Co-Learning Academy

Co-Learning Academy

Share

Co-Learning Academy - bo'lajak dasturchilarga mo'ljallangan o'quv platformasi.

03/01/2022

🐍 Pythonda dekoratorlar bilan ishlash

📌 Dekorator — bu python dasturlash tiliga xos boʻlgan funksiya boʻlib, u mavjud funksiyaga qoʻshimcha xususiyat qoʻshib bezatilgan funksiya qaytaradi.

Bu qanday ishlashini tushunish uchun quyidagi video-darsni taqdim etmoqdamiz.

YouTube'da ko'rish - https://bit.ly/3eKZyT3

29/07/2021

👨🏻‍💻 Dasturlash, umuman iT sohasiga kirib kelish uchun:

1. Avvaliga qaysi yo'nalishni, nima sababdan tanlayotganingiz, kelajagingizni IT'da ko'ryapsizmi? Aniqlashtirib oling.

2. Dasturchi bo'lmoqchimisiz? - frontend, backend, mobil dasturlash...tanlab oling.

3. Qaysi tildan boshlash kerak? - Ingliz tili 🙂

Til odatda maqsadga ko'ra tanlanadi — server tillari sifatida PHP, Java, Ruby mashhur. Mijozlar bilan ishlashda Java Script qulay. Murakkab, ko'p kuch talab qilinadigan loyiha va o'yinlarda C++ ishlatiladi. Java, Objective-C, Swift'dan mobil ilovalar yaratishda foydalaniladi.

Frontend dasturchi — saytning tashqi qismini ishlab chiqadi. HTML, CSS, JavaScript'ni bilishi zarur.

Backend dasturchi — saytning yadrosi, ichki instrumentlarini yaratadi. PHP, SQL va h.k.

4. Matematika va logika yaxshi rivojlangan bo'lishi kerak.

☝️ Eng asosiysi, sabr va qilayotgan ishingizga mehr bering.

08/07/2021

📌 SMM va kopirayting. Muhim formulalar - 4U

✅ 4U - inglizcha usefulness, uniqueness, ultra-specificity, urgency so'zlarining umumiy jamlanmasi bo'lib, sotiladigan matnlar yozishda ishlatiladi.

Kopiraytning muvaffaqiyatli ekanligi uning maqsadli yo'naltirilganligi, qisqa, aniq va ravonligiga bog'liq.

To'liq videoni YouTubeʼda koʻring. Havola profil shapkasida 👆

01/07/2021
25/06/2021

📌 Sotiladigan matnlarda muhim atamalar

Tone of voice — brendning mijoz va hamkorlari bilan muloqot ohangi, uslubi. U brendingizning o'ziga xosligini aks ettiradi, auditoriyangiz bilan muloqot qilishingizga yordam beradi va brendingizni boshqalardan ajratib turadi.

✅ To'liq darsni YouTube kanalimizda tomosha qiling. Izohlaringiz va fikrlaringizni qoldirishni unutmang.

Havola profil shapkasida 👆

02/06/2021

📌 Sotiladigan matnlarda muhim formulalar

AIDA - inglizcha Attention, Interest, Desire va Action so'zlarining jamlanmasi bo'lib, sotiladigan reklama matnlarida eng ko'p qo'llaniladigan formula hisoblanadi.

✅ AIDA'ni amalda qo'llash va uning ahamiyati haqida mazkur va shundan keyingi darslarimizda o'rgatishda davom etamiz.

Videoni to'liq ko'rish uchun havola - http://bit.ly/AIDACLA

23/02/2021

Sotiladigan matnlar tuzilishi va maqsadiga koʻra odatiy matnlardan farq qiladi. Sifatli kopirayt yozish uchun esa, kitob va masterklaslar yetarlicha ilhom bermasligi mumkin.

Istalgan turdagi kopirayt, reklama matnlari yoki firma shiorlarini yozish uchun sizga self-study zarur. Bunda oson mashq va fishkalar yordamida bilimlaringizni mustahkamlang.

Sotiladigan kopirayt yozish. 1-qism.

👉 YouTubeʼda koʻring - https://www.youtube.com/watch?v=ysU58xDrsAY&t=10s

26/01/2021

Kopirayting — reklama yoki marketingning turli shakllari uchun matn yozish. SMMʼning muhim qismlaridan biri.

Bugungi k***a mazkur sohaning koʻlami va tobora serdaromad kasbga aylanayotganini hisobga olgan holda kopirayterlikka doir darslarni berib borishga qaror qildik.

1-dars. Kopirayting nima? Uning turlari va vazifalari.

👉 Videoga havola -- https://bit.ly/3pjFgE3

14/12/2020

⁉️ Nega aynan Co-Learning Academy?

Bizning video darslar o'z sohasida katta tajriba va yutuqlarga erishgan mutaxasisslar tomonidan olib boriladi.

✅ Siz istalgan hududda yashab turib ham bizning darslarni o'rganib borishingiz mumkin. Video darslarimiz YouTube, mover.uz va Beeline TV platformalari orqali sizlarga yetkazib beriladi.

Co-Learning Academy video kurslari sifat darajasining balandligi va tushunarliligi bilan ajralib turadi.

11/12/2020

📣 Co-learning Academy endi Allplay platformasida

Co-Learning Academy dasturlash, grafik dizayn va ingliz tili grammatikasiga oid video darslarini endilikda Allplay dasturi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agarda siz Mobiuz mobil operatori foydalanuvchisi boʻlsangiz, platforma orqali trafik sarflamagan holda video darslarni kuzatib borishingiz mumkin.

07/12/2020

8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi kuni!

Tinch hayot kechirishimizda muhim omil hisoblangan Konstitutsiyamiz 1992-yil, 8-dekabr kuni qabul qilingan.

🇺🇿 Aziz yurtdoshlar, Co-Learning Academy jamoasi sizni mana shunday ulug' kun bilan muborakbod etadi.

Yurtimiz doimo tinch va osoyishta bo'lsin!

04/12/2020

📣 Co-Learning Academy video darslari endi Beeline TV'da!

Endilikda siz Academy mutaxassislari tomonidan tayyorlangan video darslarni Beeline TV platformasi orqali birinchilardan bo'lib kuzatib borishingiz mumkin.

Asosiysi, Beeline mobil operatori foydalanuvchilari bu platformalardan hech qanday trafik sarflamagan holda foydalanishlari mumkin.

👉 Platformalardan foydalanish - onelink.to/beelinetv

Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Address

Улица Зиёлилар, 9
Tashkent
100170