Abituriyentlar Rasmiy kanal

Abituriyentlar Rasmiy kanal

Share

Abituriyentlar.uz | Rasmiy kanalining Facebook sahifasiga xush kelibsiz!
-Biz orqali eng muhim taʼlimga oid yangiliklarni sodda tilda oʻqib boring!

t.me/AbituriyentlarUZ

Photos from Abituriyentlar Rasmiy kanal's post 09/09/2021

"Вообще" oʻzingni yoʻqotma!✊

Akang uje Rossiyaga suradi✈️

Opangga uje toʻy yaqin👻

kanalidan profil uchun maxsus rasmlar

❗️♻️ Hayotdan umidini uzmagan barcha boʻlajak talabalarni belgilang!

Photos from Abituriyentlar Rasmiy kanal's post 09/09/2021

Akang "uje" kuchaydi, akang talaba uje😎

Opang kuchaydi "uje", opang talaba uje🧑🏻‍🎓

kanalidan profil uchun maxsus rasmlar

❗️♻️ Barcha talaba belgilang!

12/08/2021

Rasman: Texnikumlarga qabul boshlandi. 10-sentyabrga qadar davom etadi

✅ Kasb va mutaxassisliklarni egallash istagida boʻlgan shaxslar shu jumladan 11-sinf bitiruvchilari 2021/2022-oʻquv yili uchun vazirlik va idoralar tizimida boʻlgan texnikumlarga 2021-yil 10-avgustdan 10-sentyabrga qadar (10-sentyabr kuni ham) oʻqish uchun hujjatlarini ONLAYN topshirishlari mumkin.

202-2022-oʻquv yili uchun texnikumlarga www.texnikum.edu.uz elektron platformasi orqali abituriyentlar 103 tadan ortiq kasb va mutaxassisliklar boʻyicha hujjat topshirishlari mumkin boʻladi.

02/08/2021

⚡️Rasman: Test topshiriqlarini bajarish uchun 3 soat beriladi

⏰Ona tili va O‘zbekiston tarixi fanidan 1 daqiqagacha, matematikadan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

⏰Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

Shunday qilib test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 20 ta test topshirig‘iga 1 soatdan vaqt belgilanadi. Umumiy 70 ta test topshiriqlarini bajarish va javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 180 daqiqa (3 soat) ajratiladi.

27/07/2021

⚡️RASMAN: 5-avgustdan test sinovlari boshlanadi

Pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, joriy yilgi kirish test sinovlari 2021-yil 5-avgustdan boshlanadi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda oʻtkaziladi.

Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada oʻtkaziladi va 1-smena 07:00 da, 2-smena 19:00 da boshlanadi.

Savollar soni ham qisqartirildi.

Ilgari 5 ta fandan jami 105 ta savol berilar edi, hozir 5 ta fandan jami 70 ta savol beriladi. Shunda 3 ta majburiy fanlardan 10 tadan savol (ilgari 15 tadan edi), 2 ta mutaxassislik fanlaridan esa 20 tadan (ilgari 30 tadan edi) savol beriladigan boʻldi.

❗️70 ta savol uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

Toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball — 189 ball.

Photos from Abituriyentlar Rasmiy kanal's post 14/07/2021

"𝐘𝐚𝐧𝐠𝐢 𝐎‘𝐳𝐛𝐞𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧" 𝐮𝐧𝐢𝐯𝐞𝐫𝐬𝐢𝐭𝐞𝐭𝐢 𝐛𝐨𝐲𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐟𝐚𝐫𝐳𝐚𝐧𝐝𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐨𝐜𝐡𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧𝐦𝐢?

49mln 700ming so'm, "Yangi O'zbekiston" universitetida yillik kontrakt belgilandi!

✅ Ingliz tilidagi sertifikatdan tashqari siz tanlagan yo'nalishga muvofiq matematika va kimyo yoki fizika-matematikadan imtihon topshirishingiz kerak.

Universitet rasmiy saytida yozilishicha, kontrakt narxi 1 semestr uchun:

mahalliy talabalarga 24 mln 850 ming so‘m;
xorijiy talabalarga 5 ming dollar etib belgilangan.
Yangi oliygohga bu yil 300 nafar talaba qabul qilinadi.

