Ajou University in Tashkent

Ajou University in Tashkent Welcome to Ajou University in Tashkent
(1)

🌐 Kelajak ta’limi — inson tafakkuri va sun’iy intellekt uyg‘unligida!👍 Toshkent shahridagi Adju universiteti sizni “Oliy...
22/09/2026

🌐 Kelajak ta’limi — inson tafakkuri va sun’iy intellekt uyg‘unligida!

👍 Toshkent shahridagi Adju universiteti sizni “Oliy ta’limda inson va sun’iy intellekt hamkorligi: ta’lim kelajagi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etadi.

📆 24-sentabr, 2026-yil
📍 Toshkent shahridagi Adju universiteti
💻 Onlayn va oflayn formatda

📝 Anjumanning asosiy yo‘nalishlari:
— AI va raqamli ta’lim texnologiyalari
— muhandislik va IT sohasida sun’iy intellekt
— arxitektura, qurilish va “aqlli shahar” texnologiyalarida AI
— ilm-fan, biznes va ijtimoiy rivojlanishda sun’iy intellekt

🚀 Inson tafakkuri va sun’iy intellekt birlashganda — ta’limning yangi davri boshlanadi.

➖➖➖

🌐 Образование будущего — в гармонии человеческого мышления и искусственного интеллекта!

👍 Университет Аджу в городе Ташкент приглашает вас на Республиканскую научно-практическую конференцию на тему “Взаимодействие человека и искусственного интеллекта в высшем образовании: будущее образования”.

📆 24 сентября 2026 года
📍 Университет Аджу в городе Ташкент
💻 В онлайн- и офлайн-форматах

📝 Основные направления конференции:
— ИИ и цифровые образовательные технологии
— искусственный интеллект в сфере инженерии и IT
— ИИ в архитектуре, строительстве и технологиях “умного города”
— искусственный интеллект в науке, бизнесе и социальном развитии

🚀 Когда объединяются человеческое мышление и искусственный интеллект — начинается новая эра образования.

06/09/2026

✨🏆 “Orientation Day 2026” ana shunday o‘tdi — chinakamiga unutilmas kun bo‘ldi!

👍 Adju universitetiga xush kelibsiz!

➖➖➖

✨🏆 Вот так прошёл Orientation Day 2026 — поистине незабываемый день!

👍 Добро пожаловать в Университет Аджу!

🎓 Orientation Day 2026 — Adjudagi katta yo‘lning ilk qadami! 🎓✨👍 Toshkent shahridagi Adju universitetida birinchi kurs t...
05/09/2026

🎓 Orientation Day 2026 — Adjudagi katta yo‘lning ilk qadami! 🎓✨

👍 Toshkent shahridagi Adju universitetida birinchi kurs talabalari uchun Orientation Day 2026 bo‘lib o‘tdi.

✨ Talabalar universitet rahbariyati, dekanlar va kuratorlar bilan tanishib, ta’lim jarayoni, talabalar hayoti va Adjudagi imkoniyatlar haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🤝 Yangi kursdoshlar bilan tanishuv va kampus bo‘ylab sayohat esa talabalik hayotining ilk unutilmas lahzalariga aylandi.

🌍 Bugun Adjudan boshlangan yo‘l — ertaga katta imkoniyatlar va ulkan marralar sari olib boradi.

💫 Your Journey Starts at Ajou!

➖➖➖

🎓 Orientation Day 2026 — первый шаг на большом пути в Аджу!

👍 В Университете Аджу в городе Ташкент прошёл Orientation Day 2026 для студентов первого курса.

✨ Студенты познакомились с руководством университета, деканами и кураторами, получив важную информацию об образовательном процессе, студенческой жизни и возможностях в Аджу.

🤝 Знакомство с новыми однокурсниками и экскурсия по кампусу стали первыми незабываемыми моментами студенческой жизни.

🌍 Путь, начавшийся сегодня в Аджу, завтра приведёт к большим возможностям и великим свершениям.

💫 Your Journey Starts at Ajou!

🎓 III Graduation Ceremony 2026 — Toshkent shahridagi Adju universiteti tarixidan joy oladigan unutilmas kun!🚀 Yangi marr...
04/09/2026

🎓 III Graduation Ceremony 2026 — Toshkent shahridagi Adju universiteti tarixidan joy oladigan unutilmas kun!

