Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi

Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi

 💡 “Amaliy Keys Klinikasi” — bu shunchaki seminar emas, balki real ish jarayonida uchraydigan holatlarni muhokama qilish...
19/08/2026



💡 “Amaliy Keys Klinikasi” — bu shunchaki seminar emas, balki real ish jarayonida uchraydigan holatlarni muhokama qilish, tajriba almashish va samarali yechimlarni birgalikda izlash imkoniyatidir.

24-avgust, soat 12:00 da mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun “Nega avval buni menga hech kim aytmagan?” mavzusida onlayn vebinar bo‘lib o‘tadi.

Vebinar davomida siz:

✔️ Amaliy Keys Klinikasining mazmun-mohiyati bilan tanishasiz;
✔️ tajribali mutaxassislar bilan fikr almashasiz;
✔️ o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olasiz;
✔️ self-help — shaxsiy rivojlanish va o‘zini qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida suhbatlashasiz.

Vebinarda ishtirok etish va “Amaliy Keys Klinikasi” imkoniyatlari bilan tanishish uchun: istc.uz/clinic

Yangi supervayzerlar uchun navbatdagi trening boshlandi10-avgust kuni Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini os...
10/08/2026

Yangi supervayzerlar uchun navbatdagi trening boshlandi

10-avgust kuni Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari supervayzerlari uchun navbatdagi o‘quv treningi boshladi.

O‘quv dasturi 5 kundan iborat bo‘lib, trening davomida supervayzerlar uchun zarur bo‘lgan amaliy kompetensiyalar bosqichma-bosqich rivojlantiriladi.

✅ Treningning birinchi kunida ishtirokchilar supervayzerning
• ijtimoiy himoya tizimidagi o‘rni va ahamiyati,
• uning asosiy funksiyalari, vazifalari
• majburiyatlari haqida fikr almashdilar.

Shuningdek, superviziya metodologiyasiga alohida e’tibor qaratilib, uning maqsadi, usullari va asosiy tamoyillari ko‘rib chiqildi. Nazariy bilimlar guruhli amaliy mashg‘ulotlar va interfaol usullar orqali mustahkamlandi.

Birinchi kun yakunida ishtirokchilar o‘z taassurotlari va fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, keyingi o‘quv kunlariga tayyorgarlik ko‘rdilar.

Zamonaviy ijtimoiy xizmatlar tajribasi bilan yaqindan tanishuvIjtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish m...
07/08/2026

Zamonaviy ijtimoiy xizmatlar tajribasi bilan yaqindan tanishuv

Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan 10 kunlik trening doirasida «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari amaliy bilim va tajriba orttirmoqda. Treningning amaliy qismi doirasida ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi qator ijtimoiy muassasalarga tashrif buyurib, zamonaviy ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdi.

“G‘amxo‘rlik markazi”. Direktorlar doimiy parvarish va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ko‘rsatilayotgan zamonaviy tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bilan tanishdilar. Tashrif davomida markazda joriy etilayotgan yangi yondashuvlar, jumladan sport va ijodiy mashg‘ulotlar, ergoterapiya va mehnat terapiyasi, ijtimoiy-ma’naviy reabilitatsiya xizmatlarini tashkil etish tajribasi o‘rganildi.

Nurafshon shahridagi Ijtimoiy himoya majmuasi. Tashrif davomida majmuaning ish faoliyati, idoralararo hamkorlik mexanizmlari hamda fuqarolarga kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi o‘rganildi. Direktorlar bunday modelning hududlarda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirishdagi ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.

«Yangi kun» yangi xizmat. Ishtirokchilar kunduzgi qarab turish xizmatining tashkil etilishi, oilalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan rivojlantiruvchi muhit bilan tanishdilar. Ushbu xizmatning oilaga yo‘naltirilgan yondashuvi direktorlar uchun muhim amaliy tajriba bo‘ldi.

Kichik hajmli bolalar uyi. Tashrif davomida direktorlar oilaviy muhitga yaqin sharoitda bolalarni parvarishlash modeli, har bir bolaga individual yondashuvni yo‘lga qo‘yish hamda muassasa faoliyatini tashkil etish tajribasini o‘rgandilar.

