04/09/2023
Farzandi bog’chaga chiqadigan ota - onalar uchun Top-5 ta kitob
👨👩👧👦 Agar farzandingiz bogʻchaga borayotgan bo’lsa, Siz albatta, ushbu kitoblarni o’qishingiz shart!
1️⃣ Birinchi kitob - "Uchdan keyin kech"
Ushbu kitob bolaning uch yoshgacha boʻlgan davri mobaynida uning asosiy qobiliyatlarini aniqlab, ularni yuzaga chiqarishida kattalarning oʻrni haqida toʻliq tushuncha beradi.
2️⃣ Ikkinchi kitob - "Yaxshi otalar kitobi"
Farzand tarbiyasi hamda hayotida otaning oʻrni qanday boʻlishi zarur ekanini tushuntirib beruvchi kitob.
3️⃣ Uchinchi kitob - "Farzand tarbiyasida 100ta moʻjizaviy yechim"
Farzand tarbiyasida ota va onaning asosiy rollari va ular oʻrtasida qurilgan muhabbat rishtasi qanchalik muhim ekani haqida uqtiruvchi, ushbu boradagi muammolar uchun koʻplab yechimlar bera oladigan kitob.
4️⃣ Toʻrtinchi kitob - "Baqirmaydigan onalar"
Bolani qoʻrqitish va urishishlarsiz, sogʻlom muhitda oʻstirishga ahd qilgan onalar uchun ajoyib kitob.
5️⃣ Beshinchi kitob - "Asl otalar"
"Eng yaxshi ustoz - ota" shiori ostida yozilgan, otalarning farzand tarbiyasida qilishi kerak boʻlgan vazifalarini toʻliq tushuntirib beruvchi kitob.
🤔 Xo’sh, siz bu kitoblarni qaysi birinidir o’qiganmisiz? Yoki bundan boshqa yaxshiroq kitoblar haqida bilasizmi? Agar bilsangiz nomlarini izohlarda yozib qolding.