🚀 Yangi marralar sari yo‘l olish vaqti keldi. Adju’da boshlangan yo‘l endi butun dunyo sari davom etadi.

🗓 15-sentyabr | 15:00
📍 Toshkent shahridagi Adju universiteti

🏆 Bu shunchaki diplom olinadigan kun emas. Bu — yillar davomida qilingan mehnatning natijasi, bir muhim bosqichning munosib yakuni va katta kelajakning boshlanishi.

💫 Bir bosqich yakunlanmoqda. Yangi sahifa ochilmoqda.

🌐 FROM AJOU TO THE WORLD!
✈️ Adju’dan — dunyo sari!

➖➖➖

🎓 III Graduation Ceremony 2026 — незабываемый день в истории Университета Аджу в городе Ташкент!

🚀 Пришло время двигаться к новым вершинам. Путь, начавшийся в Аджу, теперь продолжается навстречу большому миру.

🗓 15 сентября | 15:00
📍 Университет Аджу в городе Ташкент

🏆 Это не просто день получения диплома. Это результат многолетнего труда, достойное завершение важного этапа и начало большого будущего.

💫 Один этап завершается. Открывается новая глава.

🌐 FROM AJOU TO THE WORLD!
✈️ Из Аджу — в большой мир!

🎓 Orientation Day 2026 — ertagayoq!👍 Adjudagi talabalik hayotingizning ilk katta kuni boshlanmoqda!📚 Orientation Day’da ...
04/09/2026

🎓 Orientation Day 2026 — ertagayoq!

👍 Adjudagi talabalik hayotingizning ilk katta kuni boshlanmoqda!

📚 Orientation Day’da siz fakultet dekanlari va kuratorlar bilan tanishasiz, yangi kursdoshlaringiz bilan uchrashasiz, kampus bo‘ylab sayohat qilasiz hamda universitetdagi ta’lim jarayoni va imkoniyatlar haqida eng muhim ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

🗓 5-sentyabr | 09:00
📍 Toshkent shahridagi Adju universiteti | Angar Hall

✨ Ertaga Adjudagi yangi yo‘lingizni birgalikda boshlaymiz. Barchangizni kutamiz!

➖➖➖

🎓 Orientation Day 2026 — уже завтра!

👍 Начинается ваш первый большой день в качестве студента Университета Аджу!

📚 На Orientation Day вы познакомитесь с деканами факультетов и кураторами, встретитесь с новыми однокурсниками, совершите экскурсию по кампусу, а также получите самую важную информацию об учебном процессе и возможностях университета.

🗓 5 сентября | 09:00
📍 Университет Аджу в городе Ташкент | Angar Hall

✨ Завтра мы вместе начнём ваш новый путь в Аджу. Ждём всех вас!

‼️ 2026-yilni boy bermang. Adjuga qabul hali davom etmoqda!🏛 Abituriyentlar va ota-onalarning ko‘plab murojaatlariga ko‘...
03/09/2026

‼️ 2026-yilni boy bermang. Adjuga qabul hali davom etmoqda!

🏛 Abituriyentlar va ota-onalarning ko‘plab murojaatlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi Adju universiteti 2026-yil qabuli uchun qo‘shimcha imkoniyat ochmoqda.

✉️ Hujjat topshirishga ulgurmadingizmi? Hali kech emas.

🏆 Sizda shu yilning o‘zida xalqaro universitet talabasi bo‘lish va ta’limni boshlash uchun yana bir imkoniyat bor.

📚 Ta’lim yo‘nalishlari:
— Arxitektura
— Interer dizayni
— Qurilish inshootlari muhandisligi
— Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi
— AI va dasturiy ta’minot
— IT Biznes
— Biznes boshqaruvi
— Koreys filologiyasi va menejment
— Ingliz filologiyasi va menejment

✅ Bir yil kutish shart emas. Kelajagingizni bugundan boshlang.

💫 Hujjatlaringizni hoziroq topshiring va Adju talabasi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

📝 Hujjatlar quyidagi havola orqali topshiriladi: admission.ajou.uz.

