07/06/2023
✔️Shaxsiy ma’lumotlarimizning ko‘p qismi internetda saqlanganligi sababli bugungi k***a kiberxavfsizlik masalasi juda muhim hisoblanadi. Jamiyatimiz axborot texnologiyalariga har qachongidan ham ko‘proq qaram bo‘lgan bu davrda kiberxavfsizlik ahamiyati kun sayin ortib bormoqda.
💻Kiberxavfsizlik — kompyuter tizimlari, tarmoqlari, qurilmalari va dasturlarini har qanday turdagi kiberhujumlardan himoya qilish amaliyotidir. Kiberxavfsizlik tahdidi esa ma’lumotlarni buzish, ma’lumotlarni o‘g‘irlash yoki umuman raqamli hayotni buzishga qaratilgan zararli harakatdir.
♻️Shu ma’noda, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasi uchun Toshkent shahri Olmazor tumani IIB Kiberxavfsizlik boʻlimi xodimi Sherzod Yormatov bilan kiberjinoyatchilik xususida targʻibot-tashviqot tarzida davra suhbati tashkil qilindi.
✅Tadbirda kiberjinoyatlarning turlari va ularni sodir etilishiga yoʻl qoʻyib kelayotgan sabab va shart-sharoitlar haqida atroflicha tushuncha berildi.
🔰Shuningdek, davra suhbatida internetdagi firibgarlikning oldini olish, internet foydalanuvchilarini qimor va boshqa tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda ishtirok etmaslik va notanish kishilarga shaxsiy ma’lumotlarini va bank kartalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shu bilan birga bank kartalari orqali amalga oshiriladigan pul o‘tkazma bilan bog‘liq SMS xabarlarni oshkor qilmaslik to‘g‘risida batafsil aytib o‘tildi. Bunday vaziyatga duch kelgan holatda qaerga murojaat qilish kerakligi haqida ma’lumotlar taqdim etildi.