07/06/2026
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Al-Xorazmiy nomidagi IV Xalqaro matematika va informatika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli intellektual musobaqada dunyoning 10 mamlakatidan 221 nafar o‘quvchi, shuningdek, 4 davlat terma jamoalari onlayn formatda ishtirok etdi. Olimpiada Al-Xorazmiyning ilmiy merosini targ‘ib etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
G‘olib va sovrindorlar medal, diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
01/06/2026
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin!
Bolalik — inson umrining eng sokin, eng beg‘ubor va hech qachon ortga qaytmaydigan oltin fasli. Bugungi sana biz kattalar uchun shunchaki bayram emas, balki qalbimizdagi eng muhim savolga javob izlash fursatidir: biz kelajagimiz egalariga qanday dunyo qoldiryapmiz?
Bolalarni himoya qilish — ularni faqatgina tashqi xavf-xatarlardan asrash degani emas. Asl himoya — ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini sindirmaslik, qiziqish va iqtidorini bo‘g‘maslik hamda murg‘ak qalbini tushunishdir.
Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga, ularning har tomonlama sog‘lom, el-yurtga kamarbasta va barkamol bo‘lib voyaga yetishiga eng ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilmoqda. Farzandlarimizning zamonaviy bilim olishlari hamda o‘z iqtidorlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishlari uchun yaratilayotgan barcha sharoitlar va keng ko‘lamli islohotlar zamirida xuddi shu oliy maqsad mujassamdir.
Uyda, bog‘chada yoki maktabda bo‘lsin — qayerda bo‘lmasin, bolalarimizni qurshab turgan muhitni mehrga, e’tiborga va samimiyatga to‘ldiraylik. Har lahzada ularning kichik va mo‘jizaviy olamiga quloq tutib, orzulariga qanot, yiqilganida suyanchiq, xatolarida esa to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi mayoq bo‘laylik.
Yurtimizdagi barcha bolajonlarni bugungi shodiyona bilan chin dildan tabriklayman! Osmonimiz doimo musaffo, bolalarimizning kelajagi nurli bo‘lsin. Hech bir xonadondan farzandlarning shodon va beg‘ubor kulgusi arimasin!
Hurmat bilan,
E’zoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
29/05/2026
Hurmatli respublikamiz o‘qituvchilari!
“Boshlang‘ich ta’lim” tahririyati nomidan sizlarni muborak Hayit bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Sizlarning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz, fidokorona mehnatingiz va sabr-toqatingiz tahsinga loyiqdir. Ushbu qutlug‘ ayyom xonadonlaringizga tinchlik, mehr-oqibat, sihat-salomatlik va fayzu baraka olib kelsin.
Qalbingizdagi ezgulik va mehr doimo o‘quvchilaringiz qalbida nur bo‘lib yashasin. Sharafli kasbingizda ulkan zafarlar, oilangizga baxt va farovonlik tilaymiz.
Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin!
25/05/2026
🎓 Aziz bitiruvchilar, qadrli yoshlar!
Bugun mamlakatimiz ta’lim tizimida, minglab oilalar hayotida quvonchli va hayajonli kun. 2025/2026-o‘quv yilida respublikamizdagi 10 193 ta maktabni 621 ming nafardan ortiq 9-sinf hamda 472 ming nafardan ortiq 11-sinf o‘quvchilari tamomlamoqda. Quvonarlisi shundaki, yoshlarimizning 11 ming nafardan ziyodi oltin va kumush medallar bilan taqdirlanishadi. Bu raqamlar ortida sizlarning ko‘p yillik mehnatingiz, ustozlarimizning zahmatli xizmati va ota-onalaringizning katta umidi mujassam.
Sizlar — Yangi O‘zbekistonning poydevori, ertangi kunimizning chinakam bunyodkorisiz. Maktab ostonasidan katta hayotga qadam qo‘yar ekansiz, qalbingizdagi ezgu orzularning hech qachon so‘nishiga yo‘l qo‘ymang. Bilim — sizning eng yaqin do‘stingiz va har qanday dovonni oshishda eng kuchli qurolingizdir.