«International Inclusive Hub». Direktorlar imkoniyati cheklangan yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash, ularning mustaqil hayotga moslashuvi va jamiyatga integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha inklyuziv ta’limning amaliy yondashuvlari bilan tanishdilar.

2026-yil 3-avgust kuni Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi hamda Germaniya xalqaro hamkorli...
05/08/2026

2026-yil 3-avgust kuni Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning Digital Convergence Initiative (DCI) vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida raqamli ta’lim va innovatsion yechimlarni rivojlantirish yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, Markazning E-learning platformasini yanada takomillashtirish, ta’lim jarayonlariga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish, xodimlar portfoliolarini yaratish Observatoriyasi hamda analitik Dashboard tizimini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, amalga oshirish bosqichlari va kelgusidagi rejalarni muhokama qilib, ijtimoiy himoya tizimida raqamli transformatsiyani jadallashtirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Mazkur uchrashuv xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda ijtimoiy himoya tizimida zamonaviy va samarali raqamli yechimlarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

04/08/2026

🎬 Yangi tayinlangan supervayzerlar uchun tashkil etilgan o‘quv dasturining ilk kunidan lavhalar.

Oldinda yangi bilimlar, amaliy mashg‘ulotlar va kasbiy rivojlanish sari muhim qadamlar.

Yangi supervayzerlar uchun kasbiy rivojlanish yo‘li boshlandi!2026-yil 3–7-avgust kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimla...
04/08/2026

Yangi supervayzerlar uchun kasbiy rivojlanish yo‘li boshlandi!

2026-yil 3–7-avgust kunlari Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining yangi tayinlangan supervayzerlari uchun to‘rt bosqichli o‘quv dasturining birinchi bosqichi boshlandi.

Mazkur treningning asosiy maqsadi — hududlarda mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlaydigan, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan, jamoalarni samarali boshqaradigan va sifatli superviziya jarayonlarini tashkil eta oladigan, yuksak kasbiy salohiyatga ega supervayzerlar jamoasini shakllantirishdir.

5 kun davomida tinglovchilar quyidagi yo‘nalishlarda bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar:

• supervayzerning ijtimoiy himoya tizimidagi o‘rni va vazifalari;
• superviziya metodologiyasi;
• samarali muloqot va murakkab vaziyatlarda kommunikatsiya;
• keys-menejment amaliyoti;
• murakkab holatlar bilan ishlash;
• mentorlik va shadowing usuli;
• trening o‘tkazish metodikasi hamda notiqlik mahorati.

Supervayzer — bu nafaqat ish jarayonini muvofiqlashtiruvchi mutaxassis, balki jamoani ilhomlantiruvchi, bilim va tajribani ulashuvchi hamda kasbiy rivojlanishga yo‘l ko‘rsatuvchi mentor hamdir.

«Ijtimoiy himoya va boshqaruv» malaka oshirish kursi boshlandiBugun Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshi...
27/07/2026

«Ijtimoiy himoya va boshqaruv» malaka oshirish kursi boshlandi

Bugun Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida yangi tayinlangan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari uchun «Ijtimoiy himoya va boshqaruv» yo‘nalishi bo‘yicha 10 kunlik malaka oshirish kursi o‘z ishini boshladi. Kurs yangi rahbarlarning boshqaruv salohiyatini mustahkamlash hamda zamonaviy ijtimoiy himoya yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

Malaka oshirish kursida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Andijon, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridan kelgan yangi tayinlangan direktorlar ishtirok etmoqda.

Kurs davomida ishtirokchilar:
• ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan yangi islohotlar va ustuvor yo‘nalishlar;
• «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatini samarali boshqarish va tarkibiy bo‘linmalar ishini muvofiqlashtirish;
• ehtiyojlarni aniqlash, baholash hamda sifatli ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;
• rahbarlik kompetensiyalari, jamoani boshqarish, samarali muloqot va nizolarni hal etish;
• keys-menejment, o‘zgarishlarni boshqarish hamda zamonaviy boshqaruv yondashuvlari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar.

