29/12/2025
🔹Bugun, 29-dekabr kuni Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12 raqamli Ilmiy kengashda Mavlyanov Abdulaziz Shavkatovichning “Kirishmali kremniy gibrid strukturalarda elektron jarayonlar” mavzusidagi 01.04.10 - Yarimoʻtkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari) ixtisosligi boʻyicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
🎥 Dissertatsiya himoyasi institutning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida jonli translyatsiya qilindi.