18/07/2021
«Insonning bu hayotda yashashdan eng oliy maqsadi – odam bo‘lish» degan tushuncha bugun biroz eskirgandek, mog‘orlagandek, chang bosgandek, ko‘rinmay qolgandek bir taassurot qoldiryapti.
Bu albatta achinarli holat. Harakat nimaga qaratilgan? Harakat bo‘lishga qaratilgan. Ya’ni, jihatdan boy bo‘lishga. Hamma maqsadlar shunga yo‘naltirilgan.
Masalan, bugun ko‘pchilik yoshlar o‘qishga kirarkan, biror kasbni tanlashdan oldin o‘ylayotgan asosiy narsa, shu kasbni tanlasam ertaga menga bu kasbdan keladigan daromad qancha? – shunga ko‘ra kasb tanlanadi. Uning ichida boshqa bir istagi bordir, boshqa bir iqtidori bordir.
Kechirasiz-u, yuristmas shifokor bo‘lsa ko‘proq xalqqa foydasi tegar. Shifokormas o‘qituvchi bo‘lsa balki ko‘proq foydasi tegar.
Ota-onalar ham farzandlarini kelajakka yo‘naltirarkan, uning kelib chiqib emas, bu kasb mo‘may daromad keltirishi yoki yo‘qligidan kelib chiqib unga yo‘naltiryapti. Bu – farzandga zulm emasmi? Bu aslida unga yomonlik qilish emasmi? U butun umr pul topish uchungina shu ishni qiladi. Lekin yaxshi ko‘rgan ishi boshqa tomonda. U hatto bir umr nimani yaxshi ko‘rishini ham sezmay, topolmay, qidirolmay, qidirishga vaqt topolmay umrini yashab o‘tib ketmaydimi? Bu haqida kim o‘ylashi kerak?
Sizning fikringiz qanday?