Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti qoshidagi Olmazor akademik litseyi 1999-yil avgust oyida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining akademik litseylar va kasb- hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to’g’risidagi 77-sonli qaroriga asosan 309-sharq tillari litseyi asosida tashkil etilgan. 2011 yil Fevral oyiga qadar akademik litsey Sobir Rahimov nomi bilan atalgan. Akademik litseyda arab, fors, hind, urdu, xitoy, turk, yapon va ingliz tillari chuqur o’rgatiladi. Talabalar ikki yo’nalishda – xorijiy filologiya va aniq fanlar (iqtisod) yo’nalishlari bo’yicha tahsil oladilar. Akademik litseyni bitirgan talabalarga “Tarjimon”, “Sayohat byurosi xodimi”, “EHM operatori”, “Ish yurituvchi” va “Maktabgacha ta’lim muassasalarida xorijiy til o’rgatuvchi” kabi mutaxassislik diplomi beriladi. Akademik litsey faoliyati O’zbekiston Respublikasi Ta’lim to’g’risidagi Qonuni va kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida tashkil etilgan. Hozirda akademik litseyda 70 nafar malakali va chuqur tajribaga ega bo’lgan ustozlar dars berib kelmoqda. Darslar o’zining yuqori sifatliligi hamda zamonaviy texnologiyalardan muntazam foydalanganligi bilan boshqa ta’lim muassasalaridan farq qiladi. Akademik litsey ustozlari o’zbek, rus hamda boshqa jahon tillarida mukammal so’zlasha oladilar. Akademik Litseyning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasida eng katta kafedra bo’lib, unda uchta “Tarix”, “Ona tili va adabiyoti” va “Rus tili va adabiyoti” yo’nalishlari mavjud. Kafedra darslarida Davlat ta’lim standartlarida belgilangan barcha iijtimoiy fanlar chuqur o’rgatiladi. Xususan “O’zbekiston tarixi”, “Jahon tarixi”, “Huquqshunoslik”, “Ona tili va adabiyoti”, “Rus tili va adabiyoti”, “Estetika”, “Amaliy geografiya”, “Oila psixologiyasi” va O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov asarlariga asoslangan maxsus tayyorlov fanlari zamonaviy pedtexnologiyalar asosida chuqur o’rgatiladi. Ayniqsa akademik litseyning ma’naviy-ma’rifiy hayotida ushbu kafedraning tinimsiz ijodkorona mehnatlari o’zgacha o’ringa egadir. Olmazor Akademik litseyi sharq tillarga ixtisoslanganligi uchun, barcha guruhlarda sharq tillari chuqur o’rgatiladi. Talabalar orasida Xitoy, Arab va Yapon tillariga talab kuchli bo’lganligi sababli, har yili yuqoridagi tillarni o’rgatadigan guruhlar ochiladi. Bundan tashqari turk va fors tillari ham bevosita kuchli mutaxassislar tomonidan amaliy hamda nazariy usullarda o’rgatiladi. Hind va urdu tillari yo’nalishi akademik litseyning o’ziga xos sohasi bo’lib, bu yo’nalishda Toshkent shahridagi eng tajribali va malakali ustozlar dars berib kelmoqdalar. Sharq tillari kafedrasi bevosita Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti sharq tillari kafedralari bilan o’zaro hamkorlikda
Sharq tillaridan tashqari, Akademik litseyning Ingliz tili kafedrasi o’ziga xosdir. Unda jahon tili hisoblangan ingliz tili yanada chuqur o’rgatiladi. Bundan tashqari bitiruvchi kurslar uchun IELTS va TOEFL dasturlari bo’yicha tayyorgarlik kafedra ustozlari tomonidan munatazam olib boriladi.