Qabul imtihonlarini Angliyaning Kembrij universiteti o‘tkazadi. O‘quv reja va dasturlari AQShning Massachusets texnologiya instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.

Universitetda muhandislik, tabiiy fanlar, boshqaruv, agrotexnologiyalar va axborot texnologiyalari fakultetlari bo‘ladi.

☎️Murojaat uchun: +998555001166

Photos from Abituriyentlar Rasmiy kanal's post 11/07/2021

𝗛𝗮𝗿𝗯𝗶𝘆 𝗢𝗧𝗠𝗹𝗮𝗿𝗻𝗶 𝘁𝗮𝗻𝗹𝗮𝗴𝗮𝗻𝗹𝗮𝗿 𝗲𝗻𝗱𝗶𝗹𝗶𝗸𝗱𝗮 5 𝘁𝗮𝗴𝗮𝗰𝗵𝗮 𝗻𝗼𝗵𝗮𝗿𝗯𝗶𝘆 𝘆𝗼‘𝗻𝗮𝗹𝗶𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗻𝗶 𝗵𝗮𝗺 𝘁𝗮𝗻𝗹𝗮𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶 𝗺𝘂𝗺𝗸𝗶𝗻

Davlat qabul komissiyasining 1-son bayoni bilan oliy harbiy ta’lim muassasalarining harbiy yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

👉 xuddi noharbiy yo‘nalishlar kabi 5 ta fandan test bo‘ladi (3 ta majburiy, 2 ta mutaxassislik fanlari).

👉 test sinovlari noharbiy OTMlarga bo‘ladigan test sinovlari bilan bir vaqtda o‘tkaziladi;

👉 nomzodlar testni o‘zlari tanlagan istagan hududlarda topshira oladi;

👉 ro‘yxatdan o‘tishda test topshiriladigan fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan noharbiy oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi beriladi;

👉 avvalgi yillarda bitirgan nomzodlardan testda qatnashish uchun yarim “minimalka” (122,5 ming so‘m) to‘lov undiriladi.

04/07/2021

⚡️Rasman: Koronavirusga qarshi "вакцина" olgan talabalarga to‘lov-kontraktda 10% chegirma beriladi

✅ Mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 18 yoshdan katta bo‘lgan, bugungi k***a bakalavriatura, magistratura, klinik ordinatura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarni davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda ommaviy emlash belgilandi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan talabalarga tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, 2021-2022-o‘quv yili uchun bazaviy to‘lov kontarktiga 10 foiz miqdorida bir martalik chegirma bonusi beriladi.

⚠️ Maʼlumot uchun: vaksina olish bepul. Hududingizdagi poliklinikalarga murojaat qiling.

25/06/2021

22,5 mlrd so‘m 2 ta institut tomonidan ship-shiydon qilindi🤑

Hisob palatasi oliy ta’lim tizimidagi muassasalar faoliyatini o‘rganmoqda. Masofaviy nazorat natijasida kuzatilgan shubhali holatlar joyiga chiqib o‘rganilganda, 2 ta oliy ta’lim muassasida 22,5 mlrd so‘m mablag‘larni o‘zlashtirilganligi aniqlandi.

Jumladan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida hisoblangan ish haqi va stipendiyalarga nisbatan bankdan ortiqcha olingan 21,0 mlrd so‘m naqd pullar buxgalteriya xodimlari tomonidan qalbaki vedomostlarni tuzish orqali o‘zlashtirilgan.

Xuddi shunday, Jizzax politexnika institutida 1,5 mlrd so‘m mablag‘lar plastik kartochkaga o‘tkazish orqali o‘zlashtirilgan.

Buxgalteriya xizmati mas’ullari tushuntirish xatlarida yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘larni o‘zlashtirganliklarini ko‘rsatib o‘tgan.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar o‘zlashtirilgan mablag‘larni o‘z joyiga tiklash va huquqiy baho berish uchun belgilangan tartibda Bosh prokuraturaga yuborildi.

Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Address

Tashkent