08/05/2026
🌟 Erasmus+ Haftaligi 2026 doirasidagi navbatdagi seminar Gulistonda bo‘lib o‘tdi!
4-may kuni Guliston davlat universitetida Erasmus+ haftaligi doirasida Erasmus+ axborot-metodologik seminari tashkil etildi. Tadbirda Sirdaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, yosh tadqiqotchilar hamda erkin tinglovchilar faol ishtirok etdi.
🔹 Seminar davomida:
🔹 Erasmus+ dasturining asosiy yo‘nalishlari
🔹 Xalqaro grant va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari
🔹 Loyihalarni tayyorlashdagi amaliy jihatlar
🔹 Tajriba almashish va savol-javob sessiyalari muhokama qilindi.
🎙 Tadbirda Innovatsion texnologiyalar universiteti prorektori, professor Jahongir Gafurov hamda O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi loyiha menejerlari Mahmudjon O‘tkurov va Bonu Abdusalomova tomonidan muhim ma’lumotlar va tavsiyalar taqdim etildi.
💬 Tadbir qizg‘in va interaktiv muhitda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.