Nima uchun bu muhim?

✅ «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari aholiga eng yaqin bo‘lgan ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Aynan ushbu markazlar orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning ehtiyojlari aniqlanadi, baholanadi va ularga zarur xizmat hamda yordamlar ko‘rsatiladi. Shu bois markaz rahbarlarining kasbiy bilim va boshqaruv kompetensiyalarini muntazam rivojlantirish xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Farzand baxti yo‘lida uzluksiz ta’limHar bir bolaning baxtli kelajagi mehribon va mas’uliyatli oiladan boshlanadi. Shu m...
23/07/2026

Farzand baxti yo‘lida uzluksiz ta’lim

Har bir bolaning baxtli kelajagi mehribon va mas’uliyatli oiladan boshlanadi. Shu maqsadda Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan "Farzandlikka oluvchilar va tutingan ota-onalarni tayyorlash" o‘quv kurslari Respublika bo‘ylab uzluksiz ravishda gibrid formatda tashkil etib kelinmoqda.

Mashg‘ulotlar zamonaviy onlayn ta’lim imkoniyatlari hamda hududlarda tashkil etilayotgan oflayn amaliy darslar uyg‘unligida o‘tkazilib, nomzodlarga yashash joyidan qat’i nazar sifatli bilim olish imkonini yaratmoqda.

Kurs davomida tinglovchilar:
- bolaning huquqlari va rivojlanish ehtiyojlari;
- ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning psixologik xususiyatlari;
- travma va yo‘qotishlarni boshdan kechirgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash;
- tutingan oilaga moslashuv jarayonlari;
- ijobiy tarbiya usullari va sog‘lom oilaviy munosabatlarni shakllantirish;
- bolaga xavfsiz, mehrli va barqaror oilaviy muhit yaratish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.

Bugungi kunga qadar mazkur kurslarni 6 400 nafardan ortiq nomzod muvaffaqiyatli tamomlab, tegishli sertifikatga ega bo‘ldi.

Bugun ushbu o‘quv kurslari Toshkent shahrida ham, respublikaning barcha hududlarida ham muntazam davom etmoqda. Har bir yangi guruh – bu bolalar uchun yanada ko‘proq mehr, ishonch va xavfsiz oilaviy muhit sari tashlangan yana bir muhim qadamdir.

Har bir bola mehrga, e’tiborga va baxtli oilaga loyiq!💚

Markazda navbatdagi “Oilaga kirish” treningi17-iyul kuni Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markaz...
20/07/2026

Markazda navbatdagi “Oilaga kirish” treningi

17-iyul kuni Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida Mirzo Ulug’bek tumani ijtimoiy xodimlari uchun “Oilaga kirish” mavzusida amaliy trening tashkil etildi.

Trening davomida ishtirokchilar kasbiy etika, oilaga tashrif qoidalari va samarali muloqot asoslarini o’rgandilar, shuningdek “oilaga kirishning 9 qadami”, tayyorgarlikdan tortib kelishuvgacha bo’lgan bosqichlarni real keyslar va namunaviy suhbatlar orqali amalda mashq qildilar.

Treningni Markaz mutaxassisi mentorligida supervayzerlar olib bordi — bu format ishtirokchilarga nazariy bilim bilan bir qatorda amaliyotchilarning bevosita tajribasidan foydalanish imkonini berdi.

ISTC va Kent universiteti o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindiMalaka oshirish markazi hamda Buyuk Britaniyani...
15/07/2026

ISTC va Kent universiteti o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Malaka oshirish markazi hamda Buyuk Britaniyaning Kent universiteti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar simulyatsion markaz faoliyatini rivojlantirish va ushbu yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Xususan, quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- simulyatsion markaz faoliyatini metodologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
- onlayn simulyatsiya metodlarini joriy etish;
- markaz faoliyati uchun yangi simulyatsion ssenariylarni birgalikda ishlab chiqish.

Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi. Tomonlar hamkorlikni izchil davom ettirish hamda kelgusidagi amaliy qadamlarni birgalikda belgilashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Address

Чиланзарский р-н, Нурхон 21
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share