21/04/2023
Assalomu alaykum, qadrli til ixlosmandlari!
🌙 Sizlarni «Ibrat Farzandlari» jamoasi nomidan muborak Ramazon Hayiti bayrami bilan tabriklaymiz.
✨ Barchangizga sihat-salomatlik, baxt, oilangizga fayz-u baraka, til oʻrganishda ulkan muvaffaqiyatar tilaymiz.
Yaqinlaringizni bizning nomimizdan tabriklashni unutmang. 😊
🌙 Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!
23/02/2023
🤩IBRAT-Wiki oromgohida qiziqarli darslar va master-klasslar davom etmoqda.
🔥Ikkinchi mavsum ishtirokchilari, siz ham yanada koʻproq bilimlar va yangi doʻstlar orttirishga tayyormisiz?
15/02/2023
🫥 Siz uchun bir yaxshilik qilmoqchimiz, if you don't mind?!
Ingliz tilini "IBRAT" bilan o'rganayotganlar uchun ajoyib tavsiya!
🚀 Ushbu postda sizni bilimlaringizni yanada rivojlantirish uchun yordam beruvchi top bloglar haqida bilib olishingiz mumkin.
P. S. "Nehoyatta" go'zal 😎
30/01/2023
YouTube sahifamiz 100 minglik dovondan oshdi!
🏆 "IBRAT Farzandlari" YouTube sahifasi obunachilari soni 100K boʻlganligini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz.
Shu munosabat bilan barcha kuzatuvchilarimizga jamoamiz nomidan samimiy minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz! Albatta, bu natijaga til ixlosmandlarining biz uchun bildirilgan ishonchi, e'tibor va qo'llab-quvvatlovlari orqali erishdik. 😊
🚀 Bildirilgan ishonch uchun tashakkur! Lekin va'da bu va'da. Bugun arab tili darslarini chiqaramiz 😎
P. S. Aytgancha, yana ajoyib yangilik bor. Qanday deysizmi?
Birozdan soʻng bilib olasiz 😉
28/01/2023
Koreyada o'qish uchun to'liq grantni qanday yutish mumkin?
"TOP universitetlar" loyihamizning yangi qahramonini kashf qilishga tayyormisiz?
⚡️ Loyihaning bu galgi mehmoni Koreyadagi Koreya ilm-fan va texnologiya institutida Computer Science yo'nalishiga 100% grant yutgan yurtdoshimiz — Sanjar Atamurodov bilan bo'lib o'tadi.
🎯 Koreyada grant bilan o'qishni niyat qilganlar uchun ajoyib ma'lumotlarga ega bo'lishingiz aniq.
Aytgancha, do'stlarga yuborish pullik emas, teppa-tekin 😁
▶️ Jonli efir bugun soat 19:00 da YouTube sahifamizda bo'lib o'tadi.
27/01/2023
“Ibrat Debate” uchun jamoalar saralab olindi
🔥 Ushbu intellektual oʻyinimiz uchun 24 ta jamoani saralab oldik. Ularni yuqoridagidek qilib, qarshi jamoalarga ajratib chiqdik. 1-liga bosqichi har hafta 2 yoki 3 ta jamoadan iborat oʻyinlar bilan o'tkaziladi.
♻️ Ushbu 12 ta jamoadan qolgan 6 ta jamoa esa 2-liga bosqichiga chiqadi va yana bir bor qarshi jamoalarga boʻlinadi.
Oxirgi qolgan 3 ta jamoa esa ketma-ketlikda gʻolib deb e’lon qilinadi.
💡 Har haftalik o‘yin jarayonlarini boshqa jamoa vakillari kelib kuzatishlari mumkin. Har hafta boshida qaysi jamoalar oʻyini boʻlishini e’lon qilib boramiz.
❗️ Ertaga boʻlib oʻtadigan oʻyin manzili va vaqti ma’lum sabablarga koʻra oʻzgardi.
Yangi manzil: Yoshlar ishlari agentligi binosi ichidagi Yoshlar press klubi
Yangi vaqt: 15:00
26/01/2023
🎉 Tayyormisiz? Siz kutgan kun keldi!
🚀 Va nihoyat, Ibrat Camp tillar oromgohining qishki mavsumini e'lon qilamiz. Bu galgi oromgohimiz Wiki Stipendiya jamoasi bilan hamkorlikda bo'lib o'tadi.
