23/04/2022
Qizlar ilmli bo'lishi qanchalik muhim?
O'g'lingga ta'lim bersang bir kishiga ta'lim beribsan, qizingga ta'lim bersang jamiyatga ta'lim beribsan. Xo'sh, bu bilan nima deyilmoqchi? Har bir oilada farzandning asosiy tarbiyalovchisi tabiiyki ona! Sizning qizingiz ham bir kun ona ya'ni farzand tarbiyalovchisi bo'ladi, o'zi ilmli bo'lmagan ona hech qachon ilmli farzand tarbiya qila olmaydi. O'zi ilmli bo'lmasdan turib, farzandlariga ilmni sevdirolmaydi hattoki otaning ilmli ekanligi ham bu vaziyatda yordam berolmaydi.
Endi o'ylab ko'ring, qizingizga ta'lim berdingiz va u yana 3ta farzandini ilmli qildi. Xulosa qiladigan bo'lsak, buyerda faqat qizlarga ta'lim berish kerakligi haqida b**g urmadik, o'g'lingizga ta'lim beryotganingizda qiziingizni ham o'qitishingiz qanchalik muhimligi haqida eslatma qildik.
P. S. Bu yozilganlarni qizlar ham o'qib xulosa qilishlari lozim, o'zi ilmli bo'lmasdan turib Makkaga imomlarni, islomning buyuk ulamolarini, olimu fuzalolarni tarbiyalay olmaydi!