Center for advancing community strengths and social wellbeing

Center for advancing community strengths and social wellbeing Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Center for advancing community strengths and social wellbeing, Educational Research Center, Амир Темур 17, Tashkent.

🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, muhtaram Prezidentimiz!____________________________🇺🇸 Happy Birthday, Mr. Preside...
24/07/2026

🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, muhtaram Prezidentimiz!
____________________________

🇺🇸 Happy Birthday, Mr. President!

 Etik va professional xulq-atvorni namoyon etishXalqaro EPAS standartlariga ko‘ra, «Etik va professional xulq-atvorni na...
14/07/2026



Etik va professional xulq-atvorni namoyon etish

Xalqaro EPAS standartlariga ko‘ra, «Etik va professional xulq-atvorni namoyon etish» ijtimoiy xodimning birinchi va eng muhim kompetensiyasi hisoblanadi. Ushbu kompetensiya ijtimoiy xodimning nafaqat bilimli mutaxassis, balki yuqori axloqiy me’yorlarga amal qiluvchi professional sifatida faoliyat yuritishini ta’minlaydi.

Ijtimoiy xodim o‘z faoliyatida kasbning qadriyatlari, etik tamoyillari, amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga amal qilishi zarur. Har bir qaror mijoz manfaatini himoya qilish, inson huquqlarini ta’minlash va ijtimoiy adolatni qaror toptirishga xizmat qilishi kerak.

Professional xulq-atvor quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
➡️kasb etikasi va professional standartlarga rioya qilish;
➡️mijozning huquqlari, qadr-qimmati va shaxsiy daxlsizligini hurmat qilish;
➡️maxfiylik tamoyiliga qat’iy amal qilish;
➡️o‘z vakolati doirasida ishlash va zarur hollarda boshqa mutaxassislarni jalb etish;
➡️qaror qabul qilishda tanqidiy fikrlash va etik tahlildan foydalanish;
➡️shaxsiy qarashlar bilan kasbiy majburiyatlarni ajrata bilish;
➡️o‘z bilim va ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirib borish;
➡️professional va shaxsiy farovonlikni saqlash (self-care) orqali xizmat sifatini ta’minlash.

📎Etik va professional xulq-atvor – ijtimoiy ishning poydevori hisoblanadi. Ushbu kompetensiyaga ega bo‘lgan ijtimoiy xodim inson huquqlari, ijtimoiy adolat va kasbiy mas’uliyat tamoyillariga tayangan holda, har bir mijozga sifatli, xavfsiz va professional xizmat ko‘rsatadi.

ijtimoiyish kasbiykonikma ijtimoiyxodimkompetensiyasi

Maqsadim: katta bo’lganimda oshpaz bo’lib milliarder bo’laman! 👩‍🍳💰«Kambag‘allik siklini to‘xtatamiz» (SCP) volontyorlik...
08/07/2026

Maqsadim: katta bo’lganimda oshpaz bo’lib milliarder bo’laman! 👩‍🍳💰

«Kambag‘allik siklini to‘xtatamiz» (SCP) volontyorlik guruhi volontyorlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrining tumanlarida bepul o‘quv mashg‘ulotlarini muntazam tashkil etib kelmoqda.

50 nafarga yaqin volontyorlar 9 ta tumanda har seshanba va payshanba kunlari 100 nafarga yaqin kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun moliyaviy savodxonlik, matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha «tengdoshdan tengdoshga» tamoyili asosida interaktiv darslar o‘tkazmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida mavzular turli o‘yinlar, jamoaviy topshiriqlar va qiziqarli mashqlar orqali tushuntirilmoqda. Bu esa bolalarning bilimni oson va qiziqish bilan o‘zlashtirishiga xizmat qilmoqda.

Darslar faqat fanlarni o‘rganish bilangina cheklanmaydi. Volontyorlar bolalar bilan maqsad qo‘yish, orzular sari intilish, pulni to‘g‘ri boshqarish, jamg‘arish va uni foydali maqsadlar uchun sarflash mavzularida ham ochiq muloqotlar olib borishmoqda.

Mashg‘ulotlardan biridagi samimiy suhbat esa barchaga iliq taassurot qoldirdi:
— Puling bo‘lsa nima sotib olasan?
👧 «Telefon.»
👦 «Planshet.»
🧒 «Oyim uchun saroy!»

Yana bir topshiriqda bolalar o‘z kelajak maqsadlarini yozishdi:
«5 ta tilni o‘rganaman.»
«Ko‘p pul topaman.»
«Katta bo‘lganimda oshpaz bo‘lib milliarder bo‘laman!»

🩵 Yozning jaziramasiga qaramay bolalarning ushbu mashg’ulotlarga qatnayotganlari – ularning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun qo‘yilgan ilk qadamdir.

volontyorliktashabbusi

   🗣”Yoshlar tadqiqotlari jamiyat farovonligi yo‘lida” tanlovida ishtirok eting!Hurmatli yoshlar!Sizni ijtimoiy farovonl...
06/07/2026



🗣”Yoshlar tadqiqotlari jamiyat farovonligi yo‘lida” tanlovida ishtirok eting!

