21/09/2022
Assalomu Alaykum barchaga bugun sizlar bilan yaqindan tanishmoqchiman instagramda faoliyatimni boshlab muntazam videolar yuklab borayotganimga ham 1 yil bo’libdi shu kunchaga obunachilarim Mr Karimovni tanishar edi endi esa man sizlarga Dilshod Karimovni tanishtirmoqchiman.
1990-yil Toshkent shahrida davlat xizmatchisi oilasida tug’ilganman. Otam rahmatli oliy ma’lumotli bo’lganlar va transport sohasida faoliyat olib borganlar. Onam fizika o’qituvchisi hozirda nafaqadalar.
Man 2013-yil Turkiyaning Hacettepe Universitetini Ingliz tili va Adabiyoti yo’nalishi bo’yicha bakalavr bosqichi, 2015-yil Daniyaning Aalborg Universitetini Xalqaro Munosabatlar yo’nalishi bo’yicha magistraturani bitirganman
16 yoshimdan ingliz tilini o’rgatishni boshladim. Hozirgi kungacha o’quv markazlari, o’rta maktab va universitetda o’qituvchilik qilganman. 2015-2017 yillardagi Daniya poytaxti Kopengagenda joylashgan xalqaro maktabdagi faoliyatim o’qituvchilik faoliyatimda tub burilish yasadi.
Bu davrda men Amerikalik, Yevropalik va Yaponiyalik bir nechta mahoratli o’qituvchilar bilan birga hamkorlik qilish imkonim bo’ldi va man ulardan professional o’qituvchilik mahoratlarini yana ingliz tili o’rgatishni professional darajada olib borishni o’rgandim. Ayniqsa 2015-yil Islandiya poytaxti Reykjavikda bo’lib o’tgan Xalqaro O’qituvchilar Konferensiyasi bu borada juda foydali bo’ldi.
Hozirgacham 5.000 dan ortiq o’quvchilar bilan shug’ullandim va ularning ko’pchiligi ajoyib natijalarga erishishdi.
Keling endi siz bilan tanishsak o’zingiz haqingizda izohlarda ma’lumot qoldiring