02/11/2023
☀️☀️☀️
Университетимизда чоп этиладиган "SHARQDAN XABARLAR GAZETASI"нинг 2023 йил 1 ноябрдаги 16-сони дунё юзини кўрди 👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/kknl/xqmz/
Газетанинг ушбу сонида Университетимиздаги кўплаб ютуқлар ёритилган.
Қадрли жамоадошлар, марҳамат, газета билан юқоридаги ҳавола орқали танишинг.
28/10/2023
📣📣📣Tarjimashunoslik va xalqaro kafedrasi tomonidan XITOY TILIDAN toʻgarak tashkil etilmoqda!
⚡️Xitoy tili HSK1 va HSK4 darslari✅
HSK1 darslari – haftada 2 kun Dushanba-Payshanba
HSK4 darslari Juma kuni
Ustoz Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi oʻqituvchisi Sayyora Kurolova
🔥Ushbu toʻgarakka xitoy tiliga qiziquvchi barcha talabalarni taklif qilamiz.
19/10/2023
Qozoqboy Yoʻldoshevdan eng sara iqtiboslar:
1. Adabiyot hech qachon uxlab qolgan emas – Adabiyot har doim uygʻoq!
2. Fikr – fikrni charxlaydi.
3. Navoiyni oʻqib, oʻrganmas ekanmiz, demak "Navoiy bizniki" - deya olmaymiz. Navoiyni o'qisakkina "Bizniki!" - deyishimiz mumkin.
4. Badiiy asarlarda nafaqat gʻoya va mohiyat bor, balki urf-odatlar ham mujassamdir.
5. Adabiyot soʻzlarning jarangi bilan qaygʻularni so'ndiradi.
6. Adabiyot bizni tashvishlarning balchig'idan qutqarib, bizni goʻzallikka, birlikka, xotirjamlikka yetkazadi.
7. Adabiyot – oʻqigan va anglaganlarga "bor hodisa". Oʻqimagan va anglamaganga "yoʻq hodisa".
8. Adabiyotning vazifasi – qalbni poklash.
9. Kimdaki koʻngil boʻlsa, U – ADABIYOTCHI.
19/10/2023
.uz-2023
2023-yilning 19-oktabr sanasida “InnoWeek.Uz-2023” doirasida Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi tomonidan seminar tashkil qilindi.
Mazkur tadbirga taniqli adabiyotshunos olim, professor Qozoqboy Yoʻldoshev, ustoz shoir Abdunabi Boyqo'ziyev hamda ustoz-professorlar tashrif buyurdilar. Mazkur uchrashuvda “Badiiy asar tahlili”, "O'zbek adabiyoti" va Adabiyotning inson, jamiyat hayotidagi oʻrni kabi mavzularda maʼruzalar oʻqildi.
Ustoz shoir Abdunabi Boyqo'ziyev oʻz qalamiga mansub boʻlgan eng sara sheʼrlarni tinglovchilarga taqdim etdi.
19/10/2023
⚡️⚡️⚡️
📣SHARQDAN YANGILIKLAR‼️
2023-yil 18-oktabr kuni Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi tomonidan seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningni kafedra katta o'qituvchisi, PhD Mahfuza Ortiqova "Talabalarda kreativ fikrlashni rivojlantirish usullari" mavzusida olib bordi✅
19/10/2023
⚡️⚡️⚡️
📣SHARQDAN CHORLOV‼️
“Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” (Creative education and innovations – the basis of development of New Uzbekistan) shiori ostida o‘tkaziladigan innovatsion g‘oyalar haftaligi “InnoWeek.Uz-2023” doirasida “Badiiy asar tahlili” mavzusida taniqli adabiyotshunos olim, professor Qozoqboy Yo'ldoshevning seminar treninggi bo'lib o'tadi.
Manzil: Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi, 2023-yil 19-oktabr, 12:00, multimedia xonasi ✅
17/10/2023
Umidjon Ishmukhamedov dan eng sara iqtiboslar:
1. Kitob o'qish insonning hayot bilan hamnafas bo'lishida yordam beradi.
2. Hayot bilan hamnafas bo'lsangiz odamlar sizning orqangizdan ergashadi. Ungacha esa siz ergashasiz .
3. Bugun ijtimoiy tarmoqda o'tirganlarni ertaga kitob o'qiganlar boshqaradi.
4. Ijtimoiy tarmoqda 4 yil 8 soatdan o'tirgan odamning keyingi 40 yili qiyinchilikda o'tadi.
5. Eng zo'r strategiya kun davomida qiladigan ishlaringizni yozib 3 ga bo'lish:
a. Zarur
b. muhim
c. Shart emas.
6. Vaqt bu investitsiya, siz ushbu investitsiyani kelajakda qiymat olib kelayotgan narsalarga kiriting.
17/10/2023
Umidjon Ishmukhamedov dan eng sara iqtiboslar:
1. Oltin qachon qadrli boʻladi? Qachonki yer ostida emas, ustida boʻlsa.
2. Siz oltinsiz, oʻz fikringizni bildira olish sizni yer yuziga – baland darajaga yetkazadi.
3. Baxtli boʻlishning birinchi omili tirik qolish boʻlsa, ikkinchisi oʻsish va rivojlanishdir.
4. Energiya – Quvvat uch narsadan olinadi:
– uyqudan
– ovqatlanishdan
– yaxshi motivatsiyadan.
5. Dangasalikni yoʻqotuvchi eng kuchli narsa – Qoʻrquv.
Xohishdan qoʻrquv kuchli boʻlsagina, muvaffaqiyatga erishiladi.
17/10/2023
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Innoweek.uz-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Umidjon Ishmukhamedov ishtirokida "Kelajak ilmlari va raqamli iqtisodiyot" mavzusida motivatsion uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv mehmoni Cambridge International University (CIU) asoschisi va rahbari Umidjon Ishmuhammedov.
Uchrashuvda vaqt qadri, oʻz fikrini bildira olish qobiliyati, ilm olishdagi eng muhim jihatlar va kelajak ilmlari kabi mavzularda davra suhbati olib borildi.
Suhbat soʻngida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.