12/05/2025
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti bosh imiy xodimi Shaymatov Sanjar Ruzimurotovichning Xitoy milliy fondi tomonidan e’lon qilingan xorijlik yosh olimlar uchun ajratiladigan ilmiy loyiha tanlovida “Qora o’ra o’xshashlarining kuzatuv xossalarini va ularning energetikasi uchun muqobil modellarni tekshirish” mavzusi bo’yicha olingan ilmiy loyihasi to’g’risida ma’lumot
Abstract: The geometry of astrophysical compact objects may exhibit departures from the rotating black hole (BH) and thus finding such possibilities is really important task to investigate through the observational properties of BH mimickers. However, the current precision of measurements, despite a great success that allowed one to rule out many hypothetical objects, still leaves an open window for a variety of BH alternatives. This makes it challenging to find the proper techniques and observational methods for distinguishing these alternatives from BH. Therefore, it is important first to identify the unique signatures of BH alternatives from both theoretical and observational perspectives. The other most exciting aspect is the BH energetics. Astrophysical BHs come into play a key role in these extremely powerful astrophysical phenomena such as ultra-high energy cosmic ray. For that, a new thought explanation or alternative models for the source of energy for powering high energy astrophysical objects need to be proposed independently by considering rotating BH mimickers which can have different magnetic field (MF)topologies. We develop a model to understand this phenomenon more closely using a new approach. Observational quantities of BH mimickers are analyzed through analytical and numerical methods so as to open new opportunities for distinguishing the BH from its alternatives. In the end, our model will be compared with the latest findings of modern observational data of microquasars, S2 star near the Sgr A* and imaging supermassive BHs by the Event Horizon Telescope (EHT).
Annotatsiya: Tabiatda astrofizik kompakt ob'ektlarning geometriyasi aylanuvchi qora o’ralardan farqlanishi mumkin va shu sababli bunday farqlay olish mumkin bo’lgan imkoniyatlarni qora o’ra mimikerlarining kuzatuv xususiyatlarini o'rganish orqali topish va ular ustida tadqiqotlar olib borish hozirgi k***a astrofiziakning muhim vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda. Biroq, har qanday faraziy ob'ektlarni rad etishga imkon beradigan kuzatuvda erishilgan muvaffaqiyatga qaramay, parameterlarni o'lchashdagi yuqori aniqliklar ham har xil qo’ra o’ra muqobillarini biridan farqlash va aniqlash imkonini bermayapti. Bu kabi muqobillarni astrofizik qora o’radan farqlash uchun tegishli nazariy va kuzatuv usullarini topish va ishlab chiqish kerakligini ko’rsatadi. Shuning uchun, birinchi navbatda, nazariy va kuzatuv nuqtai nazaridan qora o’ra muqobillarining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash juda muhim vazifadir. Shuni ham ta’kidlash joizki, astrofizik qora o’ralarning energetik jarayoni ham ularning o’ziga xos muhum xossalaridan sanalib astrofizik hodisalarni, jumladan o’ta yuqori energiyali kosmik nurlarning tabiatini ochib berishda muhum rol o’ynaydi. Buning uchun turli xil magnit maydon strukturasiga ega bo'lgan aylanuvchi qora o’ra o’xshashlarini hisobga olgan holda, yuqori energiyali astrofizik ob'ektlarnining energiya manbaini tushuntira oladigan yangi nazariya yoki muqobil modellarni mustaqil ravishda taklif qilish taqoza etiladi. Buning uchun, biz yangi yondashuvdan foydalanib, ushbu atrofizik hodisani yanada yaqinroq tushunish imkonini beruvchi model ishlab chiqish imkoniyatini ishlab chiqamiz. Natijada, qora o’ra o’xshashlarining kuzatuv parameterlarini analitik va raqamli usullar yordamida tahlil qilish orqali qo’ra o’ra muqobillaridan farqlash imkoniyatlari yaratiladi. Oxir-oqibat, biz taklif qilgan model va olingan natijalar mikrokvazarlarning, Sgr A* yaqinidagi S2 yulduzining va Event Horizon teleskopi (EHT) tomonidan tasvirlangan o’ta og’ir qora o’ralarning so’nggi kuzatuv ma'lumotlari bilan taqqoslanadi.
Xitoyning etakchi ilmiy markazlaridan biri sifatida e'tirof etilgan Zejiang texnologiyalari universiteti bilan ilmiy hamkorlikda faoliyat olib borish va ushbu universitet bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik natijasida 2025 yil uchun Xitoy milliy fondi tomonidan e’lon qilingan xorijlik yosh olim uchun ajratiladigan ilmiy loyiha tanlovida “Qora o’ra o’xshashlarining kuzatuv xossalarini va ularning energetikasi uchun muqobil modellarni tekshirish” mavzusidagi ilmiy loyiha xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori saviyada yozilgan ilmiy loyiha sifatida baholanib moliyalashtirishga muvaffaqiyatli ruxsat berildi. Bu loyiha doirasida Xitoyning Zejiang texnologiyalari universiteti bilan yuqori darajadagi ilmiy hamkorlik olib boriladi va loyiha doirasida olingan ilmiy natijalar nufuzli ilmiy jurnallarda, jumladan Web of Science va Scopus ma'lumotlar bazasiga kiruvchi yuqori impakt faktorli (asosan Q1 va Q2) jurnallarda chop etish asosiy maqsad qilib qo’yildi. Shuni ham ta’kidlash joizki, pirovard maqsadimiz astrofizika va kosmologiya bo’yicha dolzarb muammolarga birgalikda yechimlar topish va yosh kadrlarni tayyorlash hamda institutimiz reytingini yanada ko’tarishga qaratilgan.
f.-m.f.d., bosh ilmiy xodim, Sanjar Shaymatov