10/04/2024
🌙Ramazon hayiti muborak bo’lsin!
———————————————————————
🌙Cо священным праздником Рамазан хайит!
Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from International and Comparative Law faculty of TSUL, Education, Amir Temur, 1, .
10/04/2024
🌙Ramazon hayiti muborak bo’lsin!
———————————————————————
🌙Cо священным праздником Рамазан хайит!
08/03/2024
✨8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni.✨
Mehribon onalarimiz, sevimli ayollarimiz, latofatli qizlarimiz, munis opa-singillarimiz bayrami!
Ayol borki, mehr, muhabbat, go‘zallik, nafosat bor.
Ayollar jami olamning yarmi va yarim dunyoni to‘ldiruvchi muqaddas siymodir.
Aziz onajonlar, lobar qizlar, nazokatli opa-singillar, barchangizga ayyom muborak bo‘lsin!
Go‘zal yuzingiz tabassumdan porlasin, xonadoningizda hamisha tinchlik va baxtiyorlik hukm sursin, doimo sog‘-salomat bo‘ling!
Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti jamoasi Sizni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaydi
💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐
05/03/2024
Nufuzli xorijiy universitetlar magistrantlari ishtirokida videochat o‘tkaziladi
TDYU Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tashabbusi bilan hozirda dunyoning yuqori reyting ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan universitetlarda magistratura bosqichida tahsil olayotgan TDYU bitiruvchilari ishtirokida mahorat darsi o‘tkaziladi:
Amirjon Mardonov – Urbana-Champaigndagi Illinoys universiteti magistranti (University of Illinois at Urbana-Champaign, QS University Rankings – 64);
Azizbek Shamuradov – Pensilvaniya davlat universiteti magistranti (Pennsylvania State University, QS University Rankings – 83);
Munisa Rayimova – Sidney universiteti magistranti (The University of Sydney, QS University Rankings – 19).
Mahorat darsi 6-mart 09:00 da Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetining rasmiy telegram kanalida https://t.me/xalqarohuquqfakulteti videochat formatida bo‘lib o‘tadi.
01/03/2024
✅ Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabalari diqqatiga!
🔈1-mart Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilovaning tavallud kuni munosabati bilan Zulfiyaxonim ijodidan «Audio she’rlar tanlovi» elon qilinadi. Bunda siz shoira ijodidagi she’rlarni ifodali o`qiysiz va uning audio yozuvini ushbu link (https://docs.google.com/forms/d/1VdpbWl2F_XTpGQ8ObKFqVyTM3zO6p_af57Vlta5Ry9s/viewform?edit_requested=true) orqali yuklaysiz.
🗓Audio yozuvlarni qabul qilish 2024-yil 3-mart 18:00 ga qadar davom etadi.
🥇G`oliblar diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanadi. Iste’dodingizni namoyon eting!
22/02/2024
Here we go again!
Welcome to the official account of the Faculty of International and Comparative Law on Facebook and Instagram.
For reasons beyond our control, our old account was deleted, and therefore we have opened a new account, where you can also continue to follow the news of our faculty.
——————————————
Biz yana shu yerdamiz!
Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetining Facebook va Instagramdagi rasmiy akkauntiga xush kelibsiz.
Bizga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra eski akkauntimiz o’chirildi, shuning uchun biz yangi akkaunt ochdik va bu yerda fakultetimiz yangiliklarini kuzatishda davom etishingiz mumkin.