Huquq maktabi

Huquq maktabi Huquqshunoslik bo'yicha abituriyentlarning bilimini oshirish markazi

14/05/2025
🏃‍➡️18.30 gacha vaqt bor!"Online yurist" guruhiga qo'shiling. Yangi va eski nashrdagi 8-sinf darsligini muallifdan o'rga...
15/10/2024

🏃‍➡️18.30 gacha vaqt bor!

"Online yurist" guruhiga qo'shiling.

Yangi va eski nashrdagi 8-sinf darsligini muallifdan o'rganing.

Kichik guruhlar (max. 20 o'quvchi)
Yuqori sifatdagi o'quv materiallari (taqdimotlar, qisqa materiallar v.b.)
Quiz testlar (har bir darsda)
Yozma vazifalar
Support teacher xizmati
24/7 support xizmati

Ilk dars bugun soat 19.00 da boshlanadi.
Oktyabr uchun to'lov atiga 199 ming so'm.

Murojaat qiling👇🏻

Ideal universitet bo'lmaydi, lekin sifatli oliygohni  yaratish mumkin.Buyuk Britaniyaning Oliy ta'lim sifatini ta'minlas...
29/04/2024

Ideal universitet bo'lmaydi, lekin sifatli oliygohni yaratish mumkin.

Buyuk Britaniyaning Oliy ta'lim sifatini ta'minlash agentligi ekspertlari ishtirokida 23-27-aprel kunlari treningda ishtirok etdik.

Treningdan anglab yetgan eng muhim jihatlar quyidagilar👇🏻:

1) oliygohning sifat chegarasi - abituriyentlarga ma'lumot berishdan, talabalar bitirib, ishga joylashishi, hattoki, ish beruvchi darajasiga chiqquniga qadar bo'lgan ko'lamni qamrab olishi;

2) sifatni ta'minlash choralari doimo yangilanib turishi;

3) sifatli oliy ta'lim xizmatini ko'rsatishda "axborot aylanmasi" qoidalariga rioya qilish;

4) sifatni ta'minalsh siyosatini ishlab chiqish, va aniq mexanizmiga ega bo'lish xalqaro sifatga qo'yilgan ilk qadam;

5) sifatli oliy ta'lim - tizimli va kompleks chora-tadbirlarni taqozo etishi;

6) sifat ko'rsatkichlari doimo isbot talab etishi, dalillanishi;

7) sifatni ta'minlash doimo "qayta aloqa" ga asoslanishi;

8) oliy talimda nafaqat sifatli ta'lim berishi, balki, talabalarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishini ham ta'minlashning aniq mexanizmlariga ega bo'lishi;

9) oliygohga oid barcha ma'lumotlar ochiq va foydalanish qulayligiga ega bo'lishi;

10) oliygohning har bir xodimi, professor-o'qituvchisi sifatni ta'minlashga birgalikda hissa qo'shish hissi va ongiga ega bo'lishi.

🙏🏻TDYU rahbariyatiga, Transformatsiya bo'limi boshlig'i Botirjon Qosimovga, QAA ekspertlari, doktor Yue Song, Jennifer Taylor hamda Regional Dialogue mas'ullariga chuqur minnatdorchiligimni izhor etaman.

Trening "Olmos" dam olish maskanida, olmosdek bo'ldi.

Ramazonni kim bilan o'tkazdingiz?!🥷Mening g'oyaviy hamrohimning tengi yo'q. To'g'risi bu kitobni xatmi haqida post yozis...
23/04/2024

Ramazonni kim bilan o'tkazdingiz?!

🥷Mening g'oyaviy hamrohimning tengi yo'q.

To'g'risi bu kitobni xatmi haqida post yozish yoki yozmaslikni rosa o'yladim.
Riyo yoki g'ururga ketishimga sabab bo'ladimi, deb ko'p tafakkur qildim. Nihoyat, niyatimizni yana bir yangilab, siz azizlar bilan bo'lishishga qaror qildim.

🤲🏻Barcha amallarimizni faqat o'zining rizosi uchun qabul etsin. Kishilarning eng afzalining axloqi bilan ziynatlasin. Dinqardoshlar, ilmda, mutoalada, yaratuvchanlikda yetakchi bo'lishga chaqirib qolaman.


Keyingi Ramazonlarga ham tinchlik, omonlikda va bag'ri butunlikda yetkazsin.
10/04/2024

Keyingi Ramazonlarga ham tinchlik, omonlikda va bag'ri butunlikda yetkazsin.

21/03/2024

Navro`z kelibon jumlai jahon
Nozlana, nozlana, nozlanajakdir,

Oftob qizitib, asta-sekin
Yozlana, yozlana, yozlanajakdir.
Yashnar tabiat, dashtu adir lola ichida,
Yurtim – chamanim
O`zgacha, o`zgacha pardozlanajakdir.

Qaynar sumalak, qaynar sumalak,
Varrak uchar, to`yu tomosho.

Dillar quvonib, dillar quvonib,
Shodlana, shodlana, parvozlanajakdir.
Navro`z kelibon jumlai jahon
Nozlana, nozlana, nozlanajakdir,

Oftob qizitib, asta-sekin
Yozlana, yozlana, yozlanajakdir.

Javlon uradi davra qurib bizning yigitlar,
Qizlar bezanib,
Nozlana, nozlana, mumtozlanajakdir.
Qaynar sumalak, qaynar sumalak,
Varrak uchar, to`yu tomosho.

Dillar quvonib, dillar quvonib,
Shodlana, shodlana, parvozlanajakdir.

Innovatsion ta'lim berish metodlari doirasida yuridik litsey ustozlari bilan trening bo'lib o'tdi.Namunaviy dars doirasi...
14/03/2024

Innovatsion ta'lim berish metodlari doirasida yuridik litsey ustozlari bilan trening bo'lib o'tdi.

Namunaviy dars doirasida g'olib bo'lgan jamoa vakillariga sovg'alar taqdim etildi.

Yuridik litsey ustozlari uchun trening tashkil etayotgan edik.Boshqa kuzatuvchilarni ham xush ko'rdik.
14/03/2024

Yuridik litsey ustozlari uchun trening tashkil etayotgan edik.

Boshqa kuzatuvchilarni ham xush ko'rdik.

Kunduzlarini soyim,Kechalarini qoyim,Gunohlardan mag'firatJannatlarni naqd qilishga muvaffaq etsin.
11/03/2024

Kunduzlarini soyim,
Kechalarini qoyim,
Gunohlardan mag'firat
Jannatlarni naqd qilishga muvaffaq etsin.

Kitoblar taqdimotidan lavhalar....
23/02/2024

Kitoblar taqdimotidan lavhalar....

Address

A. Temur Ko'chasi, 100-uy, 4-xona
Tashkent
100087

Opening Hours

Monday 09:00 - 20:00
Tuesday 09:00 - 20:00

Telephone

+998971086699

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Huquq maktabi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Huquq maktabi:

Shortcuts

Share