Bugun mamlakatimizda iqtidoringizni to‘laqonli namoyon etishingiz uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Qaysi sohani tanlamang, uning eng yaxshi ustasi bo‘lishga intiling. Muhtaram Prezidentimiz o‘zlarining bugungi bayram tabriklarida Siz yoshlarga qanday katta umid bog‘laganlarini alohida e’tirof etib, shunday dedilar:
“Bugungi bitiruvchi – ertangi muhandis, shifokor, olim, shoir va adib, tadbirkor degani. Bugungi bitiruvchi – Uchinchi Renessans bunyodkori degani. Sizlar Yangi Oʻzbekistonning eng katta ishonchi va tayanchisiz. Oldingizga katta maqsadlar qoʻyishdan hech qachon qoʻrqmang!”
Hayot yo‘lingizda doimo halollik va mehnatsevarlik hamrohingiz bo‘lsin. Sizning yutuqlaringiz — ota-onangizning baxti, ustozlaringizning faxri va davlatimiz qudratidir.
Barchangizga oliy ta’lim muassasalariga kirishda, o‘zingiz qiziqqan kasb sirlarini egallashda va ulkan marralarni zabt etishda zafarlar tilayman.
Katta hayot sari oq yo‘l, aziz bitiruvchilar!
Hurmat bilan,
Eʼzoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Manba:https://t.me/uzedu
22/05/2026
В Ташкентской области прошел пресс-тур по образовательным учреждениям Ангрена
20 мая 2026 года в городе Ангрен Ташкентской области состоялся пресс-тур, организованный Министерством дошкольного и школьного образования Ташкента и Ташкентской области . Мероприятие было посвящено современным реформам в сфере образования, внедрению инновационных технологий и созданию комфортной среды для учащихся.
В рамках программы мы посетили несколько образовательных учреждений города. Первой локацией был новый культурно-спортивный комплекс «Янги Ангрен», где были представлены проекты молодежных стартапов, кружки робототехники и IT-направления. Также состоялась презентация на тему «Современные кружки-путь к будущей профессии молодежи».
Далее журналисты ознакомились с деятельностью современной школы №12, где внедрены инклюзивные классы, STEM- и IT-зоны, а также современные методы обучения. Тема презентации-«Современная школа -фундамент будущего».
В ходе пресс-тура участникам также показали деятельность дошкольного образовательного учреждения, оснащенного современными условиями для детей, инновационными методиками обучения и безопасной образовательной средой.
Завершающей точкой стала школа №33, где гостям рассказали о системе управления, достижениях педагогов и результатах образовательных реформ.
По данным, в Ташкентской области функционируют 2408 дошкольных образовательных организаций и 877 школ. В образовательные учреждениях региона обучаются более 525 тысяч школьников и почти 194 тысячи воспитанников детских садов. В 2025–2026 годах в области были созданы новые учебные места, проведена реконструкция учреждений и расширена цифровая образовательная среда.
В завершение пресс-тура для представителей СМИ был предусмотрен открытый диалог, интервью и специальная медиасессия с представителями дошкольного и школьного образования Ангрена.
22/05/2026
В Ташкентской области прошел пресс-тур по образовательным учреждениям Ангрена
20 мая 2026 года в городе Ангрен Ташкентской области состоялся пресс-тур, организованный Министерством дошкольного и школьного образования Ташкента и Ташкентской области . Мероприятие было посвящено современным реформам в сфере образования, внедрению инновационных технологий и созданию комфортной среды для учащихся.
В рамках программы мы посетили несколько образовательных учреждений города. Первой локацией был новый культурно-спортивный комплекс «Янги Ангрен», где были представлены проекты молодежных стартапов, кружки робототехники и IT-направления. Также состоялась презентация на тему «Современные кружки-путь к будущей профессии молодежи».
