30/08/2025
🇹🇷30-avgust — Turkiyada Zafar bayrami!
Bugun butun Turk dunyosi tarixida muhim sana — 1922-yil 30-avgust kuni Turkiya Milliy-ozodlik urushi yakunlanib, Buyuk Zafar qo‘lga kiritildi. Bu g‘alaba nafaqat Turkiya, balki ozodlik va mustaqillik uchun kurashayotgan barcha xalqlar uchun ilhom manbai bo‘ldi.
Zafar bayrami Turkiyada 1926-yildan buyon rasmiy davlat bayrami sifatida keng nishonlanadi. Bu kun Turkiya qurolli kuchlari kuni sifatida ham qadrlanadi — marosimlar, paradlar va yodgorlik tadbirlari o‘tkaziladi.
🔹 Tarixiy ahamiyati: Bu g‘alaba Mustafa Kamol Otaturk boshchiligidagi qo‘shinlarning yunon bosqinchilariga qarshi so‘nggi va hal qiluvchi zarbasi bo‘lgan.
🔹 Ramziy ma’nosi: Milliy birlik, erkinlik va mustaqillik yo‘lida sobitlik timsoli.
30-avgust — faqat tarixiy sana emas, balki xalq iroda va g‘ururining yuksak ramzi!
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!