish so'ngida ta'lim sohasida olib boriladigan ishlar yuzasidan maqsadli rejalar va ulkan vazifalar kelishib olindi.

Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Address

Yashnobod Tumani, Parkent Ko'chasi 331-uy
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00