Hurmatli yoshlar!

Sizni ijtimoiy farovonlik, inklyuziya, moliyaviy savodxonlik va xavfsiz muhit kabi mavzularga befarq emasmisiz? Unda bu tanlov aynan Siz uchun!

Bu tanlovda Siz uchun:
🟢 tadqiqot ko‘nikmalaringizni rivojlantirish;
🟢 dolzarb ijtimoiy muammolarni ilmiy asosda o‘rganish;
🟢 amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
🟢 o‘z g‘oyalaringizni ekspertlarga taqdim etish;
🟢 tengdoshlaringiz orasida yosh tadqiqotchi sifatida o‘zingizni namoyon etish imkoniyatidir.

Tanlovda 16–18 yoshdagi yoshlar yakka tartibda ishtirok etishlari mumkin.

Tadqiqotlar 2026-yil 10-avgustgacha [email protected] manzil orqali qabul qilinadi.

Tanlov nizomi bilan quyidagi havola orqali tanishing va ishtirok etish uchun hujjatlaringizni yuboring:

👉🏻 O’zbek tilida
👉🏻 Rus tilida
👉🏻 Ingliz tilida

 🗣Ijtimoiy xodimning 9 ta asosiy kompetensiyasi Bugungi k***a ijtimoiy ish sohasi nafaqat insonlarga yordam ko‘rsatish, ...
06/07/2026



🗣Ijtimoiy xodimning 9 ta asosiy kompetensiyasi

Bugungi k***a ijtimoiy ish sohasi nafaqat insonlarga yordam ko‘rsatish, balki ilmiy yondashuv, professional standartlar va etik tamoyillarga asoslangan kasbiy faoliyatni talab etadi.

🌍 Xalqaro EPAS (Educational Policy and Accreditation Standards) standartlariga ko‘ra, kompetensiyaga asoslangan ta’lim modeli ijtimoiy xodimlarni nazariy bilim bilan cheklanib qolmasdan, uni amaliyotda samarali qo‘llay oladigan mutaxassis sifatida tayyorlashni maqsad qiladi.

Ushbu modelga ko‘ra, zamonaviy ijtimoiy xodim quyidagi 9 ta asosiy kompetensiyaga ega bo‘lishi zarur:

1. Etik va professional xulq-atvorni namoyon etish;
2. Inson huquqlari hamda ijtimoiy, irqiy, iqtisodiy va ekologik adolatni ilgari surish;
3. Antidiskriminatsiya, xilma-xillik, tenglik va inklyuziya tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish;
4. Tadqiqotga asoslangan amaliyotni va amaliyotga asoslangan tadqiqotlarni rivojlantirish;
5. Ijtimoiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
6. Shaxslar, oilalar, guruhlar, tashkilotlar va hamjamiyatlar bilan samarali hamkorlik o‘rnatish;
7. Shaxslar, oilalar, guruhlar, tashkilotlar va hamjamiyatlarning ehtiyojlarini baholash;
8. Samarali ijtimoiy intervensiyalarni amalga oshirish;
9. Amaliyot natijalarini baholash.

📝Ushbu kompetensiyalar zamonaviy ijtimoiy xodimning kasbiy faoliyati uchun muhim mezon bo‘lib, aholiga sifatli, samarali va inson manfaatlariga yo‘naltirilgan ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishga xizmat qiladi. Aynan shu kompetensiyalar orqali ijtimoiy ish sohasi ilmiy asoslangan, etik va professional yo‘nalishda rivojlanadi.

bilimvatajriba amaliyotvanazariya

Ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish yoʻlidagi hamkorlik kuchaymoqdaBugun Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi...
28/04/2026

Ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish yoʻlidagi hamkorlik kuchaymoqda

Bugun Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi professori, PhD, MSSW Richard Hara hamda Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabidagi maxsus bo‘lim direktori Lyudmila Kim hamda Hamjamiyatlarni mustahkamkash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi vakillari bilan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

👩‍👩‍👧‍👦 Unda ijtimoiy himoya soha xodimlarining, jumladan, ijtimoiy xodimlar va supervayzerlarning bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish va yanada mustahkamlash bo’yicha suhbat olib borildi.

🖋 Uchrashuv davomida xalqaro ekspertlar “insonlarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda supervayzerlarning roli haqida alohida to‘xtalib, muammoni negizini ko‘ra olgan supervayzer uning yechimiga eng yaqinlashgan mutaxassis” hisoblanishini ta’kidladilar.

🤝 Shuningdek, tomonlar Qarshi shahrida Qashqadaryo va Surxondaryo supervayzerlari uchun 2 kun davomida o‘tkaziladigan trening va kelgusida bu borada olib boriladigan chora-tadbirlar haqida ma’lumot almashdilar.

 🗣Birlamchi baholash: Ijtimoiy xodimning 3 ta asosiy vazifasi🎤 Mijoz bilan ilk uchrashuv – bu shunchaki ma’lumot yig‘ish...
28/04/2026



🗣Birlamchi baholash: Ijtimoiy xodimning 3 ta asosiy vazifasi

🎤 Mijoz bilan ilk uchrashuv – bu shunchaki ma’lumot yig‘ish jarayoni emas. Bu – vaziyatni chuqur anglash, ishonchli aloqa o‘rnatish va samarali yordam ko‘rsatish uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilashdir.

📑 Quyida ijtimoiy xodimning birlamchi baholashdagi 3 ta asosiy vazifasi keltirilgan:

➡️1. Aloqani o‘rnatish – mijoz bilan samimiy va ishonchli munosabatni shakllantirish – muvaffaqiyatli hamkorlikning asosi. Ijtimoiy xodim ochiq muloqot, hurmat va empatiya orqali mijozning ishonchini qozonadi. Bu esa mijozning o‘z muammolari haqida erkin va ochiq gapirishiga imkon yaratadi.

➡️2. Vaziyatni qanchalik shoshilinch ekanligini va xatarlarni aniqlash – mijozning ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy holatini birlamchi va tezkor tahlil qilish muhimdir. Ushbu bosqichda muammo sabablari, xavf omillari va mavjud resurslar aniqlanadi.

➡️3. Himoya omillarini belgilash – bu jarayonda mijozning ehtiyojlari, imkoniyatlari va ustuvorliklari inobatga olinadi. Maqsad – aniq, real va natijaga yo‘naltirilgan yordam strategiyasini belgilash.

📎Birlamchi baholash – bu ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning poydevori bo’lib, uning sifatli amalga oshirilishi keyingi ish jarayonining samaradorligini belgilaydi.

Ijtimoiy ish sohasini rivojlantirish yo‘lida xalqaro hamkorlik🇺🇸  Amerika elchixonasining “Fulbright specialist” loyihas...
28/04/2026

Ijtimoiy ish sohasini rivojlantirish yo‘lida xalqaro hamkorlik

🇺🇸 Amerika elchixonasining “Fulbright specialist” loyihasi doirasida O’zbekistonda Ijtimoiy ish va ijtimoiy ishda akademik ta’limni rivojlantirish maqsadida Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi professori, PhD, MSSW Richard Hara Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikdagi 1 oylik xizmat safarini boshladi.

📝Mazkur tashrifdan asosiy maqsad — mamlakatimizda ijtimoiy ish sohasidagi akademik ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, malaka talablari hamda o‘quv dasturlarini ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishdan iborat. Shu bilan birga, amaliyotda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar salohiyatini mustahkamlash ham ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.

📍 Tashrif doirasida professor tomonidan respublikaning qator hududlari, jumladan Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan supervayzerlar va oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari uchun “Ijtimoiy ish ta’limi, superviziya va kasbiy rivojlanish” mavzusida o‘quv-treninglar tashkil etiladi.

🤩 Shu munosabat bilan R.Hara Markaz mutaxassislari bilan uchrashib, amalga oshirilishi rejalashtirilgan faoliyat yo‘nalishlari, ustuvor vazifalar hamda kutilayotgan natijalar yuzasidan batafsil muhokamalar olib bordi.

Professional (terapevtik) tutingan oilalar tizimini rivojlantirish bo‘yicha ToT trening  o’tkazildiHamjamiyatlarni musta...
28/04/2026

Professional (terapevtik) tutingan oilalar tizimini rivojlantirish bo‘yicha ToT trening o’tkazildi

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan UNICEF bilan hamkorlikda “Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan va ijtimoiy xavf ostida bo‘lgan bolalar uchun professional (terapevtik) tutingan oilalarni rivojlantirish” mavzusida ToT dasturi o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv dasturi 2026-yil 15–17-aprel kunlari davom etib, Ijtimoiy himoya milliy agentligining bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho’basi mutaxassislari va Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazining tutingan oilalarni tayyorlash bo’yicha trenerlaridan iborat 28 nafar tinglovchining ToT trenerlar sifatida nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini tizimli ravishda rivojlantirishga qaratilgan.

Trening doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar qamrab olinmoqda:
bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish;
bolaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar;
travmatik tajribalar va ularning oqibatlari;
zo‘ravonlik va boshqa salbiy omillarga duch kelgan bolalarga oilaviy muhitda qo’llab-quvvatlash usullari.

Mazkur treningning strategik maqsadi – xavf guruhiga kiruvchi bolalar uchun professional (terapevtik) tutingan oilalar (PTO) modelini xalqaro standartlarga asoslangan holda o‘tkazishdan iborat.

Address

Амир Темур 17
Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Center for advancing community strengths and social wellbeing posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share