IFAR NRU

IFAR NRU

Share

Institute of Fundamental and Applied Research under National Research University "TIIAME"

Photos from IFAR NRU's post 12/05/2026

[uz] Sirdaryoda amaliy seminar: Innovatsion texnologiyalar orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish

Yaqinda Sirdaryo viloyatida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti hamkorligida qishloq xo‘jaligi sohasiga ilm-fanni integratsiya qilishga bag‘ishlangan maxsus seminar va ko‘rgazma tashkil etildi.

Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti jamoasi zamonaviy dehqonchilikni tubdan o‘zgartirishga qaratilgan quyidagi innovatsion yechimlarni taqdim etdi:
- Plazma texnologiyasi: urug‘larni ekishdan oldin ishlov berishning ekologik toza usuli bo‘lib, unuvchanlikni va ekinlarning chidamliligini oshiradi.
- Biogumus va bioo‘g‘itlar: tuproq unumdorligini tiklash hamda o‘simliklarning oziqlanishini optimallashtirishga xizmat qiluvchi yuqori samarali biologik mahsulotlar.
- Tuproq namligini nazorat qiluvchi sensorlar: tuproqdagi namlik darajasini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi ilg‘or sensor tizimlari bo‘lib, suv resurslaridan aniq va barqaror foydalanishni ta’minlaydi.

Mazkur innovatsiyalarning amaliy namoyishi mahalliy klasterlar va fermerlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ilmiy tadqiqot va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash orqali biz yanada barqaror va yuqori hosildor qishloq xo‘jaligi kelajagini yaratishda davom etmoqdamiz.

[en] Practical Seminar in Syrdarya: Advancing Agriculture through Innovative Technologies

A specialized seminar and exhibition dedicated to the integration of science into the agricultural sector was recently held in the Syrdarya region, organized in cooperation with "TIIAME" National Research University.

The IFAR team presented innovative solutions designed to transform modern farming:
- Plasma Technology: An environmentally friendly method for pre-sowing seed treatment to enhance germination and crop resilience.
- Biofertilizers: High-efficiency biological products aimed at restoring soil health and optimizing plant nutrition.
- Soil Humidity Control Sensors: Advanced sensor systems that provide real-time monitoring of soil moisture levels, ensuring precise and sustainable water management.

The practical demonstration of these innovations sparked significant interest among local clusters and farmers. By bridging the gap between research and practice, we continue to pave the way for a more sustainable and high-yielding agricultural future.

25/04/2026

[Uz]💧 To‘qimachilik sanoatida suv muammosiga innovatsion yechim: Sovuq atmosferik plazma

Bugungi k***a global iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida oqava suvlarni qayta ishlash va ulardan takroran foydalanish insoniyat oldidagi eng dolzarb vazifalardan biridir. Ayniqsa, to‘qimachilik sanoatidan chiqadigan, turli kimyoviy bo‘yoqlar va zaharli birikmalarga boy bo‘lgan chiqindi suvlarni tozalash alohida yondashuvni talab etadi.

Institutimizning PhD doktoranti, Namuna Nabiyeva ayni shu yo‘nalishda — sovuq atmosferik plazma yordamida tekstil chiqindi suvlarini tozalash bo‘yicha muhim ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqda.

Nega aynan sovuq plazma?
✅ Ekologik toza: Kimyoviy reagentlardan foydalanish talab etilmaydi.
✅ Yuqori samaradorlik: Plazma suvdagi murakkab organik bo‘yoqlarni molekulyar darajada parchalaydi.
✅ Suv tejamkorligi: Tozalangan suvdan sanoatda qayta foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi, bu esa ichimlik suvi resurslarini asrab qolishga yordam beradi.

Ilm-fan nafaqat laboratoriyalarda, balki real hayotdagi global muammolarni hal qilishda ham asosiy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. PhD talabamizning ushbu tadqiqotlari kelajakda "yashil" ishlab chiqarish va barqaror suv xo‘jaligini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shishiga ishonamiz.