Demak, shartlar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqing.
👉 Saralash bosqichi haqida umumiy ma'lumotni Telegram sahifamizdan oling.
📝 Saralashning 1-bosqichidan quyidagi bot orqali o'tishingiz mumkin bo'ladi.
❗️ Testni boshlashdan avval shartlar bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
P. S. Oromgohga avval qatnashgan nomzodlar qayta qatnasha olmaydi.
24/01/2023
"Ibrat Debate" endi ochiq maydonda
🔥 "Ibrat tillar oromgohi"ning yana bir an'anasini qaytarishga qaror qildik.
✈️ Ushbu loyihamiz "Ibrat Quiz" loyihasi kabi intellektual o'yin hisoblanadi. Lekin, ushbu loyiha qimmatbaho sovg'alar va kubok bilan ajralib turadi.
Shartlari qanday?
- Umumiy 24 ta jamoa qabul qilinadi. Har bir jamoada 3 ta ishtirokchi bo'lishi kerak.
- IELTS 6.5 (minimum)
🏆 Yutuq: TOP 3 komandaga kubok va 1-o'rin g'olib komandasiga 3 million so'm pul yutug'i mavjud.
Baholash mezonlari:
1. Nutqning aniq va mantiqiy bog'liqligi.
2. G'oyaning kuchlilik darajasi.
3. Statistik va faktlar keltira olishi.
4. Qarshi tarafning beradigan g'oyalarida kamchiliklarni topib ko'rsatish.
5. Notiqlik darajasi.
Sana: 28-yanvar, soat 19:00
Manzil: Kitoblar olami
(Yoshlar Ishlar Agentligi binosi oldida)
🔗 Ro'yxatdan o'tish uchun havolani Telegram sahifamizdan oling.
Ro'yxatdan o'tishning oxirgi kuni 27-yanvar soat 18:00.
21/01/2023
Biz YouTube'da 50K bo'ldik 🤩
Raqamlar oʻsib bormoqdami, demak, biz yana ham ko'proq harakat qilamiz.
🚀 llm va til ixlosmandlari ko'payib borayotganidan chin dildan xursandmiz! Yaxshi niyatda qilinayotgan ishlarimiz natijasini sizlar bilan birga ko'rish «Ibrat Farzandlari» jamoasiga yanada kuch va g'ayrat bag'ishlaydi.
🏆 Bu yo'lda bizni qo'llab-quvatlab, ishonch bildirgan va yelkadosh turgan barcha obunachilarimizga o'z minnadorchiligimizni bildiramiz!
P. S. YouTube sahifamizda chiqadigan boshqa videolarni birinchilardan ko'rib borish uchun kanalimizga obuna bo’ling 😉
21/01/2023
Magistratura ta'limi uchun $120.000 lik to'liq grant
Ko'pchilikka manzur kelayotgan "TOP universitetlar" loyihamizni davom ettiramiz.
⚡️ Loyihaning bu galgi mehmoni Masachusetsdagi Tufts universitetining Ekonomika yo'nalishiga 100% grant yutgan yurtdoshimiz — Islom O'rolov bilan bo'lib o'tadi.
🎯 Har bir mehmonimizning o'z tarixi va yo'li bor. Ularning muvaffaqiyat yo'lidan ozgina bo'lsada manfaat olsangiz, biz maqsadimizga yetayotgan bo'lamiz.
▶️ Jonli efir bugun soat 19:00 da YouTube sahifamizda bo'lib o'tadi.
19/01/2023
Prinston universitetiga $360.000 grant yutgan o'zbek qizi
💥 “TOP universitetlar” loyihamizning navbatdagi soni mehmoni — Feruza Muhammadaliyeva.
Universiteti: Princeton university;
Yo’nalishi: Computer Science;
Grant qiymati: $360.000 lik to’liq grant.
🚀 Dunyodagi TOP universitetlarga kirish va chet elda yashashga doir barcha savollaringizni izohlarda yozib qoldiring. Shular asosida sizlarga yanada foydali bo'lgan suhbat qurishga harakat qilamiz.
🔻 Jonli efirimiz 19-yanvar — bugun soat 20:00 da YouTube kanalimizda boshlanadi.