📞 Murojaat uchun: +998712086969

➖➖➖

‼️ Не упустите 2026 год. Приём в Университет Аджу всё ещё продолжается!

🏛 По многочисленным просьбам абитуриентов и их родителей Университет Аджу в городе Ташкенте открывает дополнительную возможность для приёма в 2026 году.

✉️ Не успели подать документы? Ещё не поздно.

🏆 У вас есть ещё один шанс стать студентом международного университета и начать обучение уже в этом году.

📚 Факультеты:
— Архитектура
— Дизайн интерьера
— Инженерия гражданских систем
— Электротехника и компьютерная инженерия
— AI и программное обеспечение
— IT-бизнес
— Управление бизнесом
— Корейская филология и менеджмент
— Английская филология и менеджмент

✅ Не нужно ждать целый год. Начинайте строить своё будущее уже сегодня.

💫 Подайте документы прямо сейчас и не упустите возможность стать студентом Университета Аджу!

📝 Подача документов осуществляется по ссылке: admission.ajou.uz.

📞 Звоните: +998712086969

Hurmatli vatandoshlar, aziz hamkasblar, muhtaram ustozlar va talabalar!Sizlarni Toshkent shahridagi Adju universiteti ja...
31/08/2026

Hurmatli vatandoshlar, aziz hamkasblar, muhtaram ustozlar va talabalar!

Sizlarni Toshkent shahridagi Adju universiteti jamoasi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, mamlakatimiz taraqqiyoti va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston ulkan bunyodkorlik va yangilanish yo‘lini bosib o‘tib, ta’lim, ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro hamkorlik sohalarida yangi marralar sari dadil qadam tashlamoqda.

Bugun bizning eng muhim vazifalarimizdan biri — bilimli, salohiyatli va Vatanimiz ravnaqi uchun mas’uliyatni his qiladigan yosh avlodni tarbiyalashdir. Yangi O‘zbekistonning kelajagi — bilimli, izlanuvchan va katta maqsadlar sari intilayotgan yoshlar qo‘lida.

Aziz yurtdoshlar!

Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz orasida hamjihatlik va mehr-oqibat doimo barqaror bo‘lsin. Har bir xonadonga farovonlik, mustahkam salomatlik, baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar tilayman.

Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz ravnaqi bardavom bo‘lsin!

Mustaqillik bayraming muborak bo‘lsin, aziz O‘zbekistonim!

Toshkent shahridagi Adju universiteti rektori
G‘. Muratov

➖➖➖

Уважаемые соотечественники, дорогие коллеги, досточтимые наставники и студенты!

От имени коллектива Университета Аджу в городе Ташкенте и от себя лично сердечно поздравляю вас с 35-летием Независимости Республики Узбекистан!

Независимость — бесценное достояние нашего народа, прочный фундамент развития нашей страны и нашей благополучной жизни. За прошедшие годы Узбекистан проделал огромный созидательный и обновительный путь, смело шагая к новым рубежам в сферах образования, науки, современных технологий и международного сотрудничества.

Сегодня одна из наших важнейших задач — воспитать образованное, обладающее высоким потенциалом и чувствующее ответственность за процветание нашей Родины молодое поколение. Будущее Нового Узбекистана — в руках образованной, любознательной и стремящейся к великим целям молодёжи.

Дорогие соотечественники!

Пусть в нашей стране всегда царят мир и спокойствие, а в нашем народе — сплочённость и взаимоуважение. Желаю каждой семье благополучия, крепкого здоровья, счастья и новых успехов.

Пусть наша независимость будет вечной, а процветание Родины — непрерывным!

С Днём независимости, мой дорогой Узбекистан!

Ректор Университета Аджу в городе Ташкенте
Г. Муратов

🎓 Birinchi kurs talabalari, yangi bosqichga tayyormisiz?💫 Sizlarni talabalik hayotingizning ilk va unutilmas kunlaridan ...
28/08/2026

🎓 Birinchi kurs talabalari, yangi bosqichga tayyormisiz?

💫 Sizlarni talabalik hayotingizning ilk va unutilmas kunlaridan biri — Orientation Day 2026'ga taklif qilamiz!

✨ Bu kun — shunchaki tanishuv emas. Bu yangi muhit, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va Adjudagi yangi hayotingizning boshlanishi!