Далее журналисты ознакомились с деятельностью современной школы №12, где внедрены инклюзивные классы, STEM- и IT-зоны, а также современные методы обучения. Тема презентации-«Современная школа -фундамент будущего».
В ходе пресс-тура участникам также показали деятельность дошкольного образовательного учреждения, оснащенного современными условиями для детей, инновационными методиками обучения и безопасной образовательной средой.
Завершающей точкой стала школа №33, где гостям рассказали о системе управления, достижениях педагогов и результатах образовательных реформ.
По данным, в Ташкентской области функционируют 2408 дошкольных образовательных организаций и 877 школ. В образовательные учреждениях региона обучаются более 525 тысяч школьников и почти 194 тысячи воспитанников детских садов. В 2025–2026 годах в области были созданы новые учебные места, проведена реконструкция учреждений и расширена цифровая образовательная среда.
В завершение пресс-тура для представителей СМИ был предусмотрен открытый диалог, интервью и специальная медиасессия с представителями специалистов дошкольного и школьного образования Ангрена.
20/05/2026
Andijonlik 2-sinf o‘quvchisi ingliz tilidan C1 darajani qo‘lga kiritdi
✅ Paxtaobod tumanidagi 19-umumta‘lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Muhammadyusuf Ibrohimjonov xalqaro IELST imtihonidan 7 ballik (С1) natija qayd etdi.
➖ Ma’lumot o’rnida: sinovda Muhammadyusuf Listening (Tinglab tushunish) boʻyicha 7,5 ball, Reading (O‘qib tushunish) 6,5 ball, Writing (Yozish) 7,0 ball va Speaking (Gapirish) qismidan 6,5 ball to‘plagan.
O‘quvchimizning kelgusi o‘qishlarida ham omad tilaymiz!
Andijon viloyati MMTB Axborot xizmati
Manba:https://t.me/uzedu
20/05/2026
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” tanlovi boshlandi
18-may kuni Toshkent shahrida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy tanlovi boshlandi. Tadbir maktabgacha ta’lim pedagoglarining kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda iste’dodli tarbiyachilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Tanlovning tantanali ochilish marosimi soat 09:00 da Avloniy nomidagi markazda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari, pedagoglar hamda tanlov ishtirokchilari qatnashdi.
Tanlov sinovlari soat 10:00 da boshlanib, poytaxtning Olmazor tumanidagi quyidagi to‘rtta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bazasida o‘tkazilmoqda:
— DMTT №20 — “Ziyokor” mahallasi, Mirzo G‘olib ko‘chasi, 21-uy;
— DMTT №146 — “G‘alaba” mahallasi, Qoraqamish-2/4 dahasi, Urozboyev ko‘chasi, 38-uy;
— DMTT №201 — “Yuqori Beshqo‘rg‘on” mahallasi, Beshqo‘rg‘on ko‘chasi, 51a-uy;
— DMTT №423 — “Oltinsoy” mahallasi, Qoraqamish-1/14 dahasi.
Tanlov davomida ishtirokchilar kasbiy ko‘nikmalari, zamonaviy pedagogik yondashuvlari hamda bolalar bilan ishlash tajribalarini namoyish etadilar.
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” tanlovi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan.
Manba:https://t.me/BT1992
15/05/2026
Andijonlik 3-sinf o‘quvchisi C1 sertifikatini qo‘lga kiritdi
✅ Andijon shahridagi 4-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Yaxyobek Tursunov xalqaro til bilish imtihonidan C1 darajasini qo‘lga kiritdi.
➖ Sinovda Yaxyobek Listening (Tinglab tushunish) boʻyicha 73 ball, Reading (O‘qib tushunish) 70 ball, Writing (Yozish) 53 ball va Speaking (Gapirish) qismidan 65 ball to‘plagan.
O‘quvchimizning kelgusi o‘qishlarida ham omad tilaymiz!
Andijon viloyati MMTB Axborot xizmati
Manba:https://t.me/uzedu