[En] 💧 Innovative Solutions for the Textile Industry: Cold Atmospheric Plasma for Wastewater Treatment

In the face of global climate change and increasing water scarcity, the treatment and reuse of wastewater is one of the most critical challenges facing humanity today. Wastewater from the textile industry, often saturated with complex chemical dyes and toxic compounds, requires advanced and sustainable treatment methods.

My PhD student, Namuna Nabieva, is conducting vital research in this field, focusing on the use of Cold Atmospheric Plasma (CAP) to decontaminate textile wastewater.

Why Cold Plasma?
✅ Eco-friendly: No hazardous chemical reagents are required for the process.
✅ High Efficiency: Plasma active species break down complex organic dyes at the molecular level.
✅ Water Conservation: Treated water can be recycled back into industrial processes, significantly reducing the strain on fresh water resources.

Science is not just about laboratory work; it is about solving real-world global challenges. We believe that our PhD student's research will make a substantial contribution to the development of "green" manufacturing and sustainable water management systems.

🚀 Innovation—The key to combating water scarcity!

Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers

15/10/2025

🏛 “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti
📢 2026-yil uchun doktorantura (DSc) va tayanch-doktorantura (PhD)ga qabul e’lon qiladi
🎓 Ixtisosliklar shifri va nomi:
01.04.02 Nazariy fizika
02.00.04 Fizik kimyo
03.00.04 Mikrobiologiya va virusologiya
03.00.12 Biotexnologiya
05.01.03 Informatikaning nazariy asoslari
11.00.05 Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
01.03.01 Astronomiya
05.01.11 Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt

🧾 Qabul o'rinlari:
Doktorantura (DSc): 7 ta o‘rin
Tayanch-doktorantura (PhD): 13 ta o‘rin

📂 Tayanch doktoranturaga topshiruvchilar uchun hujjatlar:
1) FATI direktori nomiga ariza;
2) Ma’lumotnoma (obyektivka);
3) Pasport nusxasi;
4) Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
5) Magistr diplomi (oliy ta’lim muassasasi);
6) Chet tilini bilish sertifikati (B1 va undan yuqori);
7) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4-shakl) va ularning nusxalari;
8) Davlat stipendiyasi sohiblari uchun tegishli hujjat nusxasi.

📚 Doktoranturaga topshiruvchilar uchun hujjatlar:
1) FATI direktori nomiga ariza;
2) Ma’lumotnoma (obyektivka);
3) Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi;
4) Diplom nusxasi (fan nomzodi, PhD yoki oliy ma’lumot diplomi);
5) Chet tili sertifikati (B1 va undan yuqori);
6) Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va DSc dissertatsiyasi rejasining to‘liq loyihasi;
7) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4-shakl) va ularning nusxalari.

🌐 Hujjatlarni topshirish tartibi:
Barcha hujjatlar PDF shaklida tayyorlanadi va
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizim orqali yuboriladi:
🔗 https://daraja.ilmiy.uz

🗓 Qabul muddati: 2025-yil 5-oktyabrdan 5-noyabrgacha

📞 Murojaat uchun:
📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39A-uy
📱 Telefon: +998 (71) 237-09-61
🗺 Xarita: Google Maps manzili https://maps.app.goo.gl/xCkJjy4bmN8HprtA8
Batafsil ma'lumot uchun https://www.ifar.uz/en/

20/05/2025

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.Т/FM.10.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengashning 2025 yil 30-may soat 16:00dagi navbatdagi yig‘ilishi

KUN TАRTIBI

Talabgor Axmedov Saidmuxammad Erkin o‘g‘lining 01.03.01 – “Astronomiya” va 01.04.08 – “Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika” ixtisosliklari boʻyicha “Astrofizik kompakt obyektlari atrofida zarralar va yadro sintez jarayonlari” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi.

Ilmiy rahbarlar: Polvonov Satimboy Rajapovich
fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Rayimbayev Djavlanbek Rajapbayevich
fizika-matematika fanlari doktori, professor

Rasmiy opponentlar: Usmanov Pazlitdin Nuritdinovich
fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Mirtadjiyeva Karomat Toxirovna
fizika-matematika fanlari doktori, professor

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti

Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.

Photos from IFAR NRU's post 12/05/2025

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti bosh imiy xodimi Shaymatov Sanjar Ruzimurotovichning Xitoy milliy fondi tomonidan e’lon qilingan xorijlik yosh olimlar uchun ajratiladigan ilmiy loyiha tanlovida “Qora o’ra o’xshashlarining kuzatuv xossalarini va ularning energetikasi uchun muqobil modellarni tekshirish” mavzusi bo’yicha olingan ilmiy loyihasi to’g’risida ma’lumot

Abstract: The geometry of astrophysical compact objects may exhibit departures from the rotating black hole (BH) and thus finding such possibilities is really important task to investigate through the observational properties of BH mimickers. However, the current precision of measurements, despite a great success that allowed one to rule out many hypothetical objects, still leaves an open window for a variety of BH alternatives. This makes it challenging to find the proper techniques and observational methods for distinguishing these alternatives from BH. Therefore, it is important first to identify the unique signatures of BH alternatives from both theoretical and observational perspectives. The other most exciting aspect is the BH energetics. Astrophysical BHs come into play a key role in these extremely powerful astrophysical phenomena such as ultra-high energy cosmic ray. For that, a new thought explanation or alternative models for the source of energy for powering high energy astrophysical objects need to be proposed independently by considering rotating BH mimickers which can have different magnetic field (MF)topologies. We develop a model to understand this phenomenon more closely using a new approach. Observational quantities of BH mimickers are analyzed through analytical and numerical methods so as to open new opportunities for distinguishing the BH from its alternatives. In the end, our model will be compared with the latest findings of modern observational data of microquasars, S2 star near the Sgr A* and imaging supermassive BHs by the Event Horizon Telescope (EHT).
Annotatsiya: Tabiatda astrofizik kompakt ob'ektlarning geometriyasi aylanuvchi qora o’ralardan farqlanishi mumkin va shu sababli bunday farqlay olish mumkin bo’lgan imkoniyatlarni qora o’ra mimikerlarining kuzatuv xususiyatlarini o'rganish orqali topish va ular ustida tadqiqotlar olib borish hozirgi k***a astrofiziakning muhim vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda. Biroq, har qanday faraziy ob'ektlarni rad etishga imkon beradigan kuzatuvda erishilgan muvaffaqiyatga qaramay, parameterlarni o'lchashdagi yuqori aniqliklar ham har xil qo’ra o’ra muqobillarini biridan farqlash va aniqlash imkonini bermayapti. Bu kabi muqobillarni astrofizik qora o’radan farqlash uchun tegishli nazariy va kuzatuv usullarini topish va ishlab chiqish kerakligini ko’rsatadi. Shuning uchun, birinchi navbatda, nazariy va kuzatuv nuqtai nazaridan qora o’ra muqobillarining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash juda muhim vazifadir. Shuni ham ta’kidlash joizki, astrofizik qora o’ralarning energetik jarayoni ham ularning o’ziga xos muhum xossalaridan sanalib astrofizik hodisalarni, jumladan o’ta yuqori energiyali kosmik nurlarning tabiatini ochib berishda muhum rol o’ynaydi. Buning uchun turli xil magnit maydon strukturasiga ega bo'lgan aylanuvchi qora o’ra o’xshashlarini hisobga olgan holda, yuqori energiyali astrofizik ob'ektlarnining energiya manbaini tushuntira oladigan yangi nazariya yoki muqobil modellarni mustaqil ravishda taklif qilish taqoza etiladi. Buning uchun, biz yangi yondashuvdan foydalanib, ushbu atrofizik hodisani yanada yaqinroq tushunish imkonini beruvchi model ishlab chiqish imkoniyatini ishlab chiqamiz. Natijada, qora o’ra o’xshashlarining kuzatuv parameterlarini analitik va raqamli usullar yordamida tahlil qilish orqali qo’ra o’ra muqobillaridan farqlash imkoniyatlari yaratiladi. Oxir-oqibat, biz taklif qilgan model va olingan natijalar mikrokvazarlarning, Sgr A* yaqinidagi S2 yulduzining va Event Horizon teleskopi (EHT) tomonidan tasvirlangan o’ta og’ir qora o’ralarning so’nggi kuzatuv ma'lumotlari bilan taqqoslanadi.

Xitoyning etakchi ilmiy markazlaridan biri sifatida e'tirof etilgan Zejiang texnologiyalari universiteti bilan ilmiy hamkorlikda faoliyat olib borish va ushbu universitet bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik natijasida 2025 yil uchun Xitoy milliy fondi tomonidan e’lon qilingan xorijlik yosh olim uchun ajratiladigan ilmiy loyiha tanlovida “Qora o’ra o’xshashlarining kuzatuv xossalarini va ularning energetikasi uchun muqobil modellarni tekshirish” mavzusidagi ilmiy loyiha xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori saviyada yozilgan ilmiy loyiha sifatida baholanib moliyalashtirishga muvaffaqiyatli ruxsat berildi. Bu loyiha doirasida Xitoyning Zejiang texnologiyalari universiteti bilan yuqori darajadagi ilmiy hamkorlik olib boriladi va loyiha doirasida olingan ilmiy natijalar nufuzli ilmiy jurnallarda, jumladan Web of Science va Scopus ma'lumotlar bazasiga kiruvchi yuqori impakt faktorli (asosan Q1 va Q2) jurnallarda chop etish asosiy maqsad qilib qo’yildi. Shuni ham ta’kidlash joizki, pirovard maqsadimiz astrofizika va kosmologiya bo’yicha dolzarb muammolarga birgalikda yechimlar topish va yosh kadrlarni tayyorlash hamda institutimiz reytingini yanada ko’tarishga qaratilgan.


f.-m.f.d., bosh ilmiy xodim, Sanjar Shaymatov

19/02/2025

📢 Mehmonlar tashrifi va yangi hamkorlik! 🤝🎓
Bugun institutimizda Qo‘qon universiteti Andijon filiali, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Dr. Ma'rufjon Jalilov va Mikrobiologiya, farmakologiya, normal va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri Iqbol Muxammedov mehmon bo‘lishdi. Institutimizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ilmiy guruhimiz faoliyati bilan yaqindan tanishtirdik. 🔬📚
Uzoq va mazmunli suhbat davomida tibbiyot va farmakologiya sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldik. 🏥💊 Shuningdek, kadrlarni kompyuterda modellashtirish 🖥 va ilmiy maqolalar tayyorlash bo‘yicha malakasini oshirish masalalarida hamkorlik qilishga kelishdik. Bu doirada hamkorlik memorandumi ham imzolandi! ✍️📄
Kelajakdagi hamkorligimiz samarali natijalar berishiga ishonaman! ✨
Uchrashuvni tashkil qilgani uchun Khikmatillo Gulyamovga minnatdorchilik bildiraman! 🙌

Photos from IFAR's post 25/01/2025

🔬 Ilmiy hamkorlik sari yangi qadamlar! 🤝
Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo institutiga tashrif buyurdim. 🌿🧬
"Sovuq atmosferik plazmani saraton hujayralariga ta'siri: molekulyar darajadagi tadqiqot" mavzusida institut xodimlariga taqdimot qilib berdim. 📊👨‍🏫 Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va qizg'in muhokamalar bo'ldi.
Taqdimotdan so‘ng institut direktori Akademik Sabirov Ravshan Zairovich bilan mazmunli suhbat qurib, ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldik. 🤝✨
Institut katta ilmiy xodimi Diyorbek Fayziyev laboratoriyaning asosiy asbob uskunalari bilan tanishtirdi. 🔬💡 U yerda hujayra ustida tajribalar bajarish uchun zarur bo‘lgan qimmatbaho zamonaviy asbob-uskunalar mavjud ekan.
🌟 Yaqin yarim yil ichida hamkorlikdagi birinchi ilmiy maqolamiz chop etilishi kutilmoqda. Tadqiqotlarni boshlab yubordik! 🚀

18/12/2024

Javlon Rayimbayev, Head of the Fundamental Physics and Physical Chemistry Laboratory of our institute, participated in the "RAGtime 26" international conference, held at the University of Silesia in Opava, Czech Republic, on December 9-13, 2024, on the topic "Neutron star death lines and gravitational tests".

16/12/2024

🎉 Exciting News! 🎉

We are thrilled to announce that the Institute of Fundamental and Applied Research (IFAR) has been named among the finalists for the prestigious "Science and Innovation Awards" in the category of "Best Research Institute of the Year"! 🌟🔬

This recognition highlights IFAR's outstanding contributions to cutting-edge research, innovation, and practical advancements in science. Being a finalist is a testament to the dedication and hard work of our team, driving progress and pushing the boundaries of knowledge.

We are proud to stand alongside other exceptional institutes and look forward to further collaborations, discoveries, and achievements. Thank you to everyone who supports us on this journey! 🙌

Let’s keep advancing science together! 🚀✨

06/11/2024

Institutimiz direktori Jamoliddin Razzokov va laboratoriya mudiri Dr. Maksudbek Yusupov Plazma Fizikasi bo‘yicha Osiyo-Tinch Okeani 8-Xalqaro Konferensiyasida ishtirok etishmoqda!
(Taassurotlar quyida batafsil keltirilgan). Hamkasbim Dr. Maksudbek Yusupov bilan birgalikda Plazma Fizikasi bo‘yicha Osiyo-Tinch Okeani 8-Xalqaro Konferensiyasida ishtirok etmoqdamiz. Bizni qo‘llab-quvvatlagani uchun Prof. Kikuchi Mitsuruga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Konferensiya sohamizdagi eng nufuzli tadbirlardan biri bo‘lib, dunyo bo‘ylab 3000 dan ortiq AAPPS-DPP a’zolaridan 400 dan oshig'ini bir joyga jamlagan — bu raqamning o‘zi plazma faniga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Konferensiya ko‘plab qiziqarli ma’ruzalar va munozaralarga boy bo‘ldi. Biz taklif etilgan ma’ruza bilan va Serbiyaning Belgrad shahridagi Fizika institutidan Dr. Nikola Skoro bilan birgalikda sessiyani boshqarish sharafiga muyassar bo‘ldik. Dr. Skoro bilan bo‘lgan suhbatlarimizda ilmiy hamkorlik imkoniyatlari ochilib, plazma ilmiy tadqiqotlarini yanada rivojlantirish uchun ko‘plab g‘oyalar bilan o‘rtoqlashdik.
Bundan tashqari, konferensiyada qatnashayotgan yana bir hurmatli hamkorim Prof. Zhitong Chen bilan uchrashishdan mamnunman. U bilan Xitoy-O‘zbekiston loyihalar tanlovida ariza berishni rejalashtirdik. Avvalgi postimda aytib o‘tganimdek, bu konferensiya PLASMANTning sobiq a’zolari — Prof. Pankaj Atti, Prof. Weizong Wang, Prof. Quanzi Zhang, Dr. Maksudbek Yusupov va men uchun yana bir ajoyib uchrashuv bo‘ldi. Har birimiz plazma tadqiqotlarida yangi yutuqlarga erishish uchun intilmoqdamiz.
Rasmiy sessiyalardan tashqari, Prof. Zhitong Chen tomonidan tashkil etilgan Xitoy restoranida davra atrofida munozaralarimizni davom ettirdik. Konferensiya hali uch kun davom etadi va men bu davrda yanada ko‘proq yangiliklar bilan tanishish, hamkorlik qilish va yangi g‘oyalar bilan o‘rtoqlashish imkoniyatlarini kutib qolaman.

Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Telephone

Address

39A Qori Niyoziy Street
Tashkent
100000