Sphere.KIUT
Sustainable Transportation within the framework of Green Deal
18/09/2025
Transport tirbandliklari, yo‘l-transport hodisalari va havoning ifloslanishi — bugun deyarli barcha yirik shaharlarda uchraydigan muammolardir.
Ushbu muammolarga samarali yechim topish va ekologik toza kelajak shaharlarini barpo etish uchun yangi bilimlar, zamonaviy texnologiyalar va ulardan foydalana oladigan mutaxassislar zarur.
Shu yo‘nalishda muhim qadamni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tashladi — «Intelligent Transportation Systems» laboratoriyasini ochdi.
Ushbu loyiha Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida «Barqaror transport» (Green Deal) loyihasi asosida amalga oshirildi va o‘quv jarayonini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ldi.
🚗Европалик ҳамкорларимиз махсус тест орқали ўзларининг реакция тезлигини синаб кўришди. Бу жараён нафақат қизиқарли, балки йўл ҳаракати хавфсизлиги нуқтаи назаридан ҳам муҳим аҳамиятга эга.
Қуйидаги лавҳада улар қандай реакциялар берганини томоша қилинг!
Университетимизда Европа Иттифоқининг Erasmus+ дастури доирасида “Барқарор транспорт” (Green Deal) лойиҳаси асосида яқин кунларда замонавий лаборатория очилади.
💡 Лаборатория қуйидаги йўналиш талабалари учун хизмат қилади:
🚦 Йўл ҳаракатини бошқариш таълим йўналиши талабалари,
🚍 Яқинда очилиши режалаштирилган Барқарор транспорт йўналиши талабалари.
🌍 Янги лаборатория талабалар учун инновацион билим ва амалий кўникмалар манбаи бўлиб хизмат қилади.
28/10/2024
Joriy yilning 25-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “CBHE loyihalarining muhandislik sohasidagi ta’siri, universitet-sanoat va universitet-jamiyat hamkorligini mustahkamlash” mavzusida Erasmus+ Klaster yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida mehmonlar uchun TTPU bo‘ylab tur tashkil etilib, universitet faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev, Erasmus + Milliy Ofisi (NEO) koordinatori Aziza Abdurahmonova va CBHE loyihasining mahalliy koordinatorlari va guruh a’zolari, Oliy ta’lim islohotlari bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi (HEREs) a’zolari, noakademik CBHE hamkor tashkilotlar, oliy ta’lim tizimidagi manfaatdor tomonlar vakillari ishtirok etdi.
On October 25 of this year, an Erasmus+ Cluster meeting was held at the Turin Polytechnic University in Tashkent on the topic “Impact of Erasmus+ Capacity Building in Higher Education (CBHE) projects in the Field of Engineering and Strengthening University-Industry Cooperation”.
At the beginning of the event, a tour of TTPU for guests was organized and closely acquainted with the activities of the University.
The meeting was attended by Deputy Minister of Higher Education, Science and Innovation Otabek Makhkamov, Rector of Turin Polytechnic University in Tashkent Olimjon Tuychiev, coordinator of Erasmus + National Office (NEO) Aziza Abdurakhmanova and local CBHE project coordinators and team members, members of the National Expert Group for higher education reform (HEREs), representatives of non-academic CBHE partner organizations, higher education stakeholders.
28/10/2024
Universitetimizning “Yo‘l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Toshkent davlat transport universitetida “Erasmus+” dasturi doirasida tashkil etilgan Barqaror transport bo‘yicha manfaatdor tomonlar seminarida faol ishtirok etdilar. Seminarda 15 dan ortiq soha vakillari, Transport vazirligi xodimlari va hamkor oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida Respublikamizda “Barqaror transport” yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud muammolar va soha vakillari oʻrtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari tahlil qilindi. Shuningdek, barqaror transport taʼlim yo‘nalishining oʻquv rejasi, malaka talablari va oʻqitiladigan fanlar katalogi muhokama qilindi.
Professors and teachers of the "Traffic Engineering and Management" department of our university have actively participated in the workshop, which was held for partners of the Erasmus+ project regarding Sustainable transport, at Tashkent State Transport University. The professors from the partner universities and more than 15 representatives from the industry sectors and the Ministry of Transport took part in the workshop. The main topic was about the action plan in the field of "Sustainable transport" in our republic, the existing problems and the survey results among the transport stakeholders. Moreover, the curriculum of intended Bachelor program, the qualification requirements and the list of courses have been discussed.
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Contact the school
Telephone
Website
Address
Tashkent
100121
Opening Hours
| Monday | 09:00 - 17:00 |
| Tuesday | 09:00 - 17:00 |
| Wednesday | 09:00 - 17:00 |
| Thursday | 09:00 - 17:00 |
| Friday | 09:00 - 17:00 |