📝 Sizni nimalar kutmoqda?
📚 Fakultet dekanlari va murabbiylar bilan tanishuv
‼️ Talaba bilishi kerak bo‘lgan eng muhim qoidalar va imkoniyatlar
🤝 Kursdoshlar bilan tanishuv va guruhlarga bo‘linish
🏫 Kampus bo‘ylab sayohat
💬 Yuqori kurs talabalaridan maslahatlar va haqiqiy Adju tajribasi

🌟 Birinchi kundanoq o‘zingizni Adju oilasining bir qismi sifatida his qiling. Chunki katta yo‘l aynan birinchi qadamdan boshlanadi!

🗓 5-sentyabr | 09:00
📍 Toshkent shahridagi Adju universiteti | Angar Hall
➡️ Barcha birinchi kurs talabalarini kutamiz!

➖➖➖

🎓 Первокурсники, готовы к новому этапу?

💫 Приглашаем вас на один из первых и незабываемых дней вашей студенческой жизни — Orientation Day 2026!

✨ Этот день — не просто знакомство. Это новая атмосфера, новые друзья, новые возможности и начало вашей новой жизни в Аджу!

📝 Что вас ждёт?
📚 Знакомство с деканами факультетов и кураторами
‼️ Важнейшие правила и возможности, которые должен знать каждый студент
🤝 Знакомство с однокурсниками и распределение по группам
🏫 Экскурсия по кампусу
💬 Советы от студентов старших курсов и подлинный опыт Аджу

🌟 Почувствуйте себя частью семьи Аджу с самого первого дня. Ведь большой путь начинается именно с первого шага!

🗓 5 сентября | 09:00
📍 Университет Аджу в городе Ташкент | Angar Hall
➡️ Ждём всех первокурсников!

👍 YOUR JOURNEY STARTS AT AJOU!

🤝 Toshkent shahridagi Adju universiteti va J Smart Solution kompaniyasi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.📚 Hamkor...
28/08/2026

🤝 Toshkent shahridagi Adju universiteti va J Smart Solution kompaniyasi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

📚 Hamkorlik doirasida Smart Factory, sun’iy intellekt (AI), buyumlar interneti (IoT), ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va raqamlashtirish kabi zamonaviy texnologik yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

🎓 Bu hamkorlik talabalarimiz uchun amaliyot o‘tash, sanoat tajribasini egallash, real texnologik loyihalarda ishtirok etish hamda kelgusida ishga joylashish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

🏭 Adju ta’lim va sanoatni birlashtiradi — talabalar esa bilimlarini real loyihalarda tajribaga aylantiradi.

➖➖➖

🤝 Университет Аджу в городе Ташкент и компания J Smart Solution подписали Меморандум о взаимопонимании.

📚 В рамках сотрудничества планируется реализация совместных инициатив в таких современных технологических направлениях, как Smart Factory, искусственный интеллект (AI), Интернет вещей (IoT), автоматизация и цифровизация производства.

🎓 Это партнёрство откроет для наших студентов новые возможности для прохождения практики, получения опыта в промышленной сфере, участия в реальных технологических проектах и дальнейшего трудоустройства.

🏭 Аджу объединяет образование и индустрию — студенты превращают знания в практический опыт в реальных проектах.

26/08/2026

🏁 2026-yilgi qabul kampaniyasi o‘z yakuniga yetmoqda.

👍 Bugun Toshkent shahridagi Adju universitetida so‘nggi kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi — bu diqqatni jamlash, yuksak maqsadlar va kelajak uchun ulkan rejalar kuni bo‘ldi.

✨ Keyingi qadam sifatida Adjuni tanlagan barchaga tashakkur!

➖➖➖

🏁 Приёмная кампания 2026 года вышла на финишную прямую.

👍 Сегодня в Университете Аджу в городе Ташкент состоялся заключительный вступительный экзамен — день концентрации, амбиций и больших планов на будущее.

✨ Спасибо всем, кто выбрал Аджу своим следующим шагом.

Address

113, Asalobod Street, Yashnabad District
Tashkent
100204

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 08:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 10:00 - 17:00

Telephone

+998712076566

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Ajou University in